Jordan Krestanovich (, 1981-yil 14-iyunda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkeychi. U Britaniyaning Elite Xokkey Ligasida Braehead Clan jamoasida murabbiy boʻlib ishlagan. Jordan Milliy xokkey ligasida (NHL) Colorado Avalanche bilan oʻynagan.

Jamoalardagi oʻyin faoliyati Krestanovich 1994-yilda Quebecdagi Xalqaro Pe-Wee xokkey turnirida Surrey shahrining kichik xokkey jamoasda oʻynagan.

Krestanovich Colorado Avalanche jamoasi tomonidan 1999-yilgi NHL draftida 152-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. U faoliyati davomida Gʻarbiy Xokkey Ligasida Calgary Hitmen jamoasi bilan oʻynab, 1999-yilda jamoa bilan Prezident kubogini qoʻlga kiritgan. 

2004-yil 8-martda Krestanovich Avalanche jamoasidan Minnesota Wild jamoasiga Chris Bala evaziga almashtirilgan.

Erkin agent sifatida Krestanovich 2004—2005-yilgi mavsumda ECHLning Pensacola Ice Pilots jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2006—2007-yillarda Jordan Victoria Salmon Kings jamoasi sardori boʻlish uchun almashtirilishidan oldin ECHLning Ice Pilots jamoasida bir mavsum oʻynagan. 

2008-yil 6-avgustda Krestanovich Italiya xokkey ligasida SG Cortina jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2009—2010-yilgi mavsumda Cortinada 37 ochko bilan oʻyinchilar orasida gol urish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan Krestanovich 2010-yil 25-iyun kuni Chexiya Ekstraligasining BK Mladá Boleslav jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

2010-yilning 4-noyabrida Krestanovich sobiq jamoadoshi Bruce Richardson bilan birga Elite xokkey ligasining Braehead Clan jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi

Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1997—1998Calgary HitmenWHL2210101300001998—1999Calgary HitmenWHL62613191020381141999—2000Calgary HitmenWHL721924432213771441999—2000Hershey BearsAHL—————100002000—2001Calgary HitmenWHL7040601003212841282000—2001Hershey BearsAHL—————200002001—2002Hershey BearsAHL6812223418810102001—2002Colorado AvalancheNHL80220—————2002—2003Hershey BearsAHL7013213424401122003—2004Hershey BearsAHL384151911—————2003—2004Colorado AvalancheNHL140006—————2003—2004Houston AerosAHL122130200002004—2005Pensacola Ice PilotsECHL6927416822311202005—2006Mora IKSEL180112—————2005—2006Bolzano HCITA201111222—————2006—2007Pensacola Ice PilotsECHL1435818—————2006—2007Victoria Salmon KingsECHL5412253714616722007—2008Victoria Salmon KingsECHL7013526520501122008—2009SG CortinaITA421735528410102009—2010SG CortinaITA4015223712—————2010—2011Braehead ClanEIHL4316345044211202011—2012Braehead ClanEIHL5029406920202202012—2013Braehead ClanEIHL521430442420442NHLdagi umumiy ochkolari220226—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar