Armin Kogler — (1959-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) avstriyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchi.
Faoliyat 1979-yilda XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida kutilmagan gʻalaba qozonganidan soʻng, Kogler Planikada (1981-yil) 180 metrga sakrash bilan yangi rekord oʻrnatgan. U ikkita Jahon kubogini (1981-yil va 1982-yil) va 1982-yilgi Shimoliy changʻi musobaqasi boʻyicha jahon chempionatida medallarning toʻliq toʻplamini qoʻlga kiritgan, yakka tartibdagi oddiy tepalikda oltin, jamoaviy katta tepaligida kumush va yakkalik bahsda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
1985-yilda Seefeld shahrida boʻlib oʻtgan XCHF Shimoliy changʻi musobqalasi boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy katta tepalik bahslarini kumush medal bilan yakunlagan. Bundan tashqari, Kogler 1980-yilda Xolmenkollen changʻi festivalida changʻidan sakrash musobaqasida gʻolib chiqqan.
Koglerning eng yaxshi Olimpiya marrasi 1980-yilda Leyk-Plasidda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida alohida katta tepalikda beshinchi oʻrinni egallagani boʻlgan.
Changʻida sakrashdagi muvaffaqiyatlari uchun 1984-yilda Xolmenkollen medali bilan taqdirlangan (Lars-Erik Eriksen va Jeykob Vaage bilan birgalikda). Kogler Martin Kochning amakisi hisoblanadi.
1980-yil 27 -martda Chexoslovakiyaning Xarraxov shahridagi Chertak tepaligida Toni Innauer va Klaus Ostvaldlarni ortda qoldirgan, 176 metr (577 fut) masofani bosib oʻtib, jahon rekordini oʻrnatgan.
1981-yil 26-fevralda Gʻarbiy Germaniyaning Oberstdorf shahridagi Xayni-Klopfer-Skiflugschanzeda 180 metr (591 fut) balandlikda changʻida sakrash boʻyicha yana bir jahon rekordini oʻrnatgan.
Changʻida sakrash boʻyicha jahon rekordlari Sana Tepalik Manzil Metr Ballar 1980-yil 27-mart Čerťák K165 Xarraxov, Chexoslovakiya 176 577 1981-yil 26-fevral Heini-Klopfer-Skiflugschanze K175 Oberstdorf, Gʻarbiy Germaniya 180 591
Manbalar