Kollektiv travma atamasi „butun jamiyatga taʼsir qiladigan travmatik hodisaga psixologik reaksiyalar“ ni ifodalash uchun qoʻllanadi. Kollektiv travma nafaqat tarixiy fakt yoki voqeani, balki maʼlum guruh odamlari bilan sodir boʻlgan dahshatli voqea haqidagi umumiy xotirani ham ifodalaydi.
Taʼrif Amerikalik sotsiolog Kai Erikson oʻzining 1972-yildagi halokatli suv toshqini oqibatlari haqida yozgan „Everything in Its Path“ kitobida birinchilardan boʻlib kollektiv travma mavzusiga toʻxtalgan edi.
Gilad Hirschberger, Isroilning Interdisciplinary Center mutaxassisi, atamani quyidagicha izohlaydi:Umumiy jamoaviy jarohatlar dinamikasini ochish uchun xalqaro guruhlar doirasidagi treninglarni olib boradigan muallif va oʻqituvchi, Thomas Hüblning soʻzlariga koʻra: Shaxsiy yoki jamoaviy boʻlishidan qatʼiy nazar travma fragmentlanadi va frakturalanadi. U rad etiladi va bosiladi. U inkorni va unutishni keltirib chiqaradi. Uni tuzatishga yordam berish uchun biz haqiqatda sodir boʻlgan voqeani, hatto eng dahshatli tafsilotlarni ham tan olishni, guvoh boʻlishni va shu bilan birga his qilishni tanlashimiz kerak. Chunki chetga qarash — rad etish, inkor etish, minimallashtirish yoki ataylab unutish — ularni yaratgan tengsizlik, gʻayriinsoniylik institutlarini qoʻllab-quvvatlashdirSoʻnggi 18 yil davomida Hübl yuz minglab odamlarga munozara boshlashga yordam berdi va insoniyatning eng yomon qonunbuzarliklarini tuzatishga harakat qildi.
2019-yildan beri u Harvard tibbiyot maktabi (Harvard Medical School) da maʼruzalar qilib, seminarlar oʻtkazdi, shu jumladan 2019-yil dekabr oyida kollektiv travmani davolash boʻyicha yuqoridagi nutq ni soʻzladi.
„Kollektiv“ atamasiga aniqlik kiritar ekan, Ursula König (2018) kollektiv travmaning ikki xil darajasiga eʼtibor qaratdi:
Identifikatsiya guruhi darajasi: travmatizatsiya turli xil identifikatsiya guruhlari, yaʼni yosh, sinf, kasta, diniy va/yoki etnik guruhlar oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin. Guruh oʻlchami va uygʻunligi har xil boʻlishi, turli xil identifikatsiya belgilari bir-biriga mos kelishi (kesishishi) mumkin, bu guruhlararo va ichki dinamikaga taʼsir qiladi. Jamiyat darajasi: Jamiyat darajasida jamiyatlar milliy davlat ichida yoki sub/transmilliy darajada travmatizatsiyadan taʼsirlanishi mumkin, bu jamiyat tuzilishiga, shuningdek, jamiyatlar ichidagi va jamiyatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatga taʼsir qiladi.
Ushbu ikkita farqga koʻra, kollektiv travma faqat taʼsirlarni har ikkala darajada aniq belgilash mumkin boʻlsa, shunday taʼriflanishi mumkin. Misol uchun, koʻp odamlarning travmatizatsiyasi, agar ularning travmatik tajribalari ommaviy nutqlarda va/yoki oʻzini ifoda etish/taʼriflash usuli sifatida asosiy identifikatsiya belgilari sifatida ishlatilmasa, kollektiv xarakterga ega deb hisoblanmasligi mumkin. Koʻp sonli individuallarning travmasi jamoaviy oʻziga xoslik belgisi sifatida foydalanilsa, bu oʻrinda kollektiv travma atamasi qoʻllanishi mumkin[König, U., & Reimann, C. (2018). Closing a gap in conflict transformation: Understanding collective and transgenerational trauma. Erişim tarihi, 15, 2020.].
Bundan tashqari, amalda bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan kollektiv identifikatsiya belgilarini ham farqlash mumkin:
Kollektiv hikoyalar Kollektiv hissiyotlar Kollektiv aqliy modellar/meʼyorlar va qadriyatlar.
Global taʼsirlar Butun jamiyat guvohi boʻlgan travmatik hodisalar jamoaviy taʼsirni qoʻzgʻatishi mumkin, koʻpincha bu jamiyat madaniyati va ommaviy harakatlarining oʻzgarishiga olib keladiLisa Gale Garrigues, „Slave and Slave Holders Break Free of History’s Trauma“ Yes Magazine, August 2, 2013.
