Fabio Cannavaro() (1973-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) – italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. Fabio barcha davrlarning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Markaziy himoyachi sifatida faoliyatining asosiy qismini Italiyada oʻtkazgan. Faoliyatini „Napoli“da boshlagan. 1995-yilda Parma jamoasi tarkibiga oʻtgan va yetti yil davomida klub tarkibida oʻynagan. Parma jamoasi bilan ikki marta Italiya kubogi, 1999-yilgi Italiya Superkubogi hamda 1999-yilgi UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. „Inter“ va „Yuventus“ jamoalarida oʻynaganidan soʻng, 2006-yilda murabbiy Fabio Capello bilan birga „Yuventus“ jamoasidan „Real Madrid“ klubiga oʻtgan. Madrid klubi tarkibida 2007 hamda 2008-yillarda ketma-ket La Liga chempionligini qozongan. 2009-10-yilgi mavsumda „Yuventus“ klubiga qaytib kelgan va bir mavsumdan soʻng 2011-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining „Al-Ahli“ jamoasida oʻyinagan va shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Cannavaro 1994 va 1996-yillarda 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi ketma-ket UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Italiya jamoasining bir qismi edi. 1997-yilda oʻzining kattalar futbolidagi birinchi chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Italiya terma jamoasiga UEFA Yevro-2000 finaliga chiqishida jamoaning bir qismi boʻlgan. Turnir avvalida ishtirok etish uchun yakuniy qaydnomaga kiritilgan va 2002-yilda Paolo Maldini faoliyatini yakunlaganidan keyin terma jamoas sardori boʻlgan.

Cannavaro Italiyani 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida chempion boʻlishida jamoaning muhim boʻgʻini boʻlgan va italiyalik muxlislar tomonidan „Il Muro di Berlino“ („Berlin devori“) laqabini oldi. Uning himoyadagi oʻyinlari tufayli Italiya beshta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va turnir davomida faqat ikkita gol oʻtkazib yuborgan. U turnirning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan va Kumush toʻp bilan taqdirlangan. Fabio 2006-yilda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va bu mukofotni qoʻlga kiritgan tarixdagi yagona himoyachiga aylangan. U, shuningdek, 2006-yilda „Oltin toʻp“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Bu mukofotni qoʻlga kiritganidan keyin oʻn yil ichida mukofotni qoʻlga kiritgan yagona himoyachiga boʻlgan va Franz Beckenbauer va Mattias Sammerdan keyin himoya vakillari ichidan sovrinni yutgan uchinchi futbolchiga aylandi„Cannavaro discusses highs and lows“ . Football Federation Australia. Retrieved 18 November 2013..

2009-yilda Cannavaro Maldininimg Italiya terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi sifatidagi natijasini ortda qoldirgan. U 2010-yilning 25-iyunida Italiya terma jamoasi 2010-yilgi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan soʻng, terma jamoa safida 136 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urganidan soʻng xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlagan. Hammasi boʻlib u Italiya bilan toʻrtta jahon chempionati, ikkita UEFA Yevropa chempionati, 1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi ishtirok etgan. U hozir Gianluigi Buffondan keyin Italiya tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan ikkinchi oʻyinchi, shuningdek, eng koʻp oʻyin oʻtkazgan himoyachisi hisoblanadi.

Cannavaro faoliyatini yakunlaganidan buyon Yaqin Sharq va Xitoy klublari jamoalariga ustozlik qilgan. U 2019-yilda qisqa muddatga Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022-23-yilgi mavsumda B Seriyaning „Benevento“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan, 2024-yil aprel oyida esa A Seriyaning „Udineze“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan va klubni quyi ligaga tushib ketish zonasidan olib chiqishga muvaffaq boʻlgN. 2024-yil dekabr oyida u Xorvatiyaning Zagrebning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani eʼlon qilingan.

Faoliyati

Fabio Cannavaro faoliyatining asosiy qismini markaziy himoyachi sifatida Italiya Seriyasida oʻtkazdi. Fabio Cannavaro oʻz faoliyatini „Napoli“da boshlagan va u bilan ikki marta Italiya kubugini (1999 yilda Italiya Superkubogi va 1999-yilda UEFA kubogini) qoʻlga kiritgan. „Internazionale“ va „Juventus“ klublarida oʻynaganidan soʻng, Fabio Cannavaro (menejer Fabio Capello bilan birga) 2006-yilda „Juventus“ klubidan „Real Madrid“ klubiga oʻtdi. Fabio Cannavaro „Real Madrid“ klubi bilan birga 2007 va 2008-yillarda ketma-ket La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2009-2010-yilgi mavsumda Fabio Cannavaro „Juventus“ga qaytganidan soʻng, u Dubayning „Al-Ahli“ jamoasiga qoʻshildi. 2011-yilda Fabio Cannavaro „Al-Ahli“ klubidagi oʻyinida jarohat olgan mavsumidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi. U barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Cannavaro 1994 va 1996-yillarda 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatlarida ketma-ket gʻolib chiqqan Italiya jamoasi tarkibida boʻlgan. 1997-yilda Fabio Cannavaro kattalar jamoasi tarkibiga kiritildi va keyinchalik 202-yilda jamoa sardori Paolo Maldini nafaqaga chiqqanidan keyinu jamoa sardor boʻldi. Cannavaro 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Italiyani gʻalabaga olib keldi va himoyadagi oʻyinlari tufayli italiyalik muxlislari unga „Il Muro di Berlino“ („Berlin devori“) laqabini berishgan. Turnirning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilganidan soʻng Fabio Cannavaro „Kumush toʻp“ bilan taqdirlandi. 2009-yilda Cannavaro Maldinini ortda qoldirib, mamlakat tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi. Fabio Cannavaro 2010-yil 25-iyunda Italiya terma jamoasi JCh-2010ning pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan soʻng, terma jamoa safida 136 oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan holda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi. Umuman olganda, Fabio Cannavaro Italiyani toʻrtta Jahon chempionatida, ikkita UEFA Yevropa chempionatida, 1996-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida himoya qilgan. Hozir Fabio Cannavaro Gianluigi Buffondan keyin Italiyaning barcha vaqtlardagi ikkinchi oʻyinchisi va Italiyaning eng koʻp maydonga tushgan himoyachisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Fabio Cannavaro 1996-yil 17-iyunda Daniela Arenosoga (1974-yilda tugʻilgan) uylandi. Ularning uchta farzandi bor: Christian (1998-yilda tugʻilgan) – ayni paytda futbolchi, hozir A Seriyaning „Benevento“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynamoqda, Martina (2001-yilda tugʻilgan) va Andrea (2004-yilda tugʻilgan).

Faoliyat statistikasi

Oʻyinchi

Klub KlubMavsumLigaKubukXalqaroBoshqalarUmumiyDiviziyaIshtirokGollar soniIshtirokGollar soniIshtirokGollar soniIshtirokGollar soniIshtirokGollar soniNapoli1992—1993 A Seriya201000-301993—199427020--2901994—19952914030-361Umumiy581703000681Parma1995—1996A Seriya2910060103611996—19972701020-3001997—19983106070-4401998—19993017080-4511999—20003123091204532000—20013307060-4602001—20023115090-450Umumiy2125290471302915Internazionale2002—2003A Seriya28000121-4012003—20042223090-342Umumiy5023021100743Juventus2004—2005A Seriya3820091-4732005—2006364209010484Umumiy7462018110957Real Madrid2006—2007La Liga3201060-3902007—20083301060214212008—20092901070-370Umumiy94030190211181Juventus2009—2010A Seriya2701050-330Al-Ahli2010—2011UAE Ligasi1620000-162Umumiy5311645011336169519

Xalqaro Italiya„Fabio Cannavaro – Century of International Appearances“. Yil Ishtiroki Gollar soni 1997-yil 12 0 1998-yil 11 0 1999-yil 8 0 2000-yil 14 0 2001-yil 9 0 2002-yil 12 0 2003-yil 10 0 2004-yil 6 1 2005-yil 8 0 2006-yil 15 0 2007-yil 8 0 2008-yil 8 1 2009-yil 10 0 2010-yil 5 0 Jami 136 2

Yutuqlari

Futbolchi Parma

Italiya kubogi: 1998-99, 2001-02 Italiya Superkubogi: 1999-yil UEFA kubogi: 1998-99

Yuventus

A Seriya: 2004-05, 2005-06 (ikkalasi ham Calciopoli mojarosi tufayli bekor qilingan)

Real Madrid

La Liga: 2006-07, 2007-08 Ispaniya Superkubogi: 2008-yil

Italiya U-21

21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 1994, 1996

Italiya

FIFA Jahon chempionati: 2006 UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi sovrindori: 2000-yil

Individual

21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA chempionatining oltin oʻyinchisi: 1996 UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2000 FICTS shon-shuhrat va mukammallik zali Guirlande d’Honneur: 2002 A Seriyada yilning eng yaxshi himoyachisi: 2005, 2006 Yilning ESM jamoasi: 2004-05 FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006 Oltin toʻp sohibi: 2006 FIFA Jahon chempionati kumush toʻpi: 2006 FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2006 Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006 A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006 Italiya A Seriyasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006 UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2006 FIFPro World XI: 2006, 2007 Oʻn yillikning sport tasvirlangan jamoasi: 2009 ESPN oʻn yillikning jahon jamoasi: 2009 Gran Galà del Calcio AIC umr boʻyi muvaffaqiyat mukofoti 2011 Italiya futbol shon-shuhrat zaliga kiritilgan: 2014 Juventus tarixidagi eng buyuk XI: 2017 Juventus FC shon-shuhrat zaliga kiritilgan: 2025

Murabbiy Tianjin Quanjian

Xitoy Birinchi ligasi gʻolibi: 2016

Guanchjou Evergrand

Xitoy Superligasi chempioni: 2019 Xitoy FA Superkubogi sohibi: 2018生涯首冠!卡帅终于捅破窗户纸 拒重蹈3年前覆辙

Individual

Xitoy futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi murabbiyi: 2017卡纳瓦罗当选中超最佳教练 曼萨诺斯托遗憾落选

Manbalar

Havolalar

Fabio Cannavaro at Football Lineups Profile at AIC Profile at LegaSerieA.it Profile at FIGC Profile at Italia1910.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA Century Club Turkum:FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi gʻoliblari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:Xitoy milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari