Kim Jae-ryongShimoliy Koreyaning 12-bosh vaziriBosh vazir lavozimidagi 2019-yil 11-aprel — 2020-yil 13-avgust faoliyat yillariPrezidentKim Jong-unOldingi bosh vazirPak Pong-juKeyingi bosh vazirKim Tok-hunWPK Chagang viloyat qoʻmitasi raisi2016-2019-yillarda faoliyat yuritganOldingi rais?Keyingi raisKang Bong-hunShaxsiy maʼlumotlariTavallud sanasi va joyi1959-yil Chagang viloyati,

Shimoliy KoreyaSiyosiy partiyasiKoreya Mehnat partiyasiKim Jae-ryong (1959-yilda tugʻilgan) — Shimoliy Koreyalik siyosatchi. U 2019-yil aprelidan 2020-yil avgustigacha Shimoliy Koreya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kim Jae-ryong Koreya Mehnat partiyasi aʼzosi va bu partiyada ancha katta siyosiy mavqega erishgan shaxs hisoblanadi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori va Oliy xalq assambleyasi deputati lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Faoliyati Kim Jae-ryongning dastlabki ish faoliyati haqida nisbatan kamroq maʼlumotlar mavjud. Bosh vazirlik lavozimiga kelguniga qadar Kim Jae-ryong turli sanoat korxonalarida siyosiy rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Taxminan 2007-yilda u Koreya Mehnat partiyasi (WPK) Shimoliy Pyongan viloyat qoʻmitasi kotibi sifatida oʻzining birinchi muhim lavozimiga tayinlangan. Kim Jae-ryong 2015-yilda WPK Chagang viloyat qo‘mitasi kotibi vazifasiga tayinlangan. 2016-2019-yillarda rasman viloyat partiya kotibi lavozimini egallagan. 2016-yilda Kim Jae-ryong WPK Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.

Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya ishchilar partiyasi tarkibida Sinuiju shahrining erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishini nazorat qilgan.

Bosh vazir 2019-yil 10-martda Kim Jae-ryong parlament saylovlarida Oliy xalq majlisiga saylangan. Bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, XIV Oliy xalq assambleyasining birinchi sessiyasida Kim Jae-ryong Pak Pong-ju oʻrniga bosh vazir etib tayinlandi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Siyosiy byuro va Markaziy harbiy komissiya aʼzosi etib saylangan.

Kim Jae-ryong bosh vazir sifatida mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoati sohalarida islohot oʻtkazdi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi turarjoy binolari loyihasida yangiliklarni amalga oshirdi.

Kim Jae-ryong 2020-yil 13-avgustda bosh vazir lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga bosh vazir lavozimiga Kim Tok-hun tayinlanganN.K. leader warns against accepting outside assistance over flood damage due to virus riskNew Premier of DPRK Cabinet Appointed.

Bosh vazirlikdan keyingi faoliyati Bosh vazir lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamentiga rahbar etib tayinlandi. Keyinchalik Kim Jae-ryongning Tashkiliy maʼmuriy departament deb nomlangan tashkilotga tayinlanganligi haqidagi maʼlumotlar soxta boʻlib chiqdi.

Manbalar

Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bosh Vazirlar