Aleksandra Feygin (2002-yil 22-dekabr, Quddus) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashadigan bolgariyalik figurali uchuvchi. Bolgariyaning toʻrt karra chempioni (2017, 2019 — 2021) va Jahon chempionati ishtirokchisi (2019).
Faoliyati Aleksandra Feygin 2002-yil 22-dekabrda Isroilning Quddus shahrida tugʻilgan. U 2009-yilda figurali uchishni boshlagan. Sofiyada „Ice Dance Denkova-Staviski SC“ klubida Andrey Lutai va uning rafiqasi Ina murabbiyligida shugʻullanadi. 2010-yildan boshlab Aleksandra Bolgariyani xalqaro musobaqalarda himoya qila boshladi. 2013-yil noyabridan 2016-yil fevraligacha Feygin bolalar (kichik) (ingliz tili . Novice) darajasidagi turnirlarda qatnashdi. U Skate Helena xalqaro turnirining ikki karra gʻolibi boʻladi, shuningdek, Denkova-Staviski Cupva Sportland Trophy turnirlarida gʻolib chiqadi.
Aleksandra 2016-yil sentyabr oyi boshida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ostravada boʻlib oʻtgan bosqichda, qisqa dasturdagi namoyishi davomida bir nechta xatolarga yoʻl qoʻyib, yigirma ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo erkin dasturda (oʻn birinchi oʻrin) ancha yaxshi natija koʻrsatib, 113,65 ball bilan yakuniy oʻn beshinchi oʻrinni egalladi. Bir oy oʻtgach, Sloveniyada oʻtkazilgan Oʻs, irlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi bosqichidatoʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
Oktyabr oyida Aleksandra qisqa va erkin dasturlarda gʻolib chiqib, 154,58 ball toʻplagan holda Denkova-Staviski Cup gʻolibi boʻldi. Dekabr oyida, Bolgariyada oʻtkazilgan Sofia Trophy turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Aleksandra 2017-yil mart oyida Taypeyda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Qisqa dasturda yigirma beshinchi oʻrinni egallagan Aleksandra erkin dasturda konkida uchish huquqiga ega boʻlmadi.
Natijalari Musobaqalar 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 Xalqaro Jahon chempionati 17 17 Yevropa chempionati 11 17 Challenger. Budapest Trophy 3 Challenger. Nebelhorn Trophy 4 Tallink Hotels Cup 4 Denis Ten Memorial 3 EduSport Trophy 2 Denkova-Staviski Cup 1 1 Skate Victoria 2 Crystal Skate 1 Sofiya Trophy 1 1 2 Xalqaro (oʻsmirlar) Jahon chempionati 25 15 22 Gran-pri. AQSH11 Gran-pri. Slovakiya 11 Gran-pri. Kanada 8 Gran-pri. Belarus 13 Gran-pri. Italiya 15 Gran-pri. Chexiya 15 Gran-pri. Sloveniya 9 NRW Trophy 9 1 Balkan Games 1 Open Ice Mall Cup 1 Denkova-Staviski Cup 1 1 Coppa Europa 1 1 Sofiya Trophy 2 1 Skate Helena 1 Volvo Open Cup 4 Milliy Bolgariya chempionati 1 1 1 1 Musobaqalar 13/14 14/15 15/16 Xalqaro (Yangi konkida uchuvchilar oʻrtasida) Hellmut Seibt Memorial 1 Sofiya Trophy 1 Tallin Trophy 1 Santa Claus Cup 2 Lombardia Trophy 2 Skate Celje 2 Leu Scheu Memorial 4 Sportland Trophy 1 Skate Helena 1 1 Denkova-Staviski Cup 1 2 2 Milliy (Oʻsmirlar) Bolgariya chempionati 1 1 1
Manbalar
Turkum:Quddusda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:22-dekabrda tugʻilganlar