Mashhur kollektiv travmalarga quyidagilar kiradi: HolokostKellermann, N. (2009) Holocaust trauma. New York: iUniverse., arman genotsidi, Qoʻshma Shtatlardagi qullik muammolariJoy De Gruy, Post-Traumatic Slave Syndrome, Uptone Press; 1st edition (2005), Nankin qirgʻini, Xirosima va Nagasakidagi atom bombalariSaito, H. (2006). Reiterated Commemoration: Hiroshima as National Trauma*. Sociological Theory, 24 (4), 353-376., Trail of Tears hodisasiLambert, C. (2008), Trails of Tears, and Hope, Harvard Magazine, 110 (4), Great Irish Famine, Pearl-Harborga hujum, Shvetsiyadagi MS Estoniya hodisasi, 2001-yil 11-sentyabrda AQShda sodir boʻlgan hujumlar, Halabja kimyoviy hujumi, COVID-19 pandemiyasi va boshqalar.
Kollektiv travmalar guruh shaxsini shakllantirishda asosiy rol oʻynashi koʻrsatilgan (qarang: Law of Common Fate). Ikkinchi Jahon urushi paytida, AQShning USS Puffer (SS-268) suv osti kemasi qandaydir yoʻl bilan qochishga muvaffaqt boʻlmagunigacha Yaponiyaning yer usti kemasi tomonidan bir necha soatlik suvosti hujumiga uchradi. Keyinchalik psixologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, voqeadan keyin suv osti kemasiga oʻtkazilgan ekipaj aʼzolari hech qachon jamoaning bir qismi sifatida qabul qilinmagan. Keyinroq, AQSh dengiz floti siyosati shunday oʻzgartirildiki, bunday psixologik jarohatlardan soʻng ekipaj yangi topshiriqlarni bajarish uchun tarqatilib yuboriladigan boʻldi.
Butun bir xalq urush, genotsid, qiynoqlar, qirgʻin va shu kabi ogʻir jarohatlarni boshdan kechirganida, tirik qolganlarni reabilitatsiya qilish juda qiyin boʻladi. Hamma barobar shikastlanganda davolanish deyarli samarali boʻlmaydi. Travma surunkali boʻlib qoladi va ijtimoiy sabablar bartaraf etilmasa, jinoyatchilar jazosiz qolishda davom etaversa, tobora chuqurlashib boraveradi. Natijada butun jamiyatda abadiy ogʻriq madaniyati yuzaga kelishi mumkinMossallanejad, E. (2005). Torture in the Age of Fear. Hamilton, Canada: Seraphim Editions. Biroq, yaqinda kollektiv travmani davolash usullari yaratildi („Kollektiv travmani davolash“ boʻlimiga qarang).
Jazoir urushi paytida Frantz Omar Fanon mustamlakachilik urushi dahshatining davom etishi sababli mahalliy jazoirliklarga nisbatan oʻz amaliyotini samarasiz deb topdi. U travmalarning ijtimoiy kelib chiqishiga eʼtibor qaratdi, ozodlik harakatiga qoʻshildi va mazlum odamlarni kollektiv ozodlik kurashi orqali oʻzlarining qadr-qimmatini kamsituvchi jarohatlaridan tozalashga chaqirdi. U Jazoirdagi Blida-Joinvil kasalxonasining psixiatriya boʻlimi boshligʻi lavozimidan isteʼfoga chiqish xatida quyidagi fikrlarni aytdi:"Agar psixiatriya insonga oʻz muhiga begona boʻlib qolmasligiga yordam beradigan tibbiy texnika ekanligini tasdiqlaydigan boʻlsak, men oʻz mamlakatida doimiy musofir boʻlib qolgan arablar mutlaq depersonalizatsiya holatida yashashini tasdiqlamay ilojim yoʻqFrantz Fanon, Toward the African Revolution, New York, 1967. Reprint of Pour la revolution africaine. Paris, 1964, p. 53.".Keng tarqalgan qiynoqlar, qirgʻin, genotsid va shunga oʻxshash majburlash choralari orqali dahshat va xavotirni singdirish insoniyat tarixida tez-tez sodir boʻlgan. Bunga zamonaviy tariximizdan koʻplab misollar keltirish mumkin. Zolimlar har doim oʻzlarining „psixologik artilleriya“ texnikasidan odamlarning ongida vayronagarchilik va chalkashliklarni keltirib chiqarishga, ularni qoʻrqitish va kinizm bilan gipnoz qilishga urinishgan. Natijada avloddan-avlodga oʻtadigan kollektiv travma yuzaga kelgan. Reabilitatsiyaning sehrli formulasi yoʻq. Kollektiv travmani tan olish, eslash, birdamlik, kommunal terapiya va ommaviy hamkorlik kabi yaxlit va jamoaviy harakatlar orqali yengillashtirish mumkin.
Koʻplab xalqaro ilmiy tadqiqotlar onaning hissiy holati bolaning asab tizimining rivojlanishiga va vaqt oʻtishi bilan miya tizimlarining rivojlanishiga bevosita taʼsir qilishini koʻrsatdi.
Masalan, 1967-yilda Isroildagi Olti kunlik urushdan keyin oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, urush paytida homilador boʻlgan ayollarda shizofreniya bilan kasallangan bolalar statistik jihatdan koʻproq boʻlgan. Mamlakatda kollektiv darajada sodir boʻlgan voqealar bachadondagi chaqaloqlarning individual neyrobiologik tizimlarida bevosita aks etgan. Asab tizimi va tanamizdagi boshqa organlar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik / aloqadorlik tufayli kollektiv travma hujayra darajasida ham namoyon boʻladi. Shunday qilib, travmani faqat individual tushunchalar bilan tushunish mumkin emas.
Kollektiv travma shunchaki tarixiy faktni yoki bir guruh odamlar bilan sodir boʻlgan travmatik voqeani eslash degani emas. Kollektiv travmada fojia guruhning jamoaviy xotirasida aks etadi va xotiraning barcha shakllari singari u nafaqat voqealarni takrorlashni, balki uni tushunishga urinish oqibatida travmani davomiy yangilanib turishini ham oʻz ichiga oladi. Shikastlanishning kollektiv xotirasi individual xotiradan farq qiladi, chunki kollektiv xotira sodir boʻlgan voqeadan bevosita omon qolganlarning hayotidan tashqarida saqlanib qoladi va vaqt va makonda travmatik hodisalardan uzoqda boʻlishi mumkin boʻlganlarning esida qoladi.
Ruhiy salomatlik uchun havolalar Kollektiv ravishda travmatik tajribalarni qayta tiklash ruhiy salomatlik muammolariga, jumladan, travmadan keyingi stress buzilishi (PTSD), depressiya va disassotsiatsiyaga olib kelishi mumkinMassaro, G., Altavilla, D., Aceto, P., Pellicano, G. R., Lucarelli, G., Luciani, M., & Lai, C. (2018). Neurophysiological Correlates of Collective Trauma Recall in 2009 L’Aquila Earthquake Survivors. Journal of Traumatic Stress, 31 (5), 687-697. https://doi.org/10.1002/jts.22334. Kollektiv travmalar, jumladan, tabiiy ofatlar va hatto Holokost kabi tarixiy travmalarning psixologik taʼsiri bevosita va bilvosita tajribaga asoslangan holda farqlanadi. Ushbu jarohatlar psixologik sharoitlar ustun boʻlishiga olib kelishi mumkin, masalan, Italiyaning L’Aquila shahridagi zilzilalardan omon qolganlarda PTSD va Alexithymia (Aleksitimiya) qanday rivojlanganligini koʻramiz. PTSD belgilari travmatik hodisani qayta boshdan kechirishni, qochishni, aleksitimiya kabi hissiy bedorlikni va boshqa koʻplab hissiy va jismoniy alomatlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ushbu alomatlar va PTSD holati nafaqat jabrlanuvchilarning oʻzlari, balki travmatik hodisalardan keyingi avlodlar, odatda ikki avlodgacha boʻlganlarga ham taʼsir qiladiYehuda, R., & Lehrner, A. (2018). Intergenerational transmission of trauma effects: putative role of epigenetic mechanisms. World Psychiatry, 17 (3), 243-257. https://doi.org/10.1002/wps.20568, bu epigenetika va jamoaviy madaniy travma kombinatsiyasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (quyida ushbu boʻlimlarga qarang). Kollektiv travma tufayli kelib chiqadigan ruhiy salomatlik holati PTSD bilan chegaralanib qolmaydi, tadqiqotlar holokostdan omon qolganlarning bolalari oʻzlariga past baho berishlarini koʻrsatganSolkoff, N. (1981). Children of survivors of the Nazi Holocaust: A critical review of the literature. American Journal of Orthopsychiatry, 51 (1), 29-42. https://doi.org/10.1111/j.1939-0025.1981.tb01345.x, shuningdek, mahalliy amerikaliklar kabi kollektiv tarixiy travmani boshdan kechirganlar guruhlarda yuqori darajadagi tahlika va depressiya holatlari uchrashi ham tasdiqlanganConching, A. K. S., & Thayer, Z. (2019). Biological pathways for historical trauma to affect health: A conceptual model focusing on epigenetic modifications. Social Science & Medicine, 230, 74-82. https://doi.org/10.1016/j.socscimed.2019.04.001. Shu sababli, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita kollektiv travmani boshdan kechirish jamoa uchun koʻplab ruhiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Nevrologik taʼsirlar