Sin Yon-Rok (1987-yil 27-mart, Seulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbol hujumchisi, K-liganing „Jeju United“ jamoasida oʻynaydi. U odatda markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi. Sin toʻpni ushlab turishdagi mahorati va dribling koʻnikmalari, zarba berishning kuchi va aniqligi bilan mashhur.
Janubiy Koreya terma jamoasining barcha davrlardagi eng sermahsul hujumchisi Cha Bum-Kun Sinning jarima maydonchasidagi aniqligini maqtab, futbolchilik davridagidan yaxshiroq ekanini aytgan.
U 2006-yilda oʻtkazilgan U-19 Qatar xalqaro turnirida eng yaxshi toʻpurar va MVP sohibi boʻlgan.
Sin 2009-yilning yanvarida „Bursaspor“ga o‘tgan.
„Bursaspor“da Sin oʻzining birinchi golini 2009-yil 8-fevralda „Gençlerbirligi“ga qarshi oʻyinida kiritgan. „Bursaspor“ bilan oʻrtacha muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Sinning Turkiyadagi qisqa faoliyati toʻsatdan yakuniga yetgan, sababi Sin shartnoma buzilishi (futbolchi va klub oʻrtasidagi bahs) tufayli oʻz klubini tark etgan. Bursaspor tahdidlariga qaramay, Sin Janubiy Koreyaga klubsiz qaytgan va 2009-yil dekabr oyi oxirida Tom Tomsk bilan shartnoma imzolagan. Biroq sobiq klubi bilan shartnoma muammosi uning „Tom Tomsk“ga qo‘shilishiga yoki o‘ynashiga to‘sqinlik qilgan.
2011-yil 28-yanvarda Sin nomaʼlum toʻlov evaziga „Jeju United“ga oʻtgan.
2011-yil 8-may kuni Sin 82-daqiqada Daeguga qarshi oʻyinda ahvoli ogʻirlshgan. Oxir-oqibat zarba yoʻllaganidan soʻng, u yurak xurujiga uchrab, maydonga yiqilgan. Tibbiyot xodimlari zudlik bilan yurak-o‘pka reanimatsiyasini amalga oshirgan. Sin yana nafas ola boshlaganida, tezda mahalliy kasalxonaga olib ketilgan va u yerda xushsiz qolatda qolgan. 50 kunlik komada boʻlganidan soʻng u moʻjizaviy tarzda uygʻongan va Seuldagi kasalxonaga oʻtkazilgan, u yerda u qoʻshimcha tashxis va davolanishni davom ettirmoqda.
Yutuqlari
U-19 Qatar xalqaro turniri MVP va eng yaxshi toʻpurar: 2006-yil
Klub
Suwon Bluewings
K liga chempioni: 2004, 2008 FA kubogi gʻoliblari: 2010-yil Liga kubogi gʻoliblari: 2005, 2008 Koreya Superkubogi sohibi : 2005-yil A3 Chempionlar kubogi gʻoliblari: 2005-yil
Faoliyat statistikasi Klublardagi faoliyatiLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolJanubiy KoreyaLigaFA KubogiK-Liga KubogiOsiyoJami2003Suwon BluewingsK-League3000 - -302004102050 -80200561001010812006814041 -1622007321000 -4220081862051 -257TurkiyaLigaTurkiya KubogiLiga KubogiYevropaJami2008—09BursasporSuper Liga17410 - -1842009—107200 - -72Janubiy KoreyaLigaFA KubogiK-Liga KubogiOsiyoJami2010Suwon BluewingsK-Liga833010201432011Jeju United80000042122DavlatJanubiy Koreya5513120162729017Turkiya24610--256Jami79191301627211523
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar