Yoʻqotilgan avlod  – Birinchi jahon urushi davrida voyaga yetgan ijtimoiy avlod kogortasi. Ushbu jumladagi „yoʻqotilgan“ soʻzi urushdan keyingi yillardagi janglardan omon qolgan koʻplab odamlarning „yoʻl-yoʻriqsiz“ qolganini anglatadi. Bu soʻz, asosan, 1920-yillarda Parijda yashovchi amerikalik yozuvchilar guruhiga nisbatan qoʻllangan. Atamadan, dastlab Gertrude Stein () foydalangan. Keyinchalik, yozuvchi Ernest Hemingway 1926-yilgi „Quyosh baribir chiqaveradi“ (inglizcha: Fiesta) romanining epigrafida ishlatgan: „Sizlar hammangiz yoʻqotilgan avlodsiz“.

Umuman olganda, yoʻqotilgan avlod vakillari 1883—1900-yillar oraligʻida tugʻilgan odamlardan iborat deya hisoblanadi. Sanoat inqilobidan soʻng, yoʻqotilgan avlodning „gʻarbiy aʼzolari“ har qachongidan ham koʻproq savodli, isteʼmolchi va ommaviy axborot vositalariga toʻyingan, lekin ayni paytda qatʼiy konservativ ijtimoiy qadriyatlarni saqlab qolishga moyil boʻlgan jamiyatda oʻsganlar.

Terminologiyasi va yosh oraligʻi Ushbu atama Birinchi jahon urushi davrida erta voyaga yetgan yosh avlod uchun qoʻllanadi. Mualliflar William Strauss va Neil Howe yoʻqotilgan avlodni 1883-yildan 1900-yilgacha boʻlgan davr oraligʻida tugʻilgan, Birinchi jahon urushi va yigirmanchi yillar davomida voyaga etgan guruh deya taʼriflaydilar. Yevropada asosan Birinchi jahon urushi boshlangan yil sharafida ularni „1914-yil avlodi“ sifatida tanishgan. Fransiyada ularni baʼzan Génération du feu, („Olovning paydo boʻlishi“) deb ham atashgan.

Adabiyotda Yoʻqotilgan avlod adabiyoti namoyandalarining asarlari koʻpincha yozuvchilarning Birinchi jahon urushi va undan keyingi yillardagi tajribalariga tegishlidir. Aytishlaricha, bu yozuvchilarning ijodi oʻz hayotining mifologik versiyalaridan foydalanishi asosida avtobiografik boʻlgan. Mualliflar asarlarida tez-tez uchraydigan mavzulardan biri bu tanazzul va boylarning bemaʼni turmush tarzidir. Hemingway hamda F. Scott Fitzgerald ham "Quyosh chiqadi" va "Buyuk Gatsby" romanlarida shu mavzuga toʻxtalib oʻtishgan. Ushbu mualliflarning asarlarida keng tarqalgan yana bir mavzu bu ularning koʻplab romanlarida aks ettirilgan Amerika orzusining oʻlimi boʻlgan.

Mashhur shaxslar Yoʻqotilgan avlodning taniqli shaxslari orasida F. Scott FitzgeraldLapsansky-Werner, Emma J. United States History: Modern America. Boston, MA: Pearson Learning Solutions, 2011. Print. Page 238, Gertrude Stein, Ernest Hemingway, Ezra Pound, Jean Rhys, Henry Strater hamda Sylvia Beach kabilar bor.

Yana qarang Nomlangan avlodlar roʻyxati Birinchi jahon urushi

Manbalar

Adabiyotlar Dolan, Marc. Modern Lives: A Cultural Re-reading of the „Lost Generation“ (Purdue University Press, 1996-yil). Doyle, Barry M., „Urban Liberalism and the 'lost generationʼ: politics and middle class culture in Norwich, 1900-1935“. Historical Journal 38.3 (1995): 617-634. in Great Britain.

Green, Nancy L. „Expatriation, expatriates, and expats: The American transformation of a concept.“ American Historical Review 114.2 (2009): 307-328. online Hansen, Arlen J. Expatriate Paris: A Cultural and Literary Guide to Paris of the 1920s (2012) havola Kotin, Joshua, Clifford E. Wulfman, and Jesse McCarthy. „Mapping Expatriate Paris: A Digital Humanities Project.“ Princeton University Library Chronicle 77.1-2 (2016): 17-34. havola McAuliffe, Mary. When Paris Sizzled: The 1920s Paris of Hemingway, Chanel, Cocteau, Cole Porter, Josephine Baker, and Their Friends (2019) havola

Monk, Craig. Writing the lost generation: Expatriate autobiography and American Modernism (University of Iowa Press, 2010). Winter, Jay M., „Britainʼs 'Lost Generationʼ of the First World War“. Population Studies 31.3 (1977): 449-466. LostGeneration. Britain.pdf havola, statistik va demografik tarix jamlangan.

Havolalar Yoʻqotilgan avlod yozuvchilari Penn State intervyusida suhbatlashishdi

Turkum:XIX asr Turkum:Madaniy avlodlar Turkum:Neologizm