Jonathan Christian David (talaffuzi: Jonatan Kristian David) (2000-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, Liga 1 klubi hisoblangan „Lill“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Jonathan David aslida Qoʻshma Shtatlarda gaitilik ota-onasi oilasida tugʻilgan. Jonathan David Kanada terma jamoasini himoya qiladi.
David Nyu-York shahrida tugʻilgan, lekin hali goʻdakligida ota-onasi bilan Gaitiga koʻchib oʻtgan. Jonathan David olti yoshida Kanadaning Ottava shahriga koʻchib kelgan.
Yoshlik yillari David Nyu-York shahrida gaitilik ota-onasi oilasida tugʻilgan va uch oylik boʻlganida Port-o-Prensga (Gaiti) koʻchib oʻtgan. Olti yoshida Jonathan David ota-onasi bilan Gaitidan Kanadaga koʻchib oʻtgan va Ottavaga joylashgan. Voyaga etgan David Frankofoniya davlat maktabi boʻlgan École secondaire publique Louis-Riel maktabiga bordi. Jonathan David buni oʻzining koʻplab muvaffaqiyatlariga sabab qilib koʻrsatadi: „Men Lui Riel maktabi toʻp doim oyogʻimda boʻlishi yordam bergan (koʻplab musobaqalar oʻtkazilib turilganiga ishora qilgan)“.
Klubdagi faoliyati
Gent 2018-yilning yanvar oyida David Belgiyaning birinchi divizioni A jamoasi boʻlgan Gent jamoasiga oʻtdi. Jonathan David professional debyutini 2018-yilning 4-avgustida „Zulte Waregem“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va qoʻshib berilgan vaqtda gol urdi. Ligadagi debyutidan atigi besh kun oʻtgach, David Yevropa ligasining 3-bosqich saralash bosqichida „Yagelloniya“ klubiga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi va 85-daqiqada gol urib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. David oʻzining golli seriyasini uch kundan keyin davom ettirdi, 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va ikkita gol urib, ligada 4:1 hisobida Vaaslend-Beveren jamoasi ustidan qarshi gʻalaba qozondi. Dastlabki beshta oʻyinda beshta gol urganidan soʻng, Gent klubi David bilan shartnomani 2022-yilgacha uzaytirdi. Jonathan David 2019-yil sentyabr oyida shartnomani yana bir yilga, 2023-yilgacha uzaytirdi. 2020-yil yanvardagi transfer oynasida Gent klubi rahbari Ivan de Vitte Davidga yirik klublardan katta qiziqish borligini, Jonathan Davidning qiymati 20 million yevroga baholanganini aytdi.
Lille
2020—2021-yilgi mavsum: Liga 1 chempioni thumb|David, 2021-yilda 2020-yil 11-avgust kuni Liga 1 jamoasi „Lille“ David bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. David uchun, maʼlumotlarga koʻra, 30 million yevro toʻlangan va bu Kanadadagi eng qimmat transferga aylangan. Jonathan David „Lille“ safida 22-avgust kuni „Renn“ jamoasiga qarshi Liga 1 mavsumining ochilish oʻyinida debyut qildi. Mavsumni qiyin boshlaganidan soʻng, David 22-noyabr kuni „Lille“ jamoasi uchun birinchi golini „Loryen“ga qarshi oʻyinda kiritdi va Jonathan Davidning yakuniy goli bilan Jonathan Davidning jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Oldingi yetti oʻyinda gol urolmagan David Reyms jamoasiga qarshi oʻyinda qoʻshimcha taymlarda gol urdi. 2021-yil 3-fevralda David „Lille“ jamoasi „Bordo“klubini 3:0 hisobida magʻlub etganida ham gol urdi. David oʻz faoliyatini davom ettirib, 7-fevral kuni „Nant“klubiga qarshi oʻyinda ikkita gol urib, Liga 1 faoliyatidagi ilk dublini qayd etdi. 2020—2021-yilgi mavsumning birinchi yarmida ikkita gol urganidan soʻng, bu dubl Davidning shuncha oʻyindagi beshinchi goli boʻldi. 3-aprel kuni Jonathan David PSJ ustidan mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan golga mualliflik qildi. Bu Lille jamoasining 1996-yil aprelidan beri parijliklar ustidan birinchi mehmondagi gʻalabasi boʻldi.
23-may kuni Jonathan David „Angers“ jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol urib, „Lille“ jamoasi bilan 2020—2021-yilgi Liga 1 mavsumida gʻalaba qozondi. David oʻzining birinchi mavsumini 13 ta gol bilan yakunladi va yil boshidan buyon 11 ta oʻyin oʻtkazdi. Ayniqsa, „Park des Prens“ stadionida kechgan bahsda „PSJ“ga qarshi gʻalaba golini kiritgani va „Marsel“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qayd etgan dubli uni „Lille“ jamoasining eng muhim oʻyinchisi va liganing eng mashhur oʻyinchilaridan biriga aylantirdi.
Xalqaro maydonda
Yoshlar jamoasi safida David birinchi marta Kanada yoshlar terma jamoasi safida 2015-yilda 15 yoshgacha boʻlgan bir nechta turnirlarda qatnashganidan soʻng tanilgan va 2017-yilgi KONKAKAF U-17 chempionatiga qadar muntazam ravishda Kanadaning 17 yoshgacha boʻlgan lagerlariga chaqirilgan. David keyinchalik Kanadani yuqoridagi nomi qayd etilgan turnirda himoya qildi va guruhning soʻnggi oʻyinida Surinamga qarshi dubl qayd etdi. 2018-yil may oyida David Kanadaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynash uchun 2018-yilgi Tulon turniriga chaqirildi.
David 2018-yilda Tab Ramos tomonidan AQShning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqiruv oldi. Jonathan David oʻzining klubdagi faoliyatiga eʼtibor qaratish taklifini rad etdi, chunki Jonathan Davidning istagi Kanada davlatining futboldagi vakili boʻlish edi.
Kattalar terma jamoasi safida David 2018-yilning 30-avgustida AQShning Virjiniya orollariga qarshi KONKAKAF Millatlar Ligasi saralash bosqichi uchun Kanada terma jamoasi safiga birinchi marta chaqiruv oldi. Jonathan David 9-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda kattalar safida debyut qildi va 8:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etdi. David 2019-yil 30-may kuni 2019-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi uchun Kanada teerma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritildi. Kanadaning Kuba terma jamoasiga qarshi turnirdagi guruhdagi soʻnggi oʻyinida Jonathan David (7:0 hisobida gʻalabali oʻyinda) xet-trik qayd etdi. Kanada chorak finalda Gaiti terma jamoasiga magʻlub boʻlganiga qaramay, David turnirni oltita gol bilan „Oltin butsa“ sovrindori sifatida yakunladi.
2019-yil 7-sentyabrda Kanada terma jamoasi Kuba terma jamoasi ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, David 2019-yilda sakkiz gol bilan Kanada terma jamoasi uchun bir yil ichida eng koʻp gol urish boʻyicha rekord oʻrnatdi. Uning saʼy-harakatlari uchun Jonathan David 2019-yil Kanadaning eng yaxshi erkak futbolchisi deb topildi.
2021-yil 8-iyun kuni David 2022-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida Surinam terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, Kanada terma jamoasi uchun ikkinchi xet-trikini qayd etd. Futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari yakunida David jami toʻqqizta gol urdi, ulardan beshtasi saralashning uchinchi va oxirgi bosqichda kiritilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Gent 2018-19 Belgiya Pro ligasi 33 12 6 0 4 2 - 43 14 2019-20 Belgiya Pro ligasi 27 18 - 13 5 - 40 23 Jami 60 30 6 0 17 7 - 83 37 Lille 2020-21 Liga 1 37 13 3 0 8 0 - 48 13 2021-22 Liga 1 38 15 1 1 8 3 1 0 48 19 2022-23 Liga 1 13 9 0 0 - - 13 9 Jami 88 37 4 1 16 3 1 0 109 41 Karyera jami 148 67 10 1 33 10 1 0 192 78
Xalqaro oʻyinlari
+ Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Kanada 2018 3 3 2019 9 8 2021 12 7 2022 10 4 Jami 34 22
Ballar va natijalar birinchi navbatda Kanadaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Davidning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
+List of international goals scored by Jonathan DavidUrgan golining tartib raqamiSanaJoyOʻtkazgan oʻyinining tartib raqamiRaqib terma jamoaHisobNatijaMusobaqa turi1IMG Academy stadioni, Bradenton, AQSh13-08-02019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi saralashi24-03Oktyabr oyi, 2018BMO stadioni, Toronto, Kanada21-05-02019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi saralashi4Mart oyi, 2019BC Place, Vancouver, Kanada43-14-12019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi saralashi5Iyun oyi, 2019Rose Bowl, Pasadena, AQSh51-04-02019-yilgi CONCACAF Oltin kubogi62-07Iyun oyi, 2019Bank of America stadioni, Charlotte, AQSh71-07-02019-yilgi CONCACAF Oltin kubogi86-097-010Iyun oyi, 2019NRG stadioni, Houston, AQSh81-02-32019-yilgi CONCACAF Oltin kubogi11Sentyabr oyi, 2019BMO stadioni, Toronto, Kanada92-06-02019-20-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi12Iyun oyi, 2021IMG Academy stadioni, Bradenton, AQSh137-07-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi13Iyun oyi, 2021SeatGeek stadioni, Bridgeview, AQSh142-04-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi143-0154-016Sentyabr oyi, 2021BMO stadioni, Toronto, Kanada192-03-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi17Oktyabr oy, 2021BMO stadioni, Toronto, Kanada224-14-12022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi18Noyabr oyi, 2021Commonwealth stadioni, Edmonton, Kanada231-01-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi19Yanvar oyi, 2022Estadio Olímpico Metropolitano, San Pedro Sula, Honduras252-02-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi20Fevral oyi, 2022Estadio Cuscatlán, San Salvador, El Salvador272-02-02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi21Iyun oyi, 2022Estadio Olímpico Metropolitano, San Pedro Sula, Honduras321-21-22022—2023-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi22Sentyabr oyi, 2022Franz Horr stadioni, Vienna, Austria332-02-0Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Lille jamoasi safida
Liga 1: 2020-2021 Chempionlar kubogi: 2021
Individual
KONKAKAF Oltin Kubogi: 2019-yildagi eng yaxshi 11-oʻrin KONKAKAF Oltin Kubogi Oltin butsa: 2019 Belgiya birinchi A divizioni toʻpurari: 2019-2020 (Dieumerci Mbokani bilan birgalikda) Kanadada yilning eng yaxshi erkak futbolchisi: 2019 Jan-Klod Buvi kubogi: 2019-20
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Kanadalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:KAA Gent futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Kanadalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari