Abdumalik Anvar oʻgʻli Xaloqov (2000-yil 9-aprelda tugʻilgan, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – 56 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ringga koʻtariluvchi oʻzbek bokschisi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni (2023), jahon chempionati kumush medali (2021), Osiyo oʻyinlari chempioni (2022), Osiyo chempioni (2022), Osiyo chempionatining bronza medali sohibi (2021), oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempioni (2018), yoshlar oʻrtasida jahon chempioni (2018), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va mahalliy turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oltin medal sohibi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Havaskorlik faoliyati 2018-yil Abdumalik Xaloqov 2018-yildan boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2018-yilda 60 kilogramm vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻlgan.

2018-yil avgust oyida Budapeshtda (Vengriya) yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida (17-18 yosh) 56 kg vazn toifasida finalda rossiyalik Vsevolod Shumkov ustidan (5:0) ochkolar boʻyicha gʻalaba qozonib, jahon chempioni boʻlgan.

Buenos Ayresdagi III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni va oltin medal (56 kg) sohibi. Jahon chempionatida 60 kg gacha vazn toifasida kumush medali sovrindori (2021). Murabbiyi Davron G‘ofurov.

2021-yil 2021-yilning may oyida Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining 60 kg vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻlgan, yarim finalda (2:3) ochkolar boʻyicha moʻgʻulistonlik bokschi Erdenebatin Tsendbaatarga magʻlub boʻlgan.

2021-yilda Belgradda (Serbiya) oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida Abdumalik Xaloqov yakdil qaror bilan Yasin Lyamani 1/16 finalda turnirdan chiqarib yuboradi, 1/8 finalda esa makedoniyalik Tadey Chernogani bir ovozli qaror bilan magʻlub etdi. 1/4 finalda Vsevolod Shumkov ustidan gʻalaba qozonadi, yarim finalda uning raqibi eronlik Danial Shohbaxsh jarohati tufayli ringga koʻtarila olmaydi, finalda raqobat jangida fransiyalik Sofyan Umiaga bir ovozli qaror bilan imkoniyatni boy beradi. 2022-yil 2022-yil fevral oyida Sofiya (Bolgariya) shahrida oʻtkazilgan nufuzli „Strandja“ xalqaro turnirining 57 kilogrammgacha vazn toifasida finalda ochkolar boʻyicha 4:1 hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Raqibi asli kelib chiqishi kubalik, Bolgariya terma jamoasi safida oʻynagan Xaver Ibanez boʻlgan.

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 57 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Serik Temirjanovni 4:1 hisobida magʻlub etib, Osiyo chempioni boʻlgan. 2023-yil 2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida −57 kg vazn toifasida ishtirok etib, eng yuqori darajadagi medalni qoʻlga kiritdi. 2023-yil oxirida Xaloqov Oʻzbekistonning eng yaxshi sportchisi deb topildi. 2024-yil Abdumalik Xaloqov Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida Zaynab Dayibekova bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Ushbu turnirda 2024-yilning 31-iyul kuni 1/16 finalda Shvetsiya vakili Nebil Ibrohimni magʻlub etdi. Chorak finalda ispaniyalik raqibi Jose Quilos Bronosni magʻlubiyatga uchratib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda avstraliyalik Charlie Seniorni magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda Qirgʻiziston vakili Munarbek Seiitbek Uuluga qarshi ringga chiqdi. Xaloqov raqibi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medal sohibi boʻldi.

Unvon va mukofotlari 2023-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan. Yilning eng yaxshi erkak sportchisi 2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni berilgan.

Manbalar

Havolalar Abdumalik Xaloqov  – BoxRec veb-saytidagi jang statistikasi

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:9-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:Boks boʻyicha jahon chempionlari