Callum Booth () (1991-yil 30-mayda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Callum Booth Shotlandiya Premyer-ligasining „St Johnstone“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Callum Booth Stranraer shahrida tugʻilgan. Keyinchalik Callum Booth ota-onasi va akasi Tom bilan uch yoshida Sharqiy Lothianning Haddington shahriga koʻchib oʻtgan. Callum Booth Haddington maktabida, Kingʻs Meadow boshlangʻich maktabida va Knox akademiyasida tahsil olgan.

Faoliyati

Hibernian Callum Booth 10 yoshida „Hibernian“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshildi. Callum Booth jamoadagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng „Hibernian“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi.

Callum Booth 2009—2010-yillarda Shotlandiya futbol ligasi vakili "Arbroath " futbol klubida ijara shartnomasi asosida oʻynadi. Bu yerda Callum Booth 2010-yil fevral oyida Shotlandiya futbol ligasida oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan.

Callum Booth „Hibernian“ futbol klubi uchun debyut oʻyinini 2011-yil 18-yanvarda oʻtkazgan. Callum Booth klub uchun birinchi golini 26-fevral kuni „Inverness CT“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritishga muvaffaq boʻlgan. Shundan soʻng mavsum davomida yaxshi oʻyin koʻrsatgani uchun Callum Booth 2011-yil fevral oyida SPLda oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan.

Callum Booth 2012-yil avgust oyida „Livingston“ futbol klubi uchun ijara shartnomasiga imzo chekkan. Callum Booth klub safida jami 31 ta oʻyin oʻtkazgan.

Partick Thistle 2015-yil 28-yanvarda Callum Booth mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Partick Thistle“ futbolo klubi safiga qoʻshildi. 2015-yilning 14-mayida Callum Boothning „Thistle“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi. Callum Boothning shartnomasi 2016-yil fevralida yana bir yilga uzaytirildi.

Callum Booth 2016-yilning 7-aprelida „Thistle“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Callum Booth 2016—2017-yilgi mavsumdagi ilk golini 2016-yilning 28-dekabrida „Dundee“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) jarima zarbasidan kiritdi. Callum Booth 2017—2018-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi.

Dundee United Callum Booth 2018-yilning 30-mayida Shotlandiya chempionatining „Dundee United“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Callum Booth 2019-yilning 24-iyulida klubni tark etdi.

St Johnstone 2019-yil 16-sentyabrda Callum Booth „St Johnstone“ futbol klubi bilan 2020-yil yanvarigacha shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarHibernian2010—2011Shotlandiya Premyer-ligasi1711000001812011—20121211020—1512012—2013000010—102013—2014Shotlandiya Premyer-ligasi000000—002014—2015Shotlandiya chempionati111001000121Jami403204000463Arbroath (ijara)2009—2010Shotlandiya Ikkinchi divizioni151000040191Brechin City (ijara)2010—2011Shotlandiya Ikkinchi divizioni112003010152Livingston (ijara)2012—2013Shotlandiya Birinchi divizioni311100000321Raith Rovers (ijara)2013—2014Shotlandiya chempionati353402050463Partick Thistle (ijara)2014—2015Shotlandiya Premyer-ligasi1400000—140Partick Thistle2015—2016Shotlandiya Premyer-ligasi3422010—3722016—20173112050—3812017—2018120204020200Jami7736010020953Dundee United2018—2019Shotlandiya chempionati2611110503322019—20200000000000Jami261111050332St Johnstone2019—2020Shotlandiya Premyer-ligasi1302100—1512020—20211804070—2902021—20220000001010Jami310617010451Umumiy2801420227018034516

Yutuqlar Raith Rovers

Shotlandiya Challenge kubogi: 2013—2014

St Johnstone

Shotlandiya kubogi: 2020—2021 Shotlandiya liga kubogi: 2020—2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar