Marko Leškovich () (1991-yil 27-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Lešković o'z faoliyatini Osijekda yoshlar jamoasida o'ynashdan boshlagan, jamoa bilan 2009-yil dekabr oyida professional shartnoma imzolagan.
2010—2011-yilgi mavsumning birinchi yarmida u Druga HNLning Suxopolye jamoasiga ijaraga berilgan va u 14 o'yinda maydonga tushib, to'rt marta gol urgan.
U qishki tanaffusdan so'ng Osijekga qaytgan va 2011-yilning 5-martida Istra 1961ga qarshi o'yinda (2:1) zaxiradan maydonga tushgan holda asosiy jamoada debyut qilgan. O'sha mavsumda u yana bitta o'yin o'tkazgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Lešković asosiy jamoada o'tgan mavsumga nisbatan ko'proq o'yinlarda maydonga tushgan. Umumiy hisobda sakkizta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa, o'n bir o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilgan. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 20-mart kuni Zagreb bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan.
2012—2013-yilgi mavsumda Marko o'zini ajoyib futbolchi sifatida ko'rsatgan. U Osijek tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushgan. Mavsumni 4 ta gol bilan yakunlagan.
2013-yilning yozida Lešković HNKning Rijeka jamoasiga o'tgan. Lešković o'zining birinchi mavsumida 25 ta o'yinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Marko 41 ta oʻyinda maydonga tushgan va uning jamoasi Yevropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritigan.
2016-yilning iyulida, Rijeka bilan uch mavsumdan so'ng, Lešković Zagrebning Dinamo klubiga o'tgan.
2021-yilning yanvarida Lešković mavsum oxirigacha "Lokomotiv" NK jamoasiga ijaraga berilgan.
2021-yil 15-sentyabrda Lešković Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilganini e’lon qilgan. U klubdagi debyutini 19-noyabr kuni Hindiston Superligasining 2021/22-yilgi mavsumida ATK Mohun Bagan FCga qarshi o'tkazgan va ular 4:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.
Xalqaro faoliyati Lešković Xorvatiyani U18 dan U21 gacha bo'lgan barcha yoshlar milliy darajalarida himoya qilgan. U 2014-yilda Argentinaga qarshi oʻyinda kattalar terma jamoasida debyut qilgan va jami 4ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol urmagan. Uning so'nggi xalqaro o'yini 2017-yil mart oyida Estoniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lgan.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaKubokQit'aJamiDivizionO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGolSuhopolje (Ijara)Xorvatiya Ikkinchi Ligasi14430–174Osijek2010—2011Xorvatiya Birinchi ligasi20––202011—201219160–2512012—20132844230356Jami49510230627Rijeka2013—2014Xorvatiya Birinchi ligasi15250502522014—201527053914142015—2016201–10211Jami623103151877Dinamo Zagreb2016—2017Xorvatiya Birinchi ligasi15120–1712017—201813030101702018—201918220102122019—2020Xorvatiya Birinchi ligasi502030100Jami5139050653Lokomotiva Zagreb (Ijara)2020—2021Xorvatiya Birinchi ligasi171––171Kerala Blasters2021—2022Hindiston Superligasi210––210Karyerada jami2141632523126922
Yutuqlari Osijek
Futbol bo'yicha Xorvatiya kubogi sohibi: 2012-yil
Rijeka
Futbol bo'yicha Xorvatiya kubogi : 2013–2014 Futbol bo'yicha Xorvatiya Superkubogi : 2014-yil
Dinamo Zagreb
Prva HNL : 2017–2018, 2018–2019 Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi : 2017–2018 ; ikkinchi o'rin: 2016–2017, 2018–2019 Futbol boʻyicha Xorvatiya Superkubogi : 2019
Kerala Blasters
Hindiston Superligasi 2-oʻrinchisi: 2021–2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar