Ilya Kovalenko (1980-yil 17-aprelda tugʻilgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. U shuningdek, Oʻzbekiston fuqaroligiga ham ega. Qirgʻiziston terma jamoasi safida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati Kovalenko professional faoliyatini 15 yoshida „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oʻynay boshlagan. 1995-yilda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibiga boʻlgan. 1996-yilda „Semetey“ jamoasining koʻp oʻyinchilari bilan birgalikda u „Metallurg“ jamoasi tarkibiga (Qadamjoy) oʻtgan va yangi jamoasi tarkibida mamlakat chempioni va Kubok finalchisi boʻlgan. 1997-yilgi mavsumda yana „Semetey“ safida oʻynagan.

1998-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtgan va 12 mavsum davomida Fargʻona jamoasi tarkibida oʻynagan. Ilya Neftchi jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni (2001), kumush (1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006) va bronza (2008) medal sovrindori, Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1998, 2001, 2002) boʻlgan. Kovalenko „Neftchi“ jamoasida oʻtkazgan barcha mavsumlarda ham asosiy tarkibda muqim oʻyinchi boʻlmagan. Uning eng samarali mavsumi 2004-yilgi mavsum boʻlib, Ilya mavsum davomida 12 ta gol urgan. Umumiy hisobda Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida 189 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol muallifi boʻlgan. „Neftchi“ klubidagi oʻyinlari davomida Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

Faoliyatining yakunida bir mavsumni Oʻzbekistonning boshqa bir jamoasi „Metallurg“ (Bekobod) klubida oʻtkazgan.

Xalqaro oʻyinlar Ilya Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 2000-yilgi Olimpiadaga saralash turnirida toʻrtta gol (Turkmaniston va Qozogʻiston darvozasiga dubl) kiritgan. 2000-yil 15-noyabrda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Qirgʻiziston terma jamoasida debyut qilgan. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2001-yilning 3-fevralida Singapurga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida kiritdi. Umuman olganda, 2000—2001-yillarda milliy terma jamoa safida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik, xorijda toʻp surgan koʻplab qirgʻizistonlik futbolchilar singari, u ham klubda legioner hisoblanmaslik uchun terma jamoada oʻynashdan bosh tortgan.

Manbalar

Havolalar

Ilya Kovalenko Footballfactsru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Shaxtyor Qizilqiya futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari