Germaniya — Turkiya munosabatlari (; ) - Usmonlilar imperiyasi davrida boshlangan va iqtisodiy, harbiy, madaniy va ijtimoiy munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi va koʻp jihatlarga ega mustahkam aloqalar rivojlanishi bilan tugagan. Turkiya Germaniya ikkinchi eng yirik aʼzosi boʻlgan Yevropa Ittifoqiga nomzodligicha qolmoqda. Yana Germaniyada bir necha million kishilik turk diasporasi mavjudligi sabab necha o‘n yillar davomida o‘zaro aloqalar chambarchas bogʻliq holda rivojlandi. Turkiya bilan aloqalar 2016 – 2017-yillardagi Turkiyadagi tozalashlardan keyin sezilarli darajada yomonlashdi. Bunga Die Welt nashri jurnalisti Deniz Yücelning hibsga olingani ham sabab bo‘lgan edi.

Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e8/Albrecht_D%C3%BCrer_-_Landscape_with_the_Cannon_%28NGA_1950.17.21 %29.jpg/220px-Albrecht_D%C3%BCrer_-_Landscape_with_the_Cannon_%28NGA_1950.17.21 %29.jpg|thumb| "Buyuk qurol" (1518), Turklarning nemis yerlari uchun tahdidi haqida Albrecht Dyurer ishlagan surat. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/84/Vienna_Battle_1683.jpg/220px-Vienna_Battle_1683.jpg|thumb| 1683-yildagi Venaning ikkinchi qamali, Frans Geffels ishlagan surat. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4b/Drei_Kaiser_Bund.jpg/220px-Drei_Kaiser_Bund.jpg|thumb| Birinchi jahon urushi davrida markaziy kuchlarning uch imperatori: Vilgelm II, Mehmed V, Frants Jozef. Uchala imperiya ham (nemis, turk, avstriya) urushdan keyin barham topdi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3e/Sommerhaus_der_dt_botschaft_in_tarabya_istanbul.jpg/220px-Sommerhaus_der_dt_botschaft_in_tarabya_istanbul.jpg|thumb| Nemis konsulligining yozgi qarorgohi (1923-yilgacha Germaniya elchixonasi) Tarabya, Istanbul, Bosfor boʻgʻozida.

Oʻrta asrlar va dastlabki yangi davrlar

Muqaddas Rim imperiyasi va Rum sultonligi oʻrtasidagi urushlar

1101-yilgi salib yurishi (1101) Dorilaeum jangi (1147) Filomelion jangi (1190) Ikoniy jangi (1190)

Muqaddas Rim imperiyasi va Usmonlilar davlati oʻrtasidagi urushlar

Nikopol jangi (1396) Mohach jangi (1526) Turklarning Venani birinchi marta qamal qilishi (1529) Vengriyadagi kichik urush (1530-1552) 1536-38-yillardagi Italiya urushi Buda qamali (1541) 1542-46-yillardagi Italiya urushi Estergom qamali (1543) Nitsa qamali (1543) 1551-59-yillardagi Italiya urushi Uzoq Turk urushi (1591-1606) Turklarning Ersekuyverni qamal qilishi (1663) Sen-Gotard jangi (1664) Buyuk Turk urushi (1683-1699) Turklarning Venani ikkinchi marta qamal qilishi (1683) Parkani jangi (1683) Muqaddas Liganing Budani birinchi marta qamal qilishi (1684) Muqaddas Liganing Ersekuyverni qamal qilishi (1685) Muqaddas Liganing Budani ikkinchi marta qamal qilishi (1686) Pech qamali (1686) Ikkinchi Mohach jangi (1687) Muqaddas Liganing Belgradni qamal qilish (1688) Turklarning Belgradni qamal qilishi (1690) Slankamen jangi (1691) Lugos jangi (1695) Ulash jangi (1696) Seney jangi (1696) Zenta jangi (1697)

XIX asr oxiri va Birinchi jahon urushi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/Ahmed_Cemal_Pa%C5%9Fa_and_Erich_von_Falkenhayn.jpg/220px-Ahmed_Cemal_Pa%C5%9Fa_and_Erich_von_Falkenhayn.jpg|thumb| Usmonli Yildirim armiyasiga qoʻmondonlik qilgan nemis generali Erich von Falkenhayn va hamrohlik qilgan Jemal Posho.

Bagʻdod temiryoʻli Usmonli-Germaniya ittifoqi Geben va Breslauning taʼqibi Birinchi jahon urushining Yaqin Sharq teatri

Germaniyaning Bagʻdodga temiryoʻl tizimini qurish boʻyicha takliflari inglizlarni xavotirga soldi, chunki bu Britaniyaning Hindiston bilan aloqalari ustidan nazoratini xavf ostiga qoʻyar edi. Biroq bu masalalar 1914-yil fevralida tinch yoʻl bilan hal qilindi va Buyuk urush bilan yakunlangan iyul inqirozida rol oʻynamadi.

Usmonli-Germaniya ittifoqi Germaniya imperiyasi va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida 1914-yil 2-avgustda, Birinchi jahon urushi boshlanganidan koʻp oʻtmay tuzilgan ittifoq edi. Ittifoq tobora zaiflashib borayotgan Usmonli qurolli kuchlarini  mustahkamlash va modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikning bir qismi sifatida, shuningdek, Germaniyaning qoʻshni Britaniya mustamlakalariga xavfsiz oʻtishini taʼminlash uchun tuzilgan edi. Shartnoma qilishda Usmonlilar tashabbusi koʻrsatgan. U 1915-yil yanvarida Usmonlilarning urushga kirishini vaʼda qilgan keng koʻlamli harbiy ittifoq bilan almashtirildiHew Strachan, The First World War: Volume I: To Arms. Vol. 1. Oxford University Press, 2003) pp 644-93.Gerard E. Silberstein, „The Central Powers and the Second Turkish Alliance, 1915.“ Slavic Review 24.1 (1965): 77-89. in JSTORFrank G. Weber, Eagles on the Crescent: Germany, Austria, and the diplomacy of the Turkish alliance, 1914-1918 (Cornell University Press, 1970).. Birinchi jahon urushining markaziy kuchlari oxir-oqibat nemislar va Usmonlilar, shuningdek, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Bolgariyadan iborat boʻldi.

Nemis generali Otto Liman fon Sanders Gelipolini himoya etgan Usmonli beshinchi armiyasiga qoʻmondonlik qilgan.

Generallar Erich fon Falkenhayn va Otto Liman von Sanders Sinay va Falastin yurishi paytida Usmonlilarning Yildirim armiyasiga qoʻmondonlik qilgan.

Ikkinchi jahon urushi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/German-Turkish_Treaty_of_Friendship_and_Non-Aggression.jpg/220px-German-Turkish_Treaty_of_Friendship_and_Non-Aggression.jpg|thumb| Germaniya-Turkiya oʻrtasida doʻstlik va hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma Ikkinchi jahon urushi davrida Turkiya 1944-yil avgustiga qadar Germaniya bilan diplomatik aloqalarini saqlab turdi. Germaniya-Turkiya doʻstlik shartnomasi 1941-yil 18-iyunda imzolangan. 1941-yil oktabrida „Klodius kelishuvi“ga (nemis muzokarachisi doktor Karl Avgust Klodius nomi bilan atalgan) erishildi. Unga koʻra, Turkiya 1941-1942-yillarda Germaniyaga 45 000 tonna xromit rudasini eksport qilishi kerak edi va Germaninyaning harbiy uskunalar yetkazib berishiga bog‘liq tarzda 1943-1944 yillarda 90 000 tonnadan mineral eksport qildi. Nemislar rudani tashish uchun 117 ta temiryoʻl lokomotivi va 1250 ta yuk vagonini bergan. Ushbu strategik mineralning Germaniyaga yetkazib berilishi oldini olish maqsadida Qoʻshma Shtatlar va Birlashgan Qirollik „oldinini oluvchi xarid“ga shoshqaloqlik bilan kirishib, kerak boʻlmasa ham, turk xromitini sotib olgan. „Paket kelishuvi“ doirasida britaniyalilklar va amerikaliklar Turkiyaning quritilgan meva va tamaki mahsulotlarini ham xarid qilganAllied Relations and Negotiations With Turkey, US State Department, pp. 6-8.

1944-yil avgust oyida Sovet armiyasi Bolgariyaga kirdi va Turkiya bilan O‘q kuchlari oʻrtasidagi quruqlikdagi aloqani uzib tashladi. Turkiya Germaniya bilan diplomatik va savdo aloqalarini uzdi va 1945-yil 23-fevralda Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi.

Siyosiy munosabatlar

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi masalasi Germaniyaning Turkiya tashabbusini qoʻllab-quvvatlashi ushbu mamlakat siyosiy maydonida izchil boʻlmagan. Vaqt oʻtishi bilan bu turlicha tus olgan; masalan, sobiq kansler Helmut Kol bu masalaga qarshi chiqqan, Gerhard Shröder esa ashaddiy tarafdor sifatida koʻrilgan.  link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4f/Modern_Istanbul_skyline.jpg/220px-Modern_Istanbul_skyline.jpg|thumb| Istanbulning Bosfor boʻgʻozidan koʻrinib turgan Levent moliyaviy tumani. Turkiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi bilan Istanbul YeIning eng yirik shahriga aylanadi, Turkiya esa Yevropa Ittifoqining eng yirik (quruqlikdagi) aʼzosi boʻladi. Germaniya kansleri Angela Merkel „aniq belgilanmagan hamkorlik“ tarafdori va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga toʻliq aʼzo boʻlishiga qarshi chiqqan. Turkiyaning oʻsha vaqtdagi bosh vaziri Rejep Tayyip Erdog‘an 2009-yil iyul oyida bunga javoban, „Biz hech qachon imtiyozli hamkorlikni qabul qilmaymiz. Biz Yevropa Ittifoqiga toʻliq aʼzo boʻlishni istaymiz. Biz to‘liq aʼzolikdan boshqa narsani xohlamaymiz“, degan edi.

