Dictionary.com onlayn lugʻat dasturi hisoblanadi. Sayt domeni birinchi marta 1995-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtgan. Dictionary.com saytidagi asosiy tarkib „Random House Unabridged Dictionary“ lugʻatiga asoslangan xususiy lugʻat boʻlib, sayt muharrirlari yangi va yangilangan taʼriflarni taqdim etadi. Lugʻatning qoʻshimcha tarkibi "Collins English Dictionary", "American Heritage Dictionary" va boshqalardan olingan.

Tarixi Dictionary.com "Lexico Publishingʻning bir qismi sifatida Brian Kariger va Daniel Fierro tomonidan tashkil etilgan. Dictionary.com keyinchalik „Thesaurus.com“ va „Reference.com“ saytlarining yaratilishiga asos boʻlgan. Dictionary.com dastlab ishga tushirilganda Internetdagi maʼlumotnoma saytlaridan biri edi. Dictionary.com 2008-yil iyul oyida „Lexico Publishing Group, MChJ Ask.com, IAC“ kompaniyasi tomonidan sotib olindi va uning nomi „Dictionary.com, LLC“ deb oʻzgartirildi. 2018-yilda IAC kompaniyasi „Dictionary.com“ va „Thesaurus.com“ saytlarini „Rock Holdings“ kompaniyasiga sotdi. „Dictionary.com“ sayti AQShda eng koʻp sotilgan veb-saytlar roʻyxatida 447-oʻrinni egalladi. Web saytlarni kuzatish xizmati „SimilarWeb“ maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda „Dictionary.com“ saytida yiliga 5,5 milliard soʻz izlangan.

Xususiyatlar va xizmatlar Dictionary.com sayti o‘zining xususiyatlari qatorida „Word of the Day“, krossvord yechish hamda emoji va jargon bo‘limlarini o‘z ichiga olgan pop madaniyat lug‘atini taklif etadi.

2010-yilda Dictionary.com „change“ soʻzi bilan „ Word of the Year“ boʻlimlarini foydalanuvchilarga taqdim qila boshladi. Tanlov yil davomida saytdagi qidiruv tendentsiyalari va ularni boshqaradigan yangiliklar voqealariga asoslangan edi. Dictionary.com saytidagi „ Word of the Year“ boʻlimining soʻzlari:

2010: Chance 2011: Tergiversate 2012: Bluster 2013: Privacy 2014: Exposure 2015: Identity 2016: Xenophobia 2017: Complicit 2018: Misinformation 2019: Existensial"„Existential' crowned word of the year by Dictionary.com“. Click on Detroit. Retrieved December 19, 2019. 2020: Pandemic

2021: Allyship

2009-yil aprel oyida Dictionary.com sayti App Storeʼda foydalanuvchilarga taʼriflar va sinonimlarni topish imkonini beruvchi ilovani ishga tushirdi. Yangi ilova audio talaffuzlar, alifbo tartibida indekslash va sinonimik misol jumlalarini oʻz ichiga olagan. Yangi ilovadan soʻng, Dictionary.com sayti taʼlim dasturlari, „Dictionary.com Flashcards“, „Word Dynamo“ va „Thesaurus Rex“ nomli mustaqil tezaurus ilovalarini foydalanuvchilarga taqdim qildi.

2020-yil boshida, COVID-19 pandemiyasi davridagi uyda taʼlim ehtiyojlariga javoban, Dictionary.com uyda oʻqish uchun interaktiv platforma va onlayn repetitorlik xizmatini ishga tushirdi. 2020-yilning oxirida „Dictionary.com“ saytining hamkori „Thesaurus.com“ sayti „Grammar Coach“ deb nomlangan yozuv yordamchisi va grammatika tekshiruvchi dasturlarni ishga tushirdi.

Yana qarang Lexico Lug'atlar ro'yxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Lugʻat Turkum:Dasturlar