Supercalifragilisticexpialidocious (oʻzbekcha transkripsiya — superkalifrijalistikekspialidoushes, talaffuzi ) — 1964-yilda Disney telekanali tomonidan suratga olingan „Mary Poppins“ musiqiy filmidagi qoʻshiq. Qoʻshiq Sherman Brothers tomonidan yozilgan va Julie Andrews va Dick Van Dyke tomonidan kuylangan.
2004-yilda Amerika kino sanʼati „Supercalifragilisticexpialidocious“ qoʻshigʻini „AFI's 100 Years...100 Songs“ Amerika kinosidagi eng yaxshi 100 ta qoʻshiq roʻyxatida 36-oʻringa qoʻygan. Film chiqqandan keyin 34 harfdan iborat Supercalifragilisticexpialidocious soʻzi filmda „nima deyishni bilmay turganingizda aytishingiz mumkin boʻlgan soʻz“ deb tushuntirilgan 28 harfdan uzunroq ingliz tilidagi eng mashhur soʻzga aylangan.
Filmda Mary Poppins, Bert, Jane va Michael Banks bo'r bilan chizilgan rasmlar olami boʻylab sayr qilishadi. Mary sehrli karuseldagi ot poygasida gʻolib chiqqanida, jurnalistlar unga yaqinlashib, savollar berishni boshlaydilar. Ulardan biri, Poppinsga ishora qilib, oʻz his-tuygʻularini tasvirlash uchun soʻz topa olmayotganini taxmin qiladi. Mary bir soʻz aytib vaziyatdan chiqib ketish maqsadida Bert bilan birgalikda „Supercalifragilisticexpialidocious“ qo‘shig‘ini kuylaydi.
Ertasi kuni, haqiqiy olamga qaygan Michael va Jane otalari George Banks bilan suhbatda Supercalifragilisticexpialidocious soʻzini ishlatishadi. Otasi ulardan bu soʻz nimani anglatishini soʻraydi va Jane „bu soʻz nima deyishni bilmaganingizda aytiladi“ deb tushuntiradiVideoservis tarjimasi. Original — ingl. Itʼs something to say when you donʼt know what to say.. Janob Banks har doim nima deyishni bilishini aytadi.
Film so‘ngida maʼlum bo‘lishicha, Banks oʻzi ishlayotgan bankni halokat yoqasiga qo‘yganiga bilvosita aybdor boʻladi. Janob Banks boshliq janob Dous Sr.ning kabinetiga chaqiriladi va ishdan boʻshatiladi.
Janob Dous tushkunlikka tushgan Banksdan aytadigan gapi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bolalari aytgan soʻzni eslab, janob Banks Supercalifragilisticexpialidocious deydi. Shunday qilib, oʻzining eskirgan dunyosi va qadriyatlaridan voz kechgan Banks xursandligicha bank binosidan yugurib chiqib, bolalar bilan varrak uchirishga yoʻl oladi.
Plagiat ayblovlari + ?, 1918 (Brother Sherman soʻzlariga koʻra) super-cadja-flawjalistic-espeale-dojus „The Undying Monster“, 1942 super-cala-phegalus Parker i Yung, 1949 super-cala-fajalistick-espiala-dojus Parker va Young, 1951 super-cala-fajalistick-espeeala-dojus Brother Sherman, 1964 super-cali-fragilistic-expiali-docious
1949-yilda Gloria ParkerColumbia Records tomonidan Patrisiya Smit laqabi berilgan. (ingl. Patricia Smith) va Barnard A. YoungColumbia Records tomonidan Don Fenton laqabi berilgan. (ingl. Don Fenton) „Supercalafajalistickespeealadojus (The Super Song)“ qoʻshigʻini yozgan. Qoʻshiq 1951-yilda Columbia Records studiyasi tomonidan yozilgan vaAlan Holmes & his New Tones guruhi tomonidan ijro etilgan. Parkerning soʻzlariga koʻra, „Supercalafajalistickespeealadojus“ ni guruh Nyu-Yorkdagi eng yaxshi mehmonxonalarda ijro etgan.
„Mary Poppins“ filmi 1964-yilda chiqarilgan. „Mary Poppins“ filmidagi aka-uka Sherman qoʻshigʻining nomi Parker va Youngning 1951-yilgi qoʻshigʻidagi soʻzga oʻxshardi — filmdagi soʻz bir harf uzunroq boʻlsa-da, qolgan 10 ta harfda ham farq boʻlgan boʻlsa-da, soʻzlar aytilishiga qarab deyarli farq qilmasdi. Sherman Brothersning qoʻshigʻi singari, Smith va Youngning qoʻshigʻida „Itʼs supercalafajalistickespeealadojus“ iborasi mavjud edi. Parker filmdagi qoʻshiqni quyidagicha baholagan: "Ular musiqani buzgan, musiqamizning sehrli mavzusini olib, „supercalafajalistickespeealadojus“ ga „P“ harfini qoʻpol ravishda yopishtirishtirib qoʻyishgan".
Supercalifragilisticexpialidocious soʻzi Soʻzlar boʻyicha mashhur kitoblar muallifi filolog Richard Lederer supercali… soʻzi mutlaqo maʼnosiz emas deb hisoblaydi. Super- inglizchada „yuqoridan“, degan maʼnoni bildiradi, -cali- yunoncha καλός (chiroyli), -fragilistic- fragile (mo‘rt), -expiali- expiable (to‘lov), -docious ni esa Lederer educable (ta'lim olishga qodir) deb tushunadi. Butun supercali … soʻzini Lederer „yuqori bilim bilan kuchli va moʻrt goʻzallikni qutqarmoq“ deya taqlin qilgan.
Boshqa ijod namunalarida
Continental Cabaret („The Benny Hill Show“, 1977-yil 26-yanvardagi soni) sonida Benny Hillning musiqachi personaji, qoʻshiqchi Diane Darveyga shunday deydi: „You know what you are? You are supercalifragilisticexpialidocious!“ (soʻz aksent bilan talaffuz qilingan). „Big Titties“ hip hop kompozitsiyasida (feat. Baauer va EarthGang) 2019-yil 24-aprelda Rikco Nasty quyidagi satrlarni aytadi: „I was raised up in the jungle where they shoot at thieves, I guess beinʼ in the sun but without no sunscreen, I’m so supercalifragilisticexpialidocious“.
Manbalar
Izohlar
Adabiyotlar
Peter Tamony. More on Supercalifragilisticexpialidocious (angl.) // American Speech. — Duke University Press, 1972. — Vol. 47, no. 3/4. — P. 307—308.