Xuan Manuel Torres () Chako Torres nomi bilan tanilgan (1985-yil 20-iyun, Puerto-Vilelas, Chako) — nafaqadagi argentinalik yarim himoyachi. Xalqaro maydonda Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ilk faoliyat yillari Argentinaning „Racing Club“ va „ San Lorenso de Almagro“ (Buenos-Ayres) klublarining sobiq futbolchisi. Torres 2002-yilda 17 yoshida professional debyutini oʻtkazgan va Argentina klublari tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Torres Argentina U-20 terma jamoasi tarkibida Lionel Messi, Serxio Aguero va Pablo Zabaleta kabi 2005-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan terma jamoa tarkibida maydonga tushgan.

2005-yil yozida Kievning „Dinamo“ klubi rahbariyati yosh va istiqbolli hisoblangan FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Xuan Manuel Torresni sotib olishga harakat qilgan. Biroq, Racing klubi rahbariyati asosiy oʻyinchilaridan birini qoʻyib yuborishni unchalik ham xohlamagan, garchi Torres ketish istagini bildirayotgan boʻlsada klub bunga qarshi boʻlgan. Bunga asosiy sabab qilib tomonlarning pul masalasida kelisha olmaganligi koʻrsatilgan„Racing“ has rejected the offer of „Dynamo“ .

Ukarina 2011-yilning 24-iyunida u Xarkovning Metalist klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzolagan. Ikki marta Chako yangi klubga, erkin transferga (erkin agent sifatida) oʻtgan. U oʻz xizmatlarini Xarkovning "Metalist " klubiga taklif qilgan, oʻsha paytda uning Racing bilan shartnoma muddati tugagan edi.

2017-yilning yanvarida Torres Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil 15-iyunda oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.

Faoliyat statistikasi + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogiQitʼa Boshqa JamiDivizionOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin Gol Metalist Xarkov 2011—2012 Ukraina Premyer-ligasi 18 0 2 0 - 11 0 - 31 0 2012—2013 17 1 1 0 - 10 1 - 28 2 2013—2014 2 0 0 0 - 1 0 - 3 0 2014—2015 9 0 2 0 - 3 0 - 14 0 Jami 46 1 5 0 - - 25 1 - - 76 2 Aqtoʻbe 2017-yil Qozogʻiston Premyer-ligasi 6 0 1 0 - - - 7 0 Karyerada jami 52 1 6 0 - - 25 1 - - 83 2

Yutuqlari

Mamlakat Argentina U-20

FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (1): 2005-yil

Shaxsiy hayoti Torresning ikki farzandi bor. Ular birinchi rafiqasi Aylin Lobatodan qizi va aktrisa Katalina Artusidan oʻgʻli. 2012-yil sentyabr oyida argentinalik model Ivanna Palliotti Buenos- Ayresni tark etgan va oʻzining sevgilisi, „Metalist Xarkov“ futbolchisi Chako Torres uchun Xarkovga koʻchib oʻtgan.

Chako — unga qoʻyilgan taxallus, chunki u Argentinaning Chako provinsiyasida tugʻilganTorres: „I want to make the game of Metalist much better and achieve great results“ .

Manbalar

Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar