Andrea Conti () 1994-yil 2-martda Lombardiyada tavallud topgan. Italiyalik futbolchi „Sampdoria“ klubining toʻliq himoyachisi. Italiya terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi karyerasi

Atalanta Andrea Conti Lombardiyaning Lekko shahrida tugʻilib oʻsgan. 2002-yilda Andrea Conti „Milan“ uchun muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi, biroq uyidan klubning Linate hududidagi mashgʻulot markaziga uzoqligi sababli jamoaga qoʻshilishni rad etdi. Unga „Milan“ning „Inter“ klubidan ham taklif bor edi, lekin oxir-oqibat „Atalanta“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va u yerda oʻn yildan ortiq Mattia Kaldara va Roberto Gagliardini bilan birga oʻynadi.

Perugia 2013-yilning yozida Andrea Conti oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Perugia“ga ijaraga oʻtdi. 30-avgust kuni „Nocherina“ klubiga qarshi oʻyinda Andrea Conti yangi jamoada debyut qildi. Mavsum oxirida Andrea Conti „Perugia“ga divizionga koʻtarilishda yordam berdi.

Virtus Lanciano 2014-yilning yozida Andrea Conti ikkinchi marta ijaraga berildi. „Virtus Lanciano“ uning yangi klubiga aylandi. Andrea Conti Italiya B seriyasida „Frosinone“ga qarshi debyut qildi. Ijara muddati tugagach, Andrea Conti „Atalanta“ga qaytdi.

Atalanta 2015-yilda Andrea Conti mavsum uchun asosiy tarkibga kiritildi. 2016-yilning 6-yanvarida Italiya A seriyasida „Udinese“ga qarshi bahsda debyut qildi. 3-fevral kuni „Hellas Verona“ga qarshi bahsda Andrea Conti „Atalanta“ safida ilk golini urdi. 2016/2017-yilgi mavsumda Andrea Conti 8 ta gol urdi va bu koʻplab mashhur klublar, xususan, Milan eʼtiborini tortdi.

Parma 2021-yilning 21-yanvarida, mavsum oxirigacha Andrea Conti „Parma“ga futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga berildi. Biroq, „Parma“ mavsumni jadval soʻnggida yakunlab, B seriyaga tushib qolgani sababli, sotib olish bandi faollashtirilmadi.

Sampdoria 2022-yil 10-yanvarda Andrea Conti „Sampdoria“ga koʻchib oʻtdi. Andrea Conti „Sampdoria“ futbolchisi sifatida oʻzining birinchi intervyusida shunday dedi: „Avgust oyida transferga qaytishni umid qilgandim, ammo men bilmagan muammolar tufayli transfer amalga oshmadi. Keyingi oʻyinda jamoaga foydali boʻlaman degan umiddaman“.

Xalqaro karyerasi 2017-yilning 31-may kuni San-Marinoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Andrea Conti Italiya terma jamoasi safida debyut qildi.

2017-yilda Italiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Andrea Conti Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Andrea Conti Germaniya, Chexiya va Daniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika JamoaMamlakatMavsumA. C. Perugia2013-2014S. S. Virtus Lanciano2014-2015Atalanta B. C.2015-2017A. C. Milan2017-2022Parma Calcio 1913 (ijara)2021U. C. Sampdoria2022-

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari