„Yomgʻirlar“ — Renat Sobirov va Tohir Sodiqov ijro etgan qoʻshiq. 2018-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini Shohruz (Abadiya) va Azamat Otajonov, musiqasini esa Shohruz yozgan. Sobirov taronani aranjirovka qilishda qatnashgan. „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻi 2019-yil Sobirovning ayni nomli ilk studiyaviy albomiga kiritilgan. 2019-yil „Bolalar“ guruhining 30-yillik konsertida Sobirov Sodiqov bilan „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻini yakuniy „Xayolim senda“ qoʻshigʻidan oldin ijro etgan. thumb|Rustam Meliyev va Renat Sobirov „Yomgʻirlar“ uchun klip olish jarayonida

Tarona sol minor tonalligida boʻlib, unda boshdan-oyoq i — v — VII — VI akkord ketma-ketligi qoʻllangan. Xususan, ashulada Gm — Dm7 — F — E♭ akkordlari chalingan.

2018-yilning noyabr oyida „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Rustam Meliyev klip suratga olgan. Klip 2019-yil eʼlon qilingan boʻlib, unda avtohalokatga uchragan yigit qismati tasvirlangan. Klipdan Sodiqov bilan Sobirov qoʻshiqni qora fonda ijro etayotgani aks etgan kadrlar ham oʻrin olgan.

Yana qarang „Yomgʻir“

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tohir Sodiqov qoʻshiqlari Turkum:Renat Sobirov qoʻshiqlari Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar