Terrence Anthony Boyd () — 1991-yil 16-fevralda Germaniyaning Bremen shahrida tugʻilgan. „Kaiserslautern“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Biografiyasi Terrence Boydning otasi amerikalik askar boʻlgan va uning onasi nemis millatiga mansub hisoblangan. Uning tugʻilishidan koʻp oʻtmay, oila AQShning New York shtatidagi Kvins shahriga koʻchib oʻtdi. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, Terrence Boyd onasi bilan Germaniyaga qaytib keldi va u yerda ikkinchi marta turmushga chiqdi. Futbolchining fikriga koʻra, Terrence Boyd erishgan barcha narsalarida otasini hissasi bor deb hisonblaydi.

Shuningdek, Terrence Boyd oʻz faoliyatini „Hertha“ Berlinning ikkinchi jamoasida boshlagan. Shartnoma muddati tugagach, u Dortmundning „Borussiya“ jamoasining ikkinchi tarkib jamoasiga oʻtdi. Hamda, 2012-yil 11-iyulda Terrence Boyd „Rapid Austria“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 21-iyul kuni „Wacker“ga qarshi oʻyinda Terrence Boyd Avstriya Bundesligasida debyut qildi. Xuddi shu oʻyinda u ikkita gol urdi, bu oʻzining professional faoliyatidagi va klub uchun birinchi boʻldi. Terrence Boyd uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2012—2013-yilgi mavsumda Yevropa Ligasining toʻqqizta uchrashuvida Terrence Boyd „Rosenborg“, „PAOK“ va „Vojvodina“ darvozalariga uchta gol urgan. 2013—2014-yilgi Yevropa ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida Terrence Boyd Kievning „Dinamo“ klubiga gol urdi, ammo yakunda „Rapid“ 3:1 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chetlatildi.

Torontoni tark etgach, Terrence Boyd Germaniyaga qaytib, Liga uchinchi klubi „Hallescher“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U „Gallescher“ uchun debyutini 2019-yil 3-avgust kuni „Chemnitzer“ qarshi oʻyinda oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. 19-avgust kuni „Bavariya II“ga qarshi oʻyinda u Hallescher uchun birinchi golini urdi.

Xalqaro karyerasi Terrence Boyd milliy yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2012-yil 29-fevralda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Terrence Boyd AQSH terma jamoasida Jozi Altidor oʻrniga maydonga tushdi. 16-avgust kuni Meksikaga qarshi oʻyinda Terrence Boyd Maykl Orozkoga golli uzatmani amalga oshirdi va u oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi.

Statistikasi +Jamoa  MavsumLigaKubokKontinentalJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHertha BSC II2008-200982——822009-201040——402010-20113213——3213Jami4415——4415Borussia Dortmund2011-201200000000Borussia Dortmund II2011-20123220——3220Rapid Wien2012-20133013319342172013-2014291510853820Jami5928411788037RB Leipzig2014-20157211—832015-20160000—002016-20170000—00Jami7211—83RB Leipzig II2016-201795——95Darmstadt 982016-20177100—712017-201824400—2442018-201911020—130Jami42520—445Toronto FC20191100020130Hallescher FC2019-2020331410—34142020-2021351800—13182021-202217700—177Jami853910—86391. FC Kaiserslautern2021-202213910—1492022-20237310—83Jami201220—2212Umumiy karyerasida29611792198324127

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar