Rubin Rafael Okotie () — 1987-yilning 6-iyunida Pokistonning Karachi shahrida tugʻilgan. Asli nigeriyalik boʻlgan futbolchi Avstriya fuqarosi boʻlib, „Beerschot Wilrijk“ klubi va Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/74/Austria_vs._Russia_20141115_%28053%29.jpg/190px-Austria_vs._Russia_20141115_%28053%29.jpg|thumb|318x318px| Rubin Okotie Avstriya terma jamoasi safida Rubin Okotie professional faoliyatini „Austria Wien“ klubida boshlagan. U oʻzining dastlabki ikki mavsumini oʻrinbosarlar jamoasida oʻtkazdi. 2007-yil 5-avgustda Rubin Okotie Avstriya Bundesligasida „Rapid Vienna“ga qarshi debyut qildi. 2008-yil 23-fevralda „Red Bull Salzburg“ga qarshi kechgan duelda u Avstriya terma jamoasi safida ilk golini urdi. 2009-yil 16-may kuni „Altach“ klubiga qarshi duelda Rubin Okotie faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. Oʻsha yili Rubin Okotie jamoasiga Avstriya kubogini yutishda yordam berdi va 14 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

2010-yilda Rubin Okotiening Avstriya bilan shartnomasi tugadi va u Germaniyaning „Nürnberg“ klubiga koʻchib oʻtdi. U Bundesligadagi debyutini 18-dekabr kuni „Hannover 96“ klubiga qarshi oʻtkazdi. 2011-yilda yuqori raqobat tufayli Rubin Okotie Belgiyaning „Sent-Truiden“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-avgust kuni Monsga qarshi oʻyinda debyut qildi. 15-oktabr kuni „Bearshot“ga qarshi duelda Rubin Okotie yangi klubi safida ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rubin Okotie Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va bir yildan soʻng Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2008-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Rubin Okotie Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi. 12-oktabr kuni Chernogoriya terma jamoasiga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Rubin Okotie terma jamoa safidagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida Rubin Okotie Fransiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa tarkibiga kiritildi. Turnirda u Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Shaxsiy hayoti Rubin Okotie Karachida nigeriyalik otadan va avstriyalik onadan tugʻilgan. 1991-yilgacha u Barcelonada yashab, keyin Venaga koʻchib oʻtgan.

Statistika +Jamoa  MavsumLigaKubokYevropa kubogiBoshqaTotalOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAustria Vienna2007-2008193———1932008-20093414—51—39152009-201044—31—75Jami5721—82—63231. FC Nürnberg2010-20114020——602011-201200———00Jami4020—60Sint-Truidense (Ijara)2011-20129110——101Sturm Graz2011-201213210—1422012-201330933——3312Jami431143—4714Austria Wien2013-201413!!11060—201SønderjyskE (ljara)2013-20141511———15111860 Munich2014-2015251323—2029162015-201630831——339Jami552154—206225Beijing Enterprises Group20169100——91201715200——152Jami24300—243Umumiy karyerasida  218681271422024677

Avstriya terma jamoasi uchun gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 12-oktabr Ernst Happel, Vena, Avstriya Chernogoriya 1 :0 1 :0 Yevropa chempionati 2016 saralash 2. 2014-yil 15-noyabr Ernst Happel, Vena, Avstriya Rossiya 1 :0 1 :0 Yevropa chempionati 2016 saralash

Yutuqlari

Avstriya kubogi sohibi — 2008-2009

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Pokistonlik erkak futbolchilar