Ragnar Prince Friedel Ache (; 1998-yil 28-iyulda tugʻilgan) — nemis De Duitse droom van Sparta-talent Ache, vi.nl, 27 September 2017 professional futbolchisi. Hozir Eintracht Frankfurt klubidan ijara asosida SpVgg Greuther Fürthga oʻtgan hujumchi.

Faoliyati Germaniyaning Frankfurt shahrida tugʻilgan Ache faoliyatini Gollandiyaning „Sparta Rotterdam“ klubi yoshlar safida boshlagan. 2016-yilning 20-avgustida TEC ga qarshi Tvid diviziyasida klubning zaxira jamoasi Jong Sparta safida debyut qildi. 66-daqiqada Ugʻur Oltintashning oʻrniga maydonga tushishi bilanoq gol urdi. 2016—2017-yilgi mavsumda Sparta Rotterdamning oʻrinbosarlari safida 17 oʻyinda 7 ta gol urdi.

2017—2018-yilgi mavsum boshida Ache asosiy tarkibga kiritildi va mavsumning ochilish oʻyinida Sparta Rotterdam — VVV-Venloga bahsida (0:3) Kreyg Gudvin oʻrniga maydonga tushgandi. 2017-yilning 25-avgustida Ache „Sparta Rotterdam“ safida „NAC Breda“ mehmoni boʻldi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Ache jamoadagi ilk professional dublini qayd etdi.

Eintracht Frankfurt 2020-yil 3-yanvarda Ache Germaniyaning „Eintracht Frankfurt“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi ilk uchrashuvini 2020-yil 25-sentyabrda „Gerta“ga qarshi oʻtkazdi. „Eintracht“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2022-yil 14-iyunda Ache SpVgg Greuther Fürthga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati Ache Germaniyada tugʻilgan boʻlsa-da, kelib chiqishi ganalik. Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

2021-yil 22-iyul kuni Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar futboli boʻyicha „D“ guruhining ochilish oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻyinda Germaniya Braziliyaga 4:2 hisobida yutqazib qoʻydi. Ache ikkinchi oʻyinda yana gol urdi, Germaniya Saudiya Arabistoni ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokKontilnentalBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJong Sparta2016—2017Tweede Divisie177———1772017—2018Tweede Divisie143———1432018—2019Tweede Divisie81———81Jami39110000003911Sparta Rotterdam2016—2017Eredivisie1000——102017—2018Eredivisie19210——2022018—2019Eerste Divisie11500—421572019—2020Eredivisie19520—00215Jami50123000425714Eintracht Frankfurt2020—2021Bundesliga7100——712021—2022Bundesliga1200030—150Jami191003000221Jami faoliyati1082410304211826

Terma jamoada 23-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2019—2020Germaniya U21312021Germaniya olimpiada terma jamoasi32

Yutuqlari Eintracht Frankfurt

UEFA Yevropa Ligasi: 2021—2022

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sparta Rotterdam futbolchilari Turkum:Eintracht Frankfurt futbolchilari Turkum:SpVgg Greuther Fürth futbolchilari Turkum:1. FC Kaiserslautern futbolchilari Turkum:1. FC Köln futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Tweede Divisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:Sportchilar