Alhassane Keita Otchico (1983-yil 26-iyunda tugʻilgan) — gvineyalik futbolchi.
Klubdagi faoliyati Keita Konakrida tugʻilgan. Faoliyatini Marokashning Olympique Khouribga klubi safida boshlagan. 2001-yilda Shveysarining Zürich klubi futbolchisiga aylangan. Besh mavsumlik faoliyati davomida koʻplab gollar urgan. 2005—2006-yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 20 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Shu yili Zürich klubi liga chempionligini qoʻlga kiritgan va Keitaning oʻzi chempionat toʻpurariga aylangan.
2006—2007-yilgi mavsumni ham Zürich klubi safida boshlagan va mavsum davomida toʻrtta gol urgan. Soʻng, Saudiya Arabistonining „Ittihod“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2008-yil iyun oyining oxirida Ispaniyaning RCD Mallorca jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolaganGuinean star Alhassane Keita signs for La Ligaʼs Mallorca ; Click Afrique, 21 June 2008.
2009-yil iyul oyida Keita „Mallorca“ klubi bilan kelishuvga erishib boʻlganidan soʻng Qatarning „Umm-Salal“ sport klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻlgach, toʻrt oyga diskvalifikatsiya qilingan. Shikoyatlardan soʻng, klub safida yangi mavsumni boshlashga muvaffaq boʻlgan. Bir nechta oʻyinlarda zaxiradan maydonga tushgan. 2010-yil yanvar oyi oxirida vaziyat ispanlar foydasiga hal boʻlgan.
„Valyadolid“ klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. Biroq, 2011-yil yanvar oyi oxirida "Mallorca" klubi bilan tuzilgan shartnoma futbolchi tomonidan bekor qilingan va Alhassane Saudiya Arabistonining Al Shabab klubi bilan 2013-yilgacha boʻlgan shartnoma imzolagan.
2011-yil avgust oyida Keita Saudiya Arabistonini tark etib, BAAning Emirates klubi safiga oʻtgan. 2012-yilda Dubai CSC jamoasiga koʻchib oʻtgan.
2015-yil yanvar oyi boshida Jacksonville Armada klubi bilan shartnoma imzolagan. Ikki yildan soʻng Keita bu klubni ham tark etgan.
2017-yil iyul oyida shahzoda Muhammad bin Salmon ligasining Al-Watani jamoasi tarkibiga qoʻshilganFast alles neu: So stark verändern sich die Kader von YB, FCB und Co. innert kurzer Zeit (Almost everything new: Squads of YB, FCB and Co. change so much in a short time); Watson, 23 August 2017 (in German). 2018-yilning 28-martida Jacksonville Armada klubiga qaytib borgan.
Xalqaro faoliyati Keita 2004-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gvineya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Jamoa chorrak finalda Mali terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan. Ammo Keita mazkur bahsda maydonga tushmagan.
Yutuqlari Zürich
Shveysariya kubogi: 2004–2005 Shveysariya superligasi: 2005–2006
Manbalar
Havolalar
Real Mallorca bio
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gvineyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Horoya AC futbolchilari Turkum:Al-Ittixod (Jidda) klubi futbolchilari Turkum:RCD Mallorca futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Emirates Klubi futbolchilari Turkum:Dubai CSC futbolchilari Turkum:FC St. Gallen futbolchilari Turkum:Al-Watani Club futbolchilari Turkum:Jacksonville Armada FC futbolchilari Turkum:Botola futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar