Carlos Manuel Cardoso Mané () 1994-yil 11-martda Lissabonda tugʻilgan. Portugaliyalik futbolchi „Rio Ave“ klubi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati Mane oʻz shahrining „Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 5-oktyabrda u Sangrish Ligada „Vitoriya Setubal“ga qarshi debyut qildi. 2014-yilning 15-fevralida „Ollanense“ga qarshi o‘yinda Carlos „sherlar“ safidagi ilk golini urdi. 2015-yilda u „Sporting“ bilan Portugaliya kubogini qoʻlga kiritdi. 30-iyul kuni klub Mane bilan shartnomani 2020-yilgacha uzaytirdi, uning oladigan puli 60 million yevro deb kelishildi.
2016-yilning yozida Carlos Germaniyaning „Shtutgart“ klubiga ijara asosida oʻtdi. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan. 3-oktyabr kuni „Greyter“ga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Mane yangi jamoasidagi ilk gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirdi. Mavsum oxirida u klubning elitaga chiqishiga yordam berdi. 2017-yilning aprelida Mane oʻng tizzasini operatsiya qilishga toʻgʻri kelgan. 2016/17-yilgi mavsum va 2017/18-yilning birinchi yarmini oʻtkazib yubordi. 2018-yil boshida oʻng sonidagi yangi jarohat tufayli u 2017/18-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3e/Chelsea-SportLisb_%282%29.jpg/150px-Chelsea-SportLisb_%282%29.jpg|left|thumb|298x298px| Mane „Sporting CP“ tarkibida Xalqaro faoliyati 2013-yilda Mane 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ispaniya , Gollandiya, Litva va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Litvaliklarga qarshi kechgan duelda Carlos gol urdi.
2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Mane Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Angliya va Italiya bilan oʻyinlarda maydonga tushdi.
2016-yilda Carlos Portugaliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Gonduras, Jazoir va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Statistika Jamoa Davlat YillarSporting de Lisboa B2013Sporting C. P.2014-2019VfB Stuttgart (ijara)2016-20181. F. C. Union Berlin (ijara)2019Rio Ave F. C.2019-2021Kayserispor2021- Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gvineya-Bisaulik erkak futbolchilar