Shota Arveladze (; 1973-yil 22-fevralda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi.

Arveladze Tbilisining Dinamo, Trabzonspor, Ayaks, Reynjers, AZ va Levante klublarida oʻynagan. Oʻz klublari uchun 410 liga oʻyinida 291 gol va milliy terma jamoa uchun 61 oʻyinda 26 gol bilan Gruziya tarixidagi eng yaxshi toʻpurar maqomiga ega boʻlgan.

Uning UEFA kubogi musobaqasida, jumladan, saralash bahslarida urgan 27 ta goli Yevropa Ligasigacha boʻlgan turnir tarixida uchinchi oʻrinni egallashiga olib keldi. Mustaqil Gruziya futbolidagi eng yaxshi futbolchilardan. Gruziya professional futbol ligasi soʻroviga koʻra Gruziyaning eng yaxshi oʻyinchisi va eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Klublardagi faolyati Tbilisi va Trabzonspor Arveladze "Dinamo Tbilisi", „Trabzonspor“, „Ayaks“ klublarida oʻynagan va kamida bir mavsumni uchtasida ham eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan. 1993-yilda Shimoliy Irlandiyaning Linfild klubiga qarshi oʻyinda mustaqil Gruziya futbolidan UEFA turnirida qatnashgan birinchi futbolchi boʻldi. U 1995-96-yillarda „Trabzonspor“ni gollar soni boʻyicha birinchi oʻrindagi futbolchisi boʻlgan. „Trabzonspor“ muxlislarining "eng sevimli xorijlik futbolchisi" sifatida eʼtirof etilgan.

Ayaks-Amsterdam 1997-yilning yozida Arveladze Amsterdamning „Ayaks“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik, birinchi mashgʻulot paytida juda asabiy boʻlganini, hatto oʻzi bilan butsa olishni ham unutganini aytdi. Amsterdamda Ronald de Bur bilan yaqin doʻst boʻldi. Uning Amsterdam Arenadagi birinchi oʻyini alohida ahamiyatli boʻldi. 1997-yil 15-avgust kuni Amsterdamning „Ayaks“ klubi Braziliyaning „Gremio“ jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Arveladze gol urdi, uning rafiqasi Tamuna esa, oʻyindan bir necha soat oldin farzandi Giorgini dunyoga keltirdi.

Arveladze „Ayaks“ safida „Vitess-Arnxem“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va klub uchun toʻrtinchi golni kiritdi. Birinchi mavsumda Erediviziyada uchta xet-trik qayd etgan va 31 oʻyinda jami 25 ta gol urgan. Amsterdamlik klub menejeri Morten Olsen yosh hujumchining oʻyinidan juda mamnun boʻldi. Arveladze 1997-1998-yilgi UEFA kubogida ham klub uchun asosiy figura boʻlgan. Klub uchun 8 oʻyinda 7 ta gol urdi, shu jumladan, NK Mariborga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. „Ayaks“ chorak finalda Moskvaning „Spartak“iga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. Arveladze durang oʻyinda yagona golga mualliflik qildi. Birinchi mavsumida ikki marta akasi Archil oʻynagan „NAC Breda“ klubi bilan toʻqnash keldi. Bu Shota faoliyatidagi eng esda qolarli uchrashuvlardan biri boʻlib qolgan.

1998-yilning yozida „Ayaks“ Arveladzening yaqin doʻsti Giorgi Kinkladzeni Manchester Sitidan 5 million funt sterlingga sotib oldi. Biroq, Kinkladzening „Ayaks“dagi oʻyinlari muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Reynjers Arveladze 2001-yilda „Ayaks“dan 3 million funt sterling evaziga „Reynjers“ga oʻtgan edi. Klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Tore Andre Flo, Claudio Caniggia, Michael Mols, Kenny Miller, Billy Dodds, Ronald de Boer va Russell Latapy kabi oʻyinchilardan shiddatli oʻyin talab etildi.

Glazgo klubi bilan birinchi mavsumda Arveladze umumiy hisobda 17 ta, jumladan Shotlandiya Premyer-ligasida 11 ta gol urdi. Fevral oyida Shotlandiya kubogining chorak finalida „Forfar Atletik“ klubiga qarshi oʻyinda jarohat olgandan keyin atigi 30 oʻyinda qatnasha oldi, bu esa 2002-yil Shotlandiya Liga kubogi finalini oʻtkazib yuborganini anglatadi. Biroq, oʻz klubi uchun oltita gol urdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Arveladze finalda Caniggia oʻrniga maydonga tushdi. Bu uning Shotlandiya klubidagi ilk chempionligi edi.

Keyingi mavsum gruziyalik futbolchining faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻldi. Reynjers gʻalabaga erishdi. 2003-yil mart oyida „Reynjers“ Liga kubogi finalida azaliy raqibi – „Seltik“ni magʻlub etdi. Keyinchalik Shotlandiya kubogi finalida „Reynjers“ Lorenzo Amorusoning goli evaziga „Dandi“ klubini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgach, yana bir chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ushbu oʻyinda Arveladzening ikki hamyurti – Georgi Nemsadze va Zurab Xizanishvili ham ishtirok etishdi. Ikkinchisi oʻsha yozda „Reynjers“da qoʻshildi.

2005-yil may oyida Arveladze mavsum tugaganidan keyin klubni tark etishini eʼlon qildi va 9ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Yevropaning turli klublaridan – Angliya, Olmoniya, Niderlandlar va Turkiya jamoalaridan takliflar olganini tasdiqladi.

„Reynjers“dagi faoliyati davomida Arveladzega, uning yuzi aktyor Rowen Atkinsonga oʻxshashligi uchun janob Bin laqabini berishdi.

2015-yilda Arveladzening agenti transferning haqiqiy narxi 12 million yevro, yaʼni oʻsha paytdagi 8,5 million funt sterlingga teng ekanligini taʼkidladi. Arveladze SPLdagi 300-golini urdi va 2002-03-yilgi mavsumda mahalliy kubok va 2004-05-yilgi mavsumda dublga erishgan „Reynjers“ tarkibiga kirdi.

AZ Arveladze 2005-06-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Gollandiyaning „AZ“ jamoasiga tekinga oʻtdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Louis van Gaal qoʻl ostida Arveladze klubning asosiy figurasiga aylandi. Divizionda 22 ta gol urib, mavsum davomida 33 ta gol urgan Klaas-Jan Huntelaardan keyin turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Alkmaar bu safar ham UEFA kubogida ishtirok etdi. Klub uchun 6 oʻyinda Arveladze 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 2 ta gol urdi, ulardan bittasi „Real Betis“ga qarshi oʻyinda urildi. Mavsum oxirida AZ Alkmaar va Arveladze gruziyalik xalqaro hujumchini Gollandiya klubida 2008-yilning yozigacha saqlab qolish uchun shartnomani uzaytirishga kelishib oldilar.

Klubdagi ikkinchi va yakuniy mavsumda Arveladze klubning yangi sardori etib tayinlandi. Denni Landzaat va Joris Matijsen mos ravishda „Uigan Atletik“ va „Hamburger SV“ jamoasiga ketgan. Van Gaal Arveladzeni shaxsiyati jihatidan Denni Blind va Frank Raykardga qiyoslab, uni „tarkibdagi eng yaxshi mutaxassis“ deb atadi.

AZ uchun 89 ta oʻyinda jami 48 ta gol kiritgan. Gruziyalik hujumchi UEFA kubogida ham 7 ta gol urdi, ulardan ikkitasini Ramon Sanchez Pisjuan stadionida, Sevilyaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi.

Levante 2007-yil iyul oyida Arveladze tibbiy koʻrikdan oʻtdi va Ispaniyaning „Levante“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Yozgi mashgʻulotlarda jarohati tufayli oʻn oy davomida tiklandi. Amsterdamda operatsiya qilindi. 23-mart kuni „Vilyarreal“ga qarshi oʻyinda Juanma oʻrniga maydonga tushdi. Mavsum oxirigacha qolgan 3ta oʻyinda qatnashishga muvaffaq boʻldi.

Aprel oyida „Levante“ Arveladze mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini tasdiqlagandi. Faoliyatidagi soʻnggi oʻyinda u „Santyago Bernabeu“da „Real“ga qarshi oʻynadi va 5:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Xalqaro faoliyati Shota Arveladze Gruziya terma jamoasida muntazam oʻynagan va 61 oʻyinda 26 gol urgan barcha vaqtlardagi eng kuchli toʻpurari hisoblanadiArveladze bids farewell to the national team of Georgia Bibileishvili, Tiko (9 June 2008) Arveladze Quits Football . The Georgian Times. Retrieved on 11 July 2008..

Xalqaro maydondagi debyutini 1992-yil 2-sentyabrda Gruziyaning Litva bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazdi. Oradan 15 kun oʻtib, u mamlakatning birinchi uy uchrashuvida qoʻshni Ozarbayjon ustidan 6:3 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining birinchi golini kiritdi. 16-noyabr kuni Yevro-1996 saralashida Uelsga qarshi oʻyinda gol kiritdi.

1997-yil 30-martda Arveladze jamoasi Armanistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 7:0 hisobida gʻalaba qozondi. Gruziya jamoasi bilan 1998-yilda Malta xalqaro futbol turnirida gʻolib chiqdi. 2006-yil 18-avgustda UEFA Yevro-2008 saralashining ochilish oʻyinida Farer orollari jamoasini 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etdi. Uning soʻnggi oʻyini 24-mart kuni yana bir saralash oʻyinida boʻlib oʻtdi va Shotlandiyaga 2:1 hisobida yutqazib qoʻydi.

Murabbiylik karyerasi Arveladze futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, 2008-yil iyul oyida bosh murabbiy va sobiq „Ayaks“ murabbiyi Louis van Gaal qoʻl ostida „AZ“ga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Bu pozitsiyani 2009-2010-yilgi mavsumda Ronald Kuman va Dick Advocaat qoʻl ostida saqlab qolgan.

2010-2011-yilgi mavsumda Arveladze Turkiyaning „Kayserispor“ klubini boshqargan. 2012-yildan 2015-yilgacha Istanbulda joylashgan „Kasımpasha SK“ klubini boshqargan. Oʻzining soʻnggi oʻyinida jamoa „Konyaspor“ mehmoni boʻlishdi. Arveladze shundan soʻng Konyasporga hisobni tenglashtirishga imkon berdi va Konyaspor oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. U oʻyindan keyin isteʼfoga chiqdi.

2015-yilning 3-iyulida Arveladze Turkiyaning „Trabzonspor“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Noyabr oyida isteʼfoga chiqdi. U va uning vorisi Hami Mandirali boshqaruvi ostida jamoa oʻsha mavsumda rekord darajadagi – 17 oʻyinda magʻlub boʻldi.

2016-yil iyun oyida Arveladze Tel-Avivning „Makkabi“ klubining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Taxminan mavsum oʻrtalarida ishdan boʻshatildi: „Makkabi“ 2011-yildan beri birinchi marta bir mavsum davomida murabbiyni isteʼfoga chiqardi.

2017-yilda Arveladze Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan ediHoe het gaat met Shota „Showtime“ Arveladze als trainer in Oezbekistan vice.com. Paxtakor 2019 va 2020-yillarda Oʻzbekiston Superligasi va Kubogida gʻolib chiqqan. 2020-yil 21-dekabrda ushbu jamoa murabbiyligidan ketdi.

2022-yilning 27-yanvarida Arveladze „Hall City“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ikki kundan soʻng jamoa oʻz uyida „Swansea City“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Arveladze 2022-yil 30-sentyabrda „Hall Siti“dan chetlatildi, jamoa EFL chempionatida ketma-ket toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng 20-oʻrinni egalladi.

2023-yil 11-dekabrda Arveladze „Fatih Karagümrük“ klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi.

Shaxsiy hayoti Arveladzening akalari Archil (egizak) va Revaz (katta) ham Revazning oʻgʻli Vato kabi xalqaro miqyosdagi futbolchilardir.

Manbalar

Havolalar

Profile Mackolik.com saytida Shota Arveladze Kayserispor.org saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:Trabzonspor futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Rangers F.C. futbolchilari Turkum:AZ Alkmaar futbolchilari Turkum:Levante UD futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Shotlandiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Gruziyalik futbol murabbiylar Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar