YG Entertainment Inc. () — 1996-yilda Yang Hyung-suk tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning millatlararo koʻngilochar agentligi. Kompaniya ovoz yozish leybli, isteʼdodlar agentligi, musiqiy prodyuserlik korxonasi, tadbirlarni boshqarish va konsert tashkil qilish kompaniyasi sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, shirkat kiyim-kechak liniyasi, golf boshqaruvi agentligi va kosmetika brendini oʻz ichiga olgan alohida ommaviy savdo kompaniyasi „YG Plus“ ostida bir qator shoʻba korxonalarini boshqaradi.
„YG Entertainment“ kompaniyasining hozirgi kundagi ijodkorlari tarkibiga "Sechs Kies", „Big Bang“, „Akdong Musician“, „Winner“, „iKon“, „Blackpink“ va „Treasure“ guruhlari shuningdek aktyor va aktrisalar, jumladan Kang Dong-won, Choi Ji-woo, Cha Seung-won, Li Sung-kyung, Jin Kyung, Jang Ki-yong, Yo In-na, Son Na-in va Yu Seung-ho kiradi. Boshqa bir taniqli ijodkor Jeon Somi „YG Entertainment“ shoʻba korxonasi „The Black Label“ kompaniyasi ostida faoliyat yuritadi.
Sobiq ijodkorlariga Wheesung, Epik High, 1TYM, Gummy, Seven, Minzy, Park Bom, 2NE1, Nam Tae-hyun, Li Jong-suk, Psy, Seungri, B.I, One, CL, Li Hi, Jinusean, Sandara kiradi.
Tarixi 1996-yil mart oyida birinchi avlod K-pop guruhi „Seo Taiji and Boys“ guruhining sobiq aʼzosi Yang Hyun-suk oʻzining ukasi Yang Min-suk bilan birga „YG Entertainment“ kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya birinchi bor hip-hop triosi „Keep Six“ bilan shartnoma tuzgan. Trio mashhurlikka erisha olmagach, Yang diqqatini „Jinusean“ juftligiga va 1998-yilda „1TYM“ guruhi debyutiga qaratdi. Bular zafarli ijodkorlar boʻlib, Yang uchun YG muvaffaqiyatini va hip-hop janrini koreys musiqasiga olib kelgan.
1999-yilda YG sanʼatkorlari „YG Family“ nomi ostida hamkorlikda albom chiqarishdi. Leybl faoliyati Perry, Swi.T, Big Mama, Lexy, Gummy va Wheesung kabi qoʻshiqchilarning ijodlari bilan davom etdi. Shuningdek, kompaniya „45 RPM“ va „Stony Skunk“ guruhini oʻz ichiga olgan „YG Underground“ leyblini yaratdi. 2001-yilda YG Family ning ikkinchi albomi chiqdi. Oʻsha paytda leyblda stajyor boʻlgan ijodkorlar qatorida 13 yoshli G-Dragon ham bor edi.
Agentlik Koreyada ham, Yaponiyada ham 2003-yilda oʻzining birinchi „idol“ qoʻshiqchisi Seven bilan muvaffaqiyat qozongan.
Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/ce/BIGBANG_Extraordinary_20%27s.JPG/220px-BIGBANG_Extraordinary_20%27s.JPG|thumb| „Big Bang“ YG ning eng muvaffaqiyatli guruhi boʻlib, 2014-yildan 2017-yilgacha Koreyada sotilgan YG albomlarining yarmidan koʻpi guruhga tegishli boʻlgan. Seven muvaffaqiyatidan soʻng, YG 2006-yilda oʻzining birinchi „Big Bang“ nomli idol guruhini tuzdi. Dastlabki salbiy tanqidlarga qaramay, guruhning keyingi yildagi muvaffaqiyati va ularning doimiy mashhurligi guruhni dunyodagi eng katta va eng boy oʻgil bolalar guruhlaridan biriga aylantirdi. Shundan so‘ng 2009-yilda YG ning zafarli boʻlgan „2NE1“ nomli birinchi qizlar guruhi paydo bo‘ldi, ular 2016-yilda bo‘linib ketishdan oldin Janubiy Koreyadagi eng mashhur qizlar guruhlaridan biri hisoblangan. Sevenga oʻxshab, ikkala guruh ham Yaponiyada ham taniqli qoʻshiqchilarga aylangan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bf/2NE1_from_acrofan.jpg/220px-2NE1_from_acrofan.jpg|thumb| „2NE1“ 2009-yilda
Xalqaro tan olinishi 2012-yil YG agentligi bilan bilan shartnoma imzolagan Psy ning „Gangnam Style“ qoʻshigʻi virusli video sifatida dunyo boʻylab mashhurlikka erishdi. 21-avgust kuni video iTunes Music Video Charts xit-paradida birinchi oʻrinni egalladi. Janubiy koreyalik ijodkor bunday eʼtirofga birinchi bor erishgan edi. 24-noyabrga kelib, „Gangnam Style“ YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga va milliardlab tomoshadan oshgan birinchi videoga aylandi.
Oʻsha yili leybl tanaffusdan soʻng oʻz faoliyatini qaytadan boshlagan „Epik High“ hip-hop guruhi sardori reper va prodyuser Tablo bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik „Epik High“ guruhi ham Tabloning muvaffaqiyatini koʻrib leyblga qoʻshildi.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/24/180110_%EC%9C%84%EB%84%88.jpg/220px-180110_%EC%9C%84%EB%84%88.jpg|thumb| „Winner“ guruhi 2014-yilda muvaffaqiyatli debyut qilgan. Ular debyutlaridan atigi olti kun oʻtgach, birinchi musiqiy shou gʻalabasini qoʻlga kiritganlar. 2015-yilda YG 2018 -yil dekabrigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan Kyonnggido shahrida joylashgan yangi sanoat majmuasiga qariyb 100 million AQSh dollari sarmoya kiritdi. Shuningdek, shtab-kvartirasini kengaytirish maqsadida Seuldagi 16 milliard ₩ (14 million AQSh dollari) qiymatidagi koʻchmas mulk sotib olindi. Oʻsha yili kompaniya tomonidan ikkita sub-leybl yaratildi, birinchisi Tablo tomonidan, ikkinchisi YG prodyuserlari „1TYM“ guruhidan Teddy Park va Stony Skunk guruhi aʼzosi Kush tomonidan boshqarildi. Bundan tashqari, „WIN: Who is Next“ realiti-shousida mag‘lubiyatga uchragan jamoa aʼzolari yangi aʼzo bilan birga qayta birlashib „iKon“ guruhi sifatida debyut qilishgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/07/LG%EC%A0%84%EC%9E%90%2C_%ED%94%84%EB%A6%AC%EB%AF%B8%EC%97%84%EA%B8%89_%EA%B0%9C%EC%84%B1_%EA%B0%96%EC%B6%98_%E2%80%98X_%EC%8B%9C%EB%A6%AC%EC%A6%88%E2%80%99_%EC%B6%9C%EC%8B%9C_%2825673479820%29.jpg/220px-LG%EC%A0%84%EC%9E%90%2C_%ED%94%84%EB%A6%AC%EB%AF%B8%EC%97%84%EA%B8%89_%EA%B0%9C%EC%84%B1_%EA%B0%96%EC%B6%98_%E2%80%98X_%EC%8B%9C%EB%A6%AC%EC%A6%88%E2%80%99_%EC%B6%9C%EC%8B%9C_%2825673479820%29.jpg|thumb| „iKon“ guruhi 2015-yilda debyut qilgan. Ularning 2018-yilgi „Love Scenario“ singli oʻsha paytda bir nechta rekordlarni yangilagan. YG 2016-yilda „Blackpink“ nomli ikkinchi qizlar guruhinining debyutini uyushtirdi. Keyingi yili yakkaxon reper One sahnada ilk chiqish qildi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/00/%EB%B8%94%EB%9E%99%ED%95%91%ED%81%AC%28BlackPink%29_-_%EB%A7%88%EC%A7%80%EB%A7%89%EC%B2%98%EB%9F%BC_171001_%EC%BD%94%EB%A6%AC%EC%95%84%EB%AE%A4%EC%A7%81%ED%8E%98%EC%8A%A4%ED%8B%B0%EB%B2%8C.jpg/220px-%EB%B8%94%EB%9E%99%ED%95%91%ED%81%AC%28BlackPink%29_-_%EB%A7%88%EC%A7%80%EB%A7%89%EC%B2%98%EB%9F%BC_171001_%EC%BD%94%EB%A6%AC%EC%95%84%EB%AE%A4%EC%A7%81%ED%8E%98%EC%8A%A4%ED%8B%B0%EB%B2%8C.jpg|thumb| Blackpink 2016-yilda debyut qilib, Billboard’s World Digital Song Sales xit paradida to‘rt marta birinchi o‘rinni egallagan birinchi K-pop ayollar guruhiga aylangan. Sakkiz yildan soʻng 2018-yil may oyida Psy kompaniyani tark etdi. Epik High aʼzosi Tablo oʻzining hip-hop guruhi bilan 2018-yil oktabr oyida olti yillik hamkorlikdan soʻng YG bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi.
2022-yilda „YG Entertainment“ „Treasure“ guruhi oʻzining yangi albomi bilan sahnaga qaytishini eʼlon qildi, albom 2022-yil fevral oyida chiqadi. Jinwoo va Seunghoon 2022-yil yanvar oyida majburiy harbiy xizmatni tugatgandan so‘ng va Seungyun va Mino guruh tanaffus vaqtida yakkaxon albomlarini faol ravishda chiqargandan so‘ng, „Winner“ guruhi yana to‘liq tarkib bilan birlashib, tez orada yangi albom bilan qaytishlarini eʼlon qilgan.
2022-yil 1-iyul kuni „YG Entertainment“ asoschisi Yang Hyun-sukning ukasi Yang Min-suk 3 yildan so‘ng agentlikka bosh direktor sifatida qaytgan.
Hamkorliklar "YG Entertainment" ijodlari quyidagilar orqali tarqatiladi:
YG PLUS (2019-yildan beri), Kakao Entertainment (faqat maxsus relizlar) — Janubiy Koreya YGEX — Yaponiya Tencent — Xitoy (faqat onlayn) WMG — Tayvan, Singapur, Gonkong va boshqalar. Interscope/UMG — Yevropa, Okeaniya, Shimoliy Amerika va Yaponiya Universal Records (2012-yilgacha), Warner Music Philippines va MCA Music Philippines — Filippin
Shoʻba korxonalari
HIGHGRND "HIGHGRND"(talaffuzi: Hay Graund (baland zamin) deb oʻqiladi) — „Epik High“ guruhi aʼzosi Tablo boshchiligidagi mustaqil ochilgan sub leybl edi. 2015-yil 21-iyun kuni Tablo Instagram orqali Hyukoh guruhini leyblning birinchi rasmiy guruhi sifatida tanishtirdgan. Oʻshandan beri kompaniyada Millic, offonoff, Punchnello, Code Kunst, Way Ched, The Black Skirts, Idiotape va Incredivle stajyor sifatida faoliyat olib borgan. Biroq, 2018-yil 11-aprelda Tablo 2017-yili bosh direktor lavozimidan ketgani sababli, „HIGHGRND“ leybli endi faol emasligi haqida eʼlon qilingan.
2019-yil iyun oyida „YG Plus“ reklama kompaniyasi „HIGHGRND“ leyblining ijtimoiy media akkauntlarini egallab, ularni „ SEOUL MUSIC“ nomi bilan qayta ishga tushirdi.
Shining Star Culture "Shining Star Culture" leyblida qoʻshiqchilar Jane (제인/简) va Vicky (비키/維琪) stajyor boʻlib faoliyat yuritgan, shuningdek, leybl „YG China“ nomi bilan ham tanilgan. „Shining Star Culture“ leyblining tashkil etilgani birinchi boʻlib „Youth With You“ (2-mavsum) shousida eʼlon qilingan.
Xayriya Kompaniya qishki mavsumda ehtiyojmand oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4400 AQSh dollari miqdoridagi ko‘mir yetkazib beradi. U 2011-yilda Tōhokudagi zilzila va tsunamidan keyin Yaponiyaga tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun 500 000 AQSh dollari atrofida xayriya qilishini eʼlon qilgan.
