Hikoyat Abdullayeva (1918-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — ?) — kolxozchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1956). Tarjimayi holi Hikoyat Abdullayeva 1918-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Abdullayeva Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumani „Oʻzbekiston 40 yilligi“ kolxozida sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. Abdullayeva oʻziga biriktirilgan sigirlarning har biridan 1700 kg (1947), 3541 kg (1952), 5874 kg (1956) dan sut sogʻib olgan. Butunittifoq Qishloq Xoʻjalik Koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent shahrida tugʻilganlar