Matthew Robert Targett () (1995-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Matt Targett Premyer-liga vakili „Newcastle United“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Targett „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan. Matt Targett 2015-yilda mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan. Matt Targett Shotlandiya va Angliya sharafini xalqaro oʻyinlarda yoshlar jamoasi safida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati

Southampton Angliyaning Hampshire shtatidagi Eastleigh shahrida tugʻilgan Targett sakkiz yoshida „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Matt Targett keyinchalik, 2013-yil 24-sentyabrda klubning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan. 2014-yilning 26-aprelida Matt Targett birinchi marta Premyer-liga doirasidagi „Everton“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba) „Southampton“ futbol klubi safida maydonga tushgan.

Matt Targett „Southampton“ futbol klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

2017-yilning 4-avgustida Targett „Southampton“ futbol klubi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolagan va klubdagi faoliyat muddatini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirgan.

Fulham (ijara) 2018-yilning 22-yanvarida Targett Chempionat vakili „Fulham“ futbol klubi safiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qoʻshilgan. Matt Targett klub safidagi birinchi golini 10-fevral kuni „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang oʻyinda) kiritgan.

Southampton klubiga qaytish 2019-yil 27-aprel kuni „Fulham“ futbol klubi safidagi soʻnggi oʻyinida Targett „Bournemouth“ futbol klubi bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda klub uchun yagona golini urgan.

Aston Villa 2019-yilning 1-iyulida Targett nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

2020—2021-yilgi mavsum oxirida Targett Premer-liganing barcha 38 oʻyinida asosiy jamoaning ilk tarkibida maydonga tushgan yagona oʻyinchisi boʻlgan va jamoadoshlari tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Newcastle United 2022-yilning 31-yanvarida Matt Targett 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida „Newcastle United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Ijara muddati tugagach, 2022-yil 8-iyun kuni Targett klub bilan 4 yilga moʻljallangan 15 million funt sterlinlik yangi shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarSouthampton2013—2014Premyer liga000000—002014—2015Premyer liga602040—1202015—2016Premyer liga1401020302002016—2017Premyer liga50001020802017—2018Premyer liga200000—202018—2019Premyer liga1612030—211Jami4315010050631Fulham (ijara)2017—2018Chempionat181——30211Aston Villa2019—2020Premyer liga2810041—3222020—2021Premyer liga3800000—3802021—2022Premyer liga1711010—191Jami832105100893Newcastle United (ijara)2021—2022Premyer liga160———160Newcastle United2022—2023Premyer liga900010—100Jami250001000260Jami169460161801995

Manbalar

Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar