link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/30/Spain_womens_national_team_20181113.jpg/260px-Spain_womens_national_team_20181113.jpg|thumb| Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2018-yil Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi () 1980-yildan beri ayollar futboli doirasidagi xalqaro musobaqalarida Ispaniya sharafini himoya qiladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Ispaniya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikki marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga va uch marta UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma olgan. 1997-yilda UEFA ayollar chempionatida yarim finalga chiqqan.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yil boshida FIFA xalqaro reytingida kuchli 10 talikka kirdi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari UEFAning 2020-yilgi eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi va umumiy eng yaxshi oʻyinchi mukofotlarini qoʻlga kiritishdi (birinchi marta bitta davlat futbolchilari barcha toifalarda gʻolib boʻlishdi).

Tarixi Taxminan 1970-yilda Ispaniyada ayollar futbol klublari paydo boʻla boshlaganidan soʻng, ayollar futboli tashabbuskorlaridan biri Rafael Muga milliy terma jamoa tuzishga qaror qildi. Bu norasmiy loyiha edi, chunki Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan ayollar sportini nazoratga oladigan Milliy Harakat Ayollar Seksiyasi qaroriga koʻra futbol ayollar uchun yaroqsiz sport turi hisoblangan. 1971-yil yanvar oyida RFEF prezidenti Jose Luis Perez Payadan ushbu tashabbus haqida soʻralganda: „Men ayollar futboliga qarshi emasman, lekin bu menga ham yoqmaydi. Menimcha, bu estetik nuqtai nazardan ayollarga mos emas. Ayollarga koʻylak va shim kiyish maʼqul kelmaydi. Bundan boshqa har qanday mintaqaviy kiyim ularga yaxshiroq mos keladi“, - deb javob berdiThe underground origin of the womenʼs national team. . Ispaniya demokratik tuzimga oʻtgandan soʻng, 1980-yil noyabr oyida RFEF nihoyat ayollar futbolini qabul qilib, avvaliga milliy kubokni, keyin esa milliy terma jamoani shakllantirdi. 1983-yil 5-fevralda Pontevedraning A Guarda shahrida murabbiy Teodoro Nieto boshchiligida Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi. Raqib jamoa Portugaliyaiya ayollar terma jamoasi boʻlib, jamoa Ispaniya terma jamoasini 0:1 hisobida magʻlub etdi. Keyinchalik jamoa Fransiya va Shveysariya ayollar jamoalariga qarshi 2 oʻyindan iborat oʻrtoqlik oʻyinida Aranjuez va Barselona shaharlarining stadionlarida ikkala raqib bilan ham durang oʻynadiThe official baptism of the womenʼs national team. .

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1985-yil 27-aprelda 1987-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichidagi ilk rasmiy oʻyinini Vengriyaga qarshi oʻtkazib, 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Saralashning dastlabki toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻlganidan soʻng Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya jamoasini magʻlub etdi, Italiya bilan durang oʻynadi va saralash oʻyinlarini uchinchi oʻrin bilan yakunladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1989 va 1991-yilgi saralash oʻyinlarini ham oʻz guruhining eng quyi pogʻonasida yakunlandi.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilda 16 yillik tanaffusdan soʻng Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Jamoa saralash pley-offida Shotlandiya ayollar terma jamoasini magʻlub etib, UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Ikki yil oʻtib, Ispaniya saralash bosqichidagi oʻnta oʻyinning toʻqqiztasida gʻalaba qozonib, tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun falokat bilan yakunlandi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhdagi eng kuchsiz jamoa Kosta-Rika bilan faqat 1:1 hisobida durang oʻynab, Braziliya ayollar terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Janubiy Koreya bilan soʻnggi oʻyinda ular dastlabki ustunlikdan keyin 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va Yevropaning turnirdagi eng yomon jamoasiga aylanishdi. Jahon chempionatidan soʻng, jahon chempionatiga roʻyxatga kiritilgan 23 nafar futbolchi Ignasio Keeredani bosh murabbiylikdan olish haqida jamoaviy bayonot berishdi. Oʻsha yil yozi oxirida Keereda isteʼfoga chiqdi va uning oʻrniga 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoani boshqargan va 2014-yil FIFA Jahonning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan Jorxe Vilda Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi boʻldi.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, 11 ochko bilan 2-oʻrinni egallab, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda milliy terma jamoa birinchi marta Algarve kubogida ishtirok etib, turnirda gʻolib boʻldi.

Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasiXitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va Germaniya ayollar terma jamoalari bilan B guruhidan joy oldi. Ular guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, oʻz tarixlarida birinchi marta jahon chempionatining pley-off bosqichiga yoʻl oldilar. Biroq, Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1/8 finalda ushbu musobaqaning boʻlajak chempioni boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi tomonidan magʻlub etildiOficial: La RFEF crea la Selección Absoluta Promesas, una nueva selección femenina de fútbol (Official: The RFEF creates the Absolute Promises Selection, a new womenʼs team) , SEfutbol (in Spanish), 29 October 2019.

Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijasi

FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 1991-yil UEFA ayollar chempionati 1995-yil UEFA ayollar Yevro-1995 1999-yil 6 0 2 4 5 10 2003-yil 6 2 0 4 8 11 2007-yil 8 4 2 2 19 14 2011-yil 8 6 1 1 37 4 2015-yil Guruh bosqichi 20 3 0 1 2 2 4 10 9 1 0 42 2 2019 16-tur 12 4 1 1 2 4 4 8 8 0 0 25 22023-yil Yoʻllanma oldi 8 8 0 0 53 0 Jami 3/9 7 1 2 4 6 8 55 38 6 11 189 43

UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilBosqichOʻrinOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar1984Ishtirok etmadiIshtiroki bekor qilingan 1987Yoʻllanma ololmagan611479 1989822448 19916024313 1993411226 19956330290 1997Yarim final44112346123815 2001Yoʻllanma ololmagan6114617 200582151010 20098521247 2013Chorak final7411257106224314 2017Chorak final84112238800402 2022Chorak final64202658710481Jami4/1316538161984371829224102

Boshqa turnirlar Yil Musobaqa nomi Oʻrin Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1992-yil Grand Hotel Varna (Albena kubogi) 4 4 3 0 1 8 1 1993-yil Torneig Internacional Ciutat de Tarragona 4 2 0 1 1 2 3 1995-yil Grand Hotel Varna (Albena kubogi) 3 5 2 1 2 9 12 1996-yil Slovakiya ayollar turniri, 4 3 0 2 1 2 6 2005-yil Torneo Internacional de Maspalomas 2 2 0 2 0 2 2 2017-yil Algarve kubogi 1 4 3 1 0 6 1 2018-yil Kipr kubogi 1 4 3 1 0 6 0 2019-yil Algarve kubogi 7 3 2 0 1 4 3 2020-yil SheBelieves kubogi 2 3 2 0 1 4 2 2022-yil Arnold Clark kubogi 2 3 1 2 0 2 1

Ispaniya ayollar terma jamoasining umumiy natijalari tarixi