2015-yilda YG Nepaldagi zilziladan keyin tabiiy ofatlardan kelib chiqqan muammolarga yordam berish uchun UNICEFning Koreya qo‘mitasiga jami 100 million ₩ (92 450 AQSh dollari) xayriya qildi.
2022-yil mart oyida YG korxonasi Uljin, Gyonbuk, Samcheok va Gangvondagi o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan aholiga yordam berish uchun Hope Bridge Disaster Relief Association (Hope Bridge ofatlarga yordam berish uyushmasi) ga ₩500 million xayriya qildi.
Ijodkorlari „YG Entertainment“ ostidagi barcha musiqiy sanʼatkorlar va aktyorlar mos ravishda „YG Family“ va „YG Stage“ nomi bilan tanilgan.
Yozuvchi ijodkorlar
Guruhlar Sechs Kies Big Bang AKMU Winner iKon Blackpink Treasure Loyiha guruhlari
GD X Taeyang GD & TOP (faol emas)
Yakkaxon ijrochilar Eun Ji-won G-Dragon Taeyang D-Lite Yoon Mino Jinu Bobby Jennie Bang Ye-dam Lee Su-hyun Rosé Lisa Krunk
Prodyuserlar Teddy Park Choice37 Future Bounce Kang Uk-jin AiRPLAY G-Dragon Lydia Paek Ham Seung-cheon iHwak Rovin Yoon Mino Bobby Lee Chan-hyuk R. Tee Bekuh Boom Diggy Millennium
Mustaqil ijodkorlar
The Black Label Zion.T Okasian Jeon Somi Vince Peejay R.Tee
YGX Entertainment Viini
Aktyor va aktrisalar
Cha Seung-won Choi Ji-woo Claudia Kim Gang Dong-won Han Seung-yeon Jang Hyun-sung Jang Ki-yong Jin Kyung Jung Hye-young Joo Woo-jae Kal So-won Kang Hui Kang Seung-yoon Kim Hee-ae Kim Hyun-jin Kim Ji-soo Kwon Hyun-bin Kyung Soo-jin Lee Ho-jung Lee Joo-myung Lee Ki-taek Lee Soo-hyuk Lee Sung-kyung Nam Kyu-hee Park Hyeong-seop Park So-yi Seo Jeong-yeon Shim Young-eun Son Na-eun Wang Yi-jun Yoo In-na Yoo Seung-ho
Sobiq sanʼatkor va aktyorlar
Sobiq sanʼatkorlar
Keep Six (1996) Sechs Kies Kang Sung-hoon (2016-2019) Jinusean (1997-2020) 1TYM (1998-2006) Masta Wu (2000-2016) Swi.T (2002-2005) Wheesung (2002-2006) Gummy (2003-2013) Big Mama (2003-2007) Seven (2003-2015) Digital Masta (2003-2011) Lexy (2003-2007) Stony Skunk (2003-2008) (2003-2004) Wanted (2004-2006) Brave Brothers (2004-2008) 45RPM (2005-2008) SoulStaR (2005-2007) Big Bang Seungri (2006-2019) T.O.P (2006-2022) 2NE1 (2009-2016) Minzy (2009-2016) Park Bom (2009-2017) CL (2009-2019) Dara (2009-2021) Psy (2010-2018) Lee Hi (2012-2019) Epik High (2012-2018) Winner Taehyun (2014-2016) HIGHGRND Artists (2015-2018) Hi Suhyun (2014-2019) One (2015-2019) Ikon B.I (2015-2019) Anda (2018-2021)
Sobiq aktyor va aktrisalar
Park Han-byul (2002-2004) Jung Sung-il (2009-2011) Heo Yi-jae (2009-2011) Kang Hye-jung (2001-2013) Stephanie Lee (2014-2017) Lee Yong-woo (2014-2017) Koo Hye-sun (2003-2017) Jung Yoo-jin (2016-2018) Lee Jong-suk (2016-2018) Go Joon-hee (2017-2019) Oh Sang-jin (2017-2019) Kim Hee-jung (2016-2019) Kim Sae-ron (2016-2019) Im Ye-jin (2014-2019) Wang Ji-won (2018-2020) Nam Joo-hyuk (2013-2020) Dara (2009-2021) Son Ho-jun (2016-2021) Jo Hye-joo (2017-2021)
Manbalar
Havolalar