Optika va fotonika jamiyati ( — SPIE) — optika va fotonika sohasidagi olimlar, muhandislar va talabalarning professional notijorat xalqaro uyushmasi.
Tarixi SPIE jamiyati 1955-yil 1-iyulda tashkil etilgan va rasman ingliz tilida „Society of Photographic Instrumentation Engineers“ (Fotosurat asboblari muhandislari jamiyati) nomi bilan tanilgan. Soʻngra 1964-yilda "Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers (SPIE)" (Foto-optik asboblar muhandislari jamiyati) jamiyatning rasmiy nomiga aylangan.
Faoliyati SPIE 10 ta ilmiy jurnalni nashr etadi va 235 000 dan ortiq onlayn maqolalardan iborat raqamli arxivni saqlaydi. Arxiv har yili jami 17 mingdan ortiq ilmiy maqolalar bilan toʻldiriladi. Har yili dunyo boʻylab 140 dan ortiq seminar va konferensiyalar oʻtkaziladi. Ular orasida eng taniqlilari — SPIE Photonics West, SPIE Optics + Photonics, SPIE Advanced Lithography, SPIE Photomask Technology hisoblanadi.
SPIE jamiyati dunyoning turli burchaklaridan kelgan 17,5 mingdan ortiq aʼzolarni, 500 ga yaqin toʻliq aʼzolarni () va 100 ta talaba boʻlimlarini birlashtiradi.
SPIE quyidagi mukofotlarni tarqatadi:
George W. Goddard Award (1961-yildan) Rudolf Kingslake Medal and Prize (1974-yildan) Presidentʼs Award (1966-yildan) SPIE oltin medali (1977-yildan) SPIE Technology Achievement Award (1979-yildan) Denesh Gabor mukofoti (1983-yildan) Chandra S. Vikram Award in Metrology (2009-yildan)
Yana qarang
AMPL
Manbalar
Havolalar
SPIE rasmiy veb-sayti Arxivnaya kopiya ) Brayan J. Tompson 23. Institut va SPIE: Xalqaro optik muhandislik jamiyati Arxivnaya kopiya // Tojdagi marvariddan boʻlim. Optika institutining dastlabki 75 yillik tarixi. ) Turkum:Optika