link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/10/Ekaterina_BOBROVA_Dmitri_SOLOVIEV_NHK_Trophy_2009.jpg/200px-Ekaterina_BOBROVA_Dmitri_SOLOVIEV_NHK_Trophy_2009.jpg|thumb|300x300px| Bobrova va Solovyov „Yablochko“ dasturida chiqish qilishmoqda, 2009-yil. Yekaterina Aleksandrovna Bobrova (1990-yil 28-mart, Moskva) — Dmitriy Solovyov bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Ular birga 2014-yilgi Olimpiada chempionlari, jamoaviy musobaqalarda Koreyada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, Yevropa chempionlari (2013), 2011, 2012, 2018-yillardagi Yevropa chempionatining uch karra kumush medallari sohibi, ikki marta 2016 va 2017-yillardagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindorlari, yetti karra Rossiya chempioni; 2007-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan. Yekaterina Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Faoliyati Katya figurali uchishni toʻrt yoshida boshlagan. Dmitriy bilan birga 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.

2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.

2012 — 2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi o‘rinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.

Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Juftlik 2013 — 2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi.

Sportdagi yutuqlari D. Solovyov bilan Musobaqa/mavsum 2015 — 2016 ㅤ 2016 — 2017 ㅤ 2017 — 2018 ㅤ Qishki Olimpiya oʻyinlari .Yakkaxon 5 Qishki Olimpiya oʻyinlari.Jamoaviy 2 Jahon chempionatlari 5 Yevropa chempionati 3 3 2 Gran-pri finali 5 4 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 3 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 1 2 Gran-pri bosqichlari: Skate America 3 Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi 3 Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 Mordoviya naqshlari WD Memorial O. Nepely 1 1 Varshava kubogi 1 Zagrebning Oltin Skate 1 Rossiya chempionati 1 1 1

2015-yilgacha Musobaqa 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ Qishki Olimpiya oʻyinlari .Yakka 15 5 Qishki Olimpiya oʻyinlari .Jamoaviy 1 Jahon chempionatlar 13 8 6 7 3 WD Yevropa chempionati 9 2 2 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1 Rossiya chempionati 8J 1J 3 4 2 1 1 1 1 Gran-pri finali 4 6 5 4 Gran-pri bosqichlari: Cup of Chinma 2 1 2 2 Gran-pri bosqichlari: Skate America 2 Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 4 1 3 1 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 6 4 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4 Finlandia Trophy 1 Qishki Universiada 5 WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar

Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:28-martda tugʻilganlar