2006-yilda Merkel Turkiya oʻz portlarini Yevropa Ittifoqiga aʼzo Kiprga ochishdan bosh tortgani sababli ushbu mamlakatning „Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishga intilishlari haqida gap ketganda, u og‘ir muammoga duch kelishi mumkin“, degan edi. Merkel yana shunday qoʻshimcha qilgan:Biz Kipr bilan cheklanmagan savdoga oid Anqara protokollarini ham amalga oshirishimiz kerak. Aks holda, Turkiyaning aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishi bilan bogʻliq vaziyat juda chigallashib ketadi. Men Turkiya bunday murakkab vaziyatga duchn kelmasligi va Yevropa Ittifoqi bunday holatga tushirmasligi uchun hamma ishni qilishga chaqiraman.Merkel, shuningdek, Anqara oʻz portlarini Kipr kemalari uchun ochish boʻyicha  muzokaralarni yon berishlarsiz  davom ettirishini tasavvur qila olmasligini aytgan. Turkiya hukumati bunga javoban Yevropa Ittifoqidan orolning Turkiya nazorati ostidagi qismiga qoʻyilgan embargoni bekor qilishni talab qilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Merkel%2C_Putin%2C_Erdo%C4%9Fan_and_Macron_during_the_joint_press_release.jpg/220px-Merkel%2C_Putin%2C_Erdo%C4%9Fan_and_Macron_during_the_joint_press_release.jpg|thumb| Angela Merkel, Emmanuel Makron, Rejep Tayyip Erdogʻan va Vladimir Putin Turkiyaning Istanbul shahrida Suriya sammiti doirasida matbuot anjumani oʻtkazmoqda. 2013-yil 20-iyunida Anqaraning Taksim maydonida va butun mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlarni bostirishi ortidan Germaniya Turkiya bilan Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilgan. Financial Times nashriga koʻra, turk rasmiylaridan biri bunday xatti-harakat Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy munosabatlarni uzishi mumkinligini aytgan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqi ishlari boʻyicha vaziri Egemen Bagish, „Yevropa Ittifoqiga Turkiya Turkiyaga Yevropa Ittifoqidan koʻra koʻproq muhtoj“, dedi. Germaniya taʼkidlashicha, bu shart texnik muammodan kelib chiqqan, biroq Angela Merkel Anqara, asosan, tinch namoyishchilarga qarshi politsiya kuchini koʻp qoʻllagani oʻzini „larzaga solgani“ni aytgan.

25-iyunda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Germaniyaning Turkiya bilan Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha keyingi muzokaralarini Turkiya noroziliklarga munosabat bildirgani sababli taxminan toʻrt oyga kechiktirish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Turkiya uchun yangi sahifalarni ochish kechikishi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga oid yangi shubhalarni keltirib chiqardi. Iyun oyi boshida Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning ehtimoliy aʼzoligi haqidagi izohlarida murosa taklifiga toʻxtalmadi, biroq Turkiya oʻzining aʼzolikka intilishlariga turtki berish uchun Yevropa Ittifoqiga aʼzo Kipr bilan munosabatlarida oldinga siljishi kerakligini aytdi.

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2020-yil dekabrida Germaniya kansleri Angela Merkel O‘rta yer dengizidagi gaz quduqlarini burg‘ulashi va umuman, tashqi siyosati sabab Turkiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqqan Yevropa Ittifoqi yetakchilari qatorida bo‘ldi.

Noxush diplomatik hodisalar 2018-yil avgustida Germaniya o‘t o‘chiruvchilari Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Wiesbadendagi to‘rt metrlik oltin haykalini xavfsizlik nuqtai nazaridan olib tashladi, bu esa mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘ldiMadeline Chambers (29 August 2018), Germany removes golden statue of Erdogan after protests Reuters..

2022-yil aprelida Turkiya Germaniyaning o‘z elchisini chaqirib olishini qoraladi. Germaniya elchisi Yurgen Shulsni Usmon Kavalaning umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani bilan bog‘liq janjal sabab shoshilinch chaqirib oldi, chunki Usmon Kavala noroziliklarni moliyalashtirish yo‘li bilan hukumatni ag‘darishga uringanlikda ayblangan turk filantropi ediTuvan Gumrukcu (29 April 2022), Turkey, Germany summon each other’s envoys amid row over jailing of Turkish philanthropist Reuters..