Diana Sergeyevna Devis (ruscha: Диана Сергеевна Дэвис; 16-yanvar 2003-yil, Las Vegas, Nevada) — Gleb Smolkin bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Ular Rossiya chempionatining kumush medali (2022) va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatining bronza medali (2020) sovrindori hamda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya kubogi finali (2021) gʻoliblaridir. Diana Devis Rossiya sport ustasi (2016).

2022-yil 22-yanvar holatiga koʻra, juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 19-oʻrinni egallagan.

Faoliyati Diana Devisning birinchi sherigi sobiq yakkalik konkida uchuvchi Denis Pichushkin edi. Sportchilar Denis Samoxin va xoreograf Mariya Borovikova murabbiyligida mashq qilishdi, ammo juftlik hech qanday musobaqada qatnasha olmadi.

2017-yilda Diana Devis sherigini Fedor Varlamovga almashtirdi. Konkida uchuvchilar Sankt-Peterburg kubogining III bosqichida gʻolib chiqishdi, ikki marta Rossiya kubogi bosqichlarida shohsupaga koʻtarilishdi (Sochida bolʼib oʻtgan bosqichda uchinchi, Moskvada — ikkinchi boʻldi). Dekabr oyida ular Budapeshtda boʻlib oʻtgan Santa Claus Cup birinchi xalqaro musobaqasida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil yanvar oyida Saranskda oʻsmirlar oʻrtasida figurali uchish boʻyicha Rossiya chempionatida Devis / Varlamov oʻn uchinchi oʻrinni egalladi, bir oy oʻtgach, Rossiya kubogi finalida oltinchi oʻrinni egalladi.

Diana Devisning 2020-yil iyul oyida toʻpigʻi shikasltanishi natijasida mashgʻulotlar oʻtay olmadi, natijada u Gleb Smolkin bilan oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatini oʻtkazib yubordi va keyinchalik oʻsmirlar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalar koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi.

Juftlik musobaqaga 2021-yilning mart oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida qatnashib, ritm raqs (74,22) va erkin dastur (112,16) boʻyicha jami 186,38 ball toʻplagan holda birinchi oʻrinlarni egallab, oltin medal sohibiga aylanishdi.

2021—2022-yilgi mavsumda Diana Devis va uning sherigi Gleb Smolkin kattalar darajasidagi konkida uchishga oʻtishdi. Chelyabinskda boʻlib oʻtgan mavsumoldi chiqishda juftlik „Black Eyed Peas“ guruhining „Boom Boom Pow“ qoʻshigʻi uchun ritm raqsi taqdim etdi. MavsumQisqa dasturErkin dasturNamunali chiqishlari2021—2022 Boom Boom Pow Bom Bidi Bom El Tango de Roxanne Your Song Ev’rybody Wants to Be a Cat 2020—2021 Ev’rybody Wants to Be a Cat Phil Harris El Tango de Roxanne Your Song 2019—2020 Ev’rybody Wants to Be a Cat Phil Harris Always Watching You Love Is Gone 2018—2019 Oblivion Por una Cabeza Los Muertos Vivos Estan Writingʻs on the Wall Diamonds

Natijalar Gleb Smolkin bilan Musobaqa Xalqaro Olimpiya oʻyinlari 14 Yevropa chempionati 7 Gran-pri bosqichlari. Skate Kanada 5 Avstriya kubogi 4 Varshava kubogi1 AQSh klassikasi2 Milliy Rossiya chempionati2 Rossiya chempionati 9 3 Rossiya kubogi finali 1 Xalqaro oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 5 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 6 Gran-pri bosqichlari. AQSH 2 Gran-pri bosqichlari. Rossiya 2 Volvo ochiq kubogi 3 1 Chexiya Gran-pri 3 Tallin kubogi 2

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:16-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar