Yaponiyaning Akita perfekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 31-oktabrda shaharda oʻtkazilgan hisob-kitob ishlariga koʻra, 3036 ta xonadonda 6718 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa 1 km2 ga 29 kishini tashkil qilganHappō Town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 234,14 kvadrat kilometr (90,40 mi²).
Tarixi Edo davrida hozirgi Happō hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake urugʻi tomonidan boshqarilgan. U qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Zamonaviy Happō shahri 2006-yil 27-martda Minehama qishlogʻi va Yamamoto tumanidagi Hachimori shaharlarini birlashtirish orqali yaratilgan.
Geografiyasi Happō Akita prefekturasining togʻli, eng shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, janubda Jahon merosi obyekti hisoblangan Shirakami togʻlari bilan qoplangan, shimolda Aomori prefekturasi va gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Joylashuvi tufayli Happōda harorat kechasi sezilarli darajada sovuq boʻlishi mumkin, qor yogʻish darajasi qoʻshni munitsipalitetlarga qaraganda bir oz koʻproq boʻladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Akita prefekturasi Noshiro Fujisato Aomori prefekturasi Ajigasava Fukaura
Iqlimi Happō nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi kuzatiladi. Happōda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraHappō population statistics, Happō aholisi soni soʻnggi 60 yil davomida doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Iqtisodiyoti Happō iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliq ovlashiga asoslangan.
Taʼlim tizimi Happōda ikkita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Shaharda oʻrta maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Gono liniyasi
Savame — Higashi-Hachimori — Hachimori — Takinoma — Akita-Shirakami — Ivadate
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 101
Qardosh shahar bilan munosabatlari
— Guangling tumani, Szyansu
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Akita prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Happō, Akita