Melissa Roxburgh (;1992-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik va amerikalik aktrisa. U oʻzining „Diary of a Wimpy Kid: Rodrick Rules“ (2011) va Diary of a Wimpy Kid: Dog Days (2012) filmlaridagi rollari, 2016-yilgi „Star Trek Beyond“ filmidagi Ensign Syl roli, "The Marine 4: Moving Target filmidagi Olivia Tannis obrazi hamda NBC / Netflix ilmiy-fantastik drama seriali Manifest dagi Michaela Stone rollari orqali mashhur.
Yoshligi Roxburgh toʻrt farzandning ikkinchisi; uning ikkita singlisi (Kristie va Ashley) va bitta ukasi (Matt) bor.Uning otasi Cam kanadalik pastor va onasi, Shelley Walpole-britaniyalik hozirda isteʼfoga chiqqan professional tennischi.
Uning ota-onasi AQShdan Kanadaga koʻchib oʻtgach, Vancouverdagi cherkovga asos solgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Roxburgh Vancouverda aktyorlik faoliyatini boshladi. Roxburgh William Esper studiyasining bitiruvchisi hisoblanadi.
Faoliyati U oʻzining dastlabki rolini Rachel rolida " Wimpy Kid: Rodrick Rules " filmida oldi. U Diary of a Wimpy Kid filmining ikkinchi davomi, Dog Days qismida ham paydo boʻldi, lekin boshqa qahramon sifatida Heather Hills filmida ham ishtrok etdi. Uning keyingi filmlardagi faoliyatiga Big Time Movie kinosi, Leprechaun: Origins kinosidagi Jeni roli va Star Trek Beyond filmida esa Ensign Syl obrazi kiradi.Uning
Roxburgh 2018-yil 24-sentyabrda boʻlib oʻtgan NBCning Manifest serialining premyerasida Maykl Stounni tasvirlaydi. 2021-yil 28-avgustda Manifestning toʻrtinchi va oxirgi mavsumlari Netflixda qayta namoyish etilishi eʼlon qilindi.
Shaxsiy hayoti Roxburghning sayohatga boʻlgan ishtiyoqi baland edi. Oʻsib ulgʻayganida, uning oilasi Afrika, Yevropa va Janubiy Amerikaga tashrif buyurdi, bu esa Roxburghning ijtimoiy adolat masalalariga qiziqishiga sabab boʻldi. Hozirda u ekstremal gumanitar inqirozlarda insonlarga yordam beradigan Xalqaro Qutqaruv Qoʻmitasining (IRC) GenRning rahbari boʻlib xizmat qiladi. Manifestdagi ishidan oldin Roxburgh jurnalist boʻlish maqsadida Simon Fraser universitetida aloqa fakultetida tahsil oldi.
Filmografiyasi +Filmlardagi rollariYilSarlavhaRolIzohlar2011Diary of a Wimpy Kid: Rodrick RulesRachel Lewis2012Diary of a Wimpy Kid: Dog DaysHeather Hills2012Big Time Moviemalika2014Leprechaun: OriginsJeni2015The Marine 4: Moving TargetOlivia Tanis2016Star Trek BeyondEnsign Syl20162BR02B: To Be or Naught to BeLeora Duncan2016Lost SolaceAzaria2018In God I TrustMya MathesonMustaqil film2020I Still BelieveHeather Henning2022MindcageMary Kelly +Televizion rollariYilSarlavhaRolIzohlar2012ArrowBlake2 ta epizod: („Damaged“ va „Trust but Verify“)2012SupernaturalLila TaylorEpizod: „Time After Time“2014SupernaturalViolet DuvalEpizod: „Bloodlines“2014The Tomorrow PeopleTaliaEpizod: „Superhero“2015Sorority MurderCarlyTelevizion film2016Legends of TomorrowBetty SeaverEpizod: „Night of the Hawk“2017-2018ValorTheaBosh rol2017TravelersCarrieEpizod: „17 Minutes“2018-2023ManifestMichaela StoneAsosiy rol
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadalik film aktrisalari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Kanadalik aktrisalar