Alyona Igorevna Leonova (; 1990-yil 23-noyabr) — sobiq rossiyalik figurali uchuvchi. Alyona 2012-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2011-yilgi Gran-pri finali bronza medali sovrindori, 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni va uch karra (2010—2012) Rossiya milliy chempionati ishtirokchisi.

Faoliyati Leonova toʻrt yoshida konkida uchishni boshladi. Dastlab Leonovaga Marina Vaxrameyeva murabbiylik qilgan, keyinchalik Tatyana Mishina guruhiga oʻtgan.

Leonova oʻzining oʻsmirlik faoliyatida ikki karra Nice kubogi oltin medali sohibiga aylandi va 2007-yilda Ruminiyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2008-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Leonova 2008-yil avgust oyida oyogʻidan jarohatlandi. U 2009-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrindan joy oldi. Leonova 2009-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Leonova 2010—2011-yilgi mavsumini Kupa de Nice 2010 turnirida boshlagan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finlandia Trophy 2010 va Cup of China 2010 turmirida bir juft bronza medalini qoʻlga kiritgach, 2011-yilgi Rossiya chempionatida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. Leonova 2011-yilgi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Musobaqadan soʻng u Moskvada Nikolay Morozov murabbiyligida mashq qila boshladi.left|thumb|200x200px| Leonova murabbiylari bilan: Nikolay Morozov (chapda) va Alla Piatova (oʻngda) Leonova 2011—2012-yilgi mavsumda uchta Gran-pri musobaqalarida qatnashishga qaror qildi. 2011-yilgi Skate Canada musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, ikkinchi Gran-pri finaliga yoʻllanma olish uchun NHK Trophy 2011 musobaqasida bronza va 2011-yilgi Rossiya kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Gran-pri finalida u bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Leonova 2012-yilgi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2012-yilgi Yevropa chempionatida yettinchi oʻrinni egallab, erkin dasturda konkida uchish paytida chap tizzasidan jarohat oldi. Leonova 2012-yilgi Jahon chempionatida qisqa dastur boʻyicha birinchi oʻrinni egallab, oʻzining birinchi jahon chempionati medali — kumushni qoʻlga kiritdi. Leonova 2012-yilgi Jahon terma jamoasi kubogida Rossiya terma jamoasi sardori etib tayinlandi.

Leonova 2014-yil iyun oyida Sankt-Peterburgda murabbiy Yevgeniy Rukavitsin qoʻl ostida mashgʻulotlarni boshladi. Alyona 2014—2015-yilgi mavsumni Nebelhorn Trophy 2014 turnirida kumush medalni qoʻlga kirtigan holda boshlagan. Uning 2014—2015-yilgi Gran-pri bosqichlari Skate Canada International 2014 va NHK Trophy 2014 turniri boʻlgan. Turnirlarda ishtirok etganidan soʻng, Leonova 2016-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan. U mavsumni Rossiya kubogi finalida gʻalaba bilan yakunlagan.

Shaxsiy hayoti Alyona Igorevna Leonova 1990-yil 23-noyabrda Sankt-Peterburgda (Leningrad) tugʻilgan. Uning singlisi va akasi bor, ikkalasi ham yoshligida konkida uchish bilan shugʻullangan.

2019-yil aprel oyida Leonova figurali uchuvchi Anton Shulepovga turmushga chiqdi. Leonova 2022-yil 18-fevralda oʻgʻil farzaㅤini dunyoga keltirdi.

Natijalari right|thumb|250x250px| Leonova NHK Trophy 2011 turnirida GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari XalqaroMusobaqa07-0808-0909-1010-1111-1212-1313-1414-1515-1616-1717-1818-19Olimpiya9ㅤJahon chempionati7ㅤ13ㅤ4ㅤ2ㅤ13ㅤYevropa chempionati4ㅤ7ㅤ5ㅤ7ㅤ4ㅤ Final6ㅤ3ㅤ Cup of China7ㅤ3ㅤ NHK Trophy2ㅤ3ㅤ7ㅤ2ㅤ8ㅤWD6ㅤ7ㅤ Rostelecom5ㅤ3ㅤ9ㅤ2ㅤ6ㅤ Skate America7ㅤ7ㅤ Skate Canada4ㅤWD6ㅤ8ㅤ Fransiya12ㅤ Finlaㅤiya5ㅤ Golden Spin4ㅤ3ㅤ Ice Challenge4ㅤ Nebelhorn2ㅤ2ㅤ Ondrej Nepela6ㅤ5ㅤUnversiada1ㅤ5ㅤCup of Nice2ㅤ1ㅤ2ㅤ4ㅤFinlandia Trophy1ㅤ3ㅤMerano Cup1ㅤXalqaro: (oʻsmirlar)Musobaqa06-0707-0808-0909-1010-1111-1212-1313-1414-1515-1616-1717-1818-19Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati12ㅤ6ㅤ1ㅤ Croatia5ㅤ Romania2ㅤCup of Nice1ㅤ J1ㅤ JMilliyRossiya chempionati7ㅤ7ㅤ5ㅤ2ㅤ2ㅤ3ㅤ7ㅤ5ㅤ7ㅤ9ㅤ13ㅤ15ㅤ12ㅤOʻsmirlar ortasidagi rossiya chempionati2ㅤ2ㅤJamoaviy musobaqalarWorld Team Trophy5ㅤ T 6ㅤ P5ㅤ T 7ㅤ PJapan Open2ㅤ T 4ㅤ P3ㅤ T 4ㅤ P J = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqadan chiqib ketgan T = Jamoaviy natija; P = Shaxsiy natija.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar