Andreas Kolset Stjernen (1988-yil 30-iyulda tugʻilgan) — norvegiyalik nafaqadagi changʻida uchish sportchisidir. Andreas sobiq changʻi sportchisi Xroar Stjernenning oʻgʻli hisoblanadi.
Faoliyati Andreas 2005-yilning fevral oyida Brotterodda boʻlib oʻtgan Qitʼa kubogida debyut qilgan va ikki kun davomida toplagan natijalariga koʻra 49-oʻrinni egallagan..Birinchi marta 2006-yilning mart oyida Bishofshofenda 28-oʻrinni egallagan va kuchli oʻttizlik orasida birinchi marta 2009-yil mart oyida Trondxaymda sakkizinchi oʻrinni egallagan. 2009-yil dekabr oyida Lillexammerda jahon chempionatida debyut qilgan va 19-oʻrinni egallab, birinchi Jahon kubogi ochkolarini toʻplagan. Uning shaxsiy rekordi — 249 metr, 2016-yil 14-fevralda Vikersundda oʻrnatilgan. Stjernen 2017—2018-yilgi XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon kubogida gʻolib chiqgan va bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi norvegiyalik boʻlgan.
Kolset Sprova IL va Trønderhopp sport klubini himoya qilgan va keyinchalik Levanger klubiga oʻtgan.
Jahon chempionati natijalari
Turnir jadvali Andreas ketma-ket 2009-yildan 2018—2019-yilgi qishgi musobaqalargacha qatnashgan. 2012—2013-yilgi musobaqalarda kichik tepalikdan sakrash boʻyicha fahrli uchinchi oʻrinni, 2017—2018-yilgi musobaqalarda esa yuqoridagi tur boʻyicha birinchi oʻrinni umumiy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni egallagan. 2013—2014-yilgi musobaqalarda qoʻnishdagi texnik xatolar tufayli urinishlar hisobga olinmagan. Mavsum Umumiy 2009—2010-yillar 56 41 — Yoʻq Yoʻq Yoʻq 54 2010-2011-yillar 48 — 42 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2011-2012-yillar 37 — 48 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2012-2013-yillar 19 43 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2013-2014-yillar 43 — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2014-2015-yillar 36 — 11 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2015-2016-yillar 12 15 10 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2016-2017-yillar 12 10 14 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2017-2018-yillar 8 19 22 8 Yoʻq 2018-2019-yillar 19 7 27 38 — — Yoʻq
Yakka tartibdagi gʻalaba Andreas yakka tartibli bahslarda 2018-yilgi Xalqaro changʻida sakrash musobaqalarining kotta tepalik yoʻnalishi boʻyicha gʻolib deb topilgan. Musobaqa 2018-yil 13-yanvarda 235 metrlik sakrash nuqtasiga ega boʻlgan Bad Mitterdorf changʻida uchish majmuasida boʻlib oʻtgan. Ushbu mosabaqada Stjernen raqiblaridan yaqqol peshqadamlik bilan eng yuqori ochkolarni toʻplab, mutloq gʻoib sifatida koʻrilgan va 10000 evro pul mufoti taqdim etilgan. Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi 1 2017—2018-yillar18 2018-yil 13-yanvar Tauplitz / Bad Mitterndorf Kulm HS235
Manbalar