Steven Emil Cherundolo (; 1979-yil 19-fevralda tugʻilgan) — amerikalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Los Angeles FCda bosh murabbiy boʻlib ishlaydi. Germaniya Bundesligasining „Hannover 96“ sardori boʻlgan va butun faoliyatini shu klubda oʻtkazgan. 2006, 2010 va 2014-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida AQSh sharafini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Cherundolo „Hannover 96“ga qoʻshildi. 1999—2000-yilgi mavsumga kelib, Cherundolo oʻng taraf himoyasiga joylashdi, tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha maydonga tusha olmadi. 2000—2001-yilgi mavsumda jamoada 18 ta oʻyinda, shu jumladan 10 tasini startdan oʻynadi. 2001—2002-yilgi mavsumda 30 ta oʻyinni startda boshladi. Cherundolo 2002—2003-yilgi mavsumda jamoa safida 33 oʻyinda maydonga tushdi va uchta golli uzatmani qayd etdi. 2003—2004-yilgi mavsumda barqaror oʻyinini davom ettirdi va klubda 33 oʻyinda maydonga tushdi. 2007-yilning yozida „Hannover“ bilan shartnomasini uzaytirdi.
Cherundolo oʻzini „Hannover“da yetakchi sifatida koʻrsatdi va 2010—2011-yilgi mavsum boshlanishidan biroz oldin jamoa sardori etib tayinlandi. 2012—2013-yilgi mavsumning oxirgi oʻyinida Bundesligadagi oʻyinlar boʻyicha jamoa rekordini oʻrnatdi. 2014-yilning 19-martida Cherundolo tizzasidan olgan jarohatidan tuzalmaganligi sababli futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati Cherundoloning Bundesligadagi oʻyinlariga Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi befarq qolmadi. 1999-yil 8-sentabrda Yamaykaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2006-yil 22-martda Cherundolo Germaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi, roʻyxatga Hannover 96 dan baʼzi jamoadoshlari kiritilgandi.
Murabbiylik faoliyati Nafaqaga chiqqanini eʼlon qilganidan soʻng, Cherundolo „Hannover 96“ning havaskorlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishladi. 2015-yilning 20-aprelida rasman „Hannover 96“ning asosiy jamoasi yordamchi murabbiyi etib tayinlandi. 2014—2015-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Cherundolo Hannoverning U17 akademiyasi jamoasi bosh murabbiyi boʻldi.
Shaxsiy hayoti Cherundolo ingliz va nemis tillarini yaxshi biladi. Hannover muxlislari orasida „Dolo“ nomi bilan tanilgan va „Hannover meri“ laqabini olgan. Cherundolo Mandy Rosier bilan 2009-yil yangi yil arafasida turmush qurdi. Futboldan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oilasi bilan Hannover yaqinidagi Großburgwedel shahrida istiqomat qildi. 2021-yilda Cherundolo oʻyinchi sifatida Milliy futbol shon-shuhrat zaliga kiritildi.
Faoliyat statistikasi thumb| Cherundolo 2011-yilda Hannover bilan
Klubda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHannover 962. Bundesliga8000--801999—200012010--1302000—201118010--1902001—201230120--3212002—2013Bundesliga33010--3402003—201429020--3102004—201532231--3532005—201622110--2312006—201733230--3622007—201833020--3502008—201917010--1802009—201026110--2712010—201133010--3402011—201222020-1103502012—201320030-1003302013—20142000--20Jami faoliyati3707241002104238
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Qoʻshma Shtatlar 1999-yil 1 0 2000-yil 0 0 2001-yil 8 0 2002-yil 1 0 2003-yil 5 0 2004-yil 6 0 2005-yil 10 0 2006-yil 7 1 2007-yil 5 1 2008-yil 8 0 2009-yil 6 0 2010-yil 8 0 2011-yil 13 0 2012-yil 9 0 Jami 87 2
Ballar va natijalar birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Cherundoloning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
+Steve Cherundolo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2006-yil 22-mart Westfalenstadion, Dortmund, Germaniya 1-4 1-4 Doʻstona 2 2007-yil 17-noyabr Coca-Cola Park, Yoxannesburg, Janubiy Afrika 1-1 1-1 Doʻstona
Murabbiylik statistikasi
JamoaBoshlashTugatishStatistikaManbaOʻGʻDMGʻalaba %Las Vegas Lights19.01. 20213.01. 2022326323018.8Los Angeles FC3.01.2022Hozirgacha4025510062.5Jami7231833043.1
Yutuqlari
Oʻyinchi Hannover 96
2. Bundesliga : 2001—20122.
CONCACAF Oltin kubogi: 2005
Murabbiy
MLS kubogi: 2022
Individual
MLSda debyut yilida bosh murabbiyi sifatida eng koʻp gʻalaba qozongan inson (21 gʻalaba)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar