Miloš Veljković (; 1995-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — „SV Werder Bremen“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Shveysariyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi aʼzosi.

Klublardagi faoliyati

Erta martaba Ota-onasi serb boʻlgan Veljković Shveysariyaning Basel shahrida tugʻilgan. Professional futbolchilik faoliyatini Shveysariyaning Basel jamoasida boshlagan.

Tottenham Hotspur Miloš Veljković Tottenhamga 2011-yilda Baseldan kelib qoʻshilgan edi. Premer-ligadagi debyutini 2014-yilning 8-aprelida Sanderlendga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, 88-daqiqadan so‘ng Paulinhoning o‘rniga maydonga tushgan (5:1).

Veljković 2014-yil 16-oktyabrda Chempionshipda Midlsbroga uch oyga ijaraga berilgandi.

2015-yilning 20-yanvarida Veljković mavsum oxirigacha ijara asosida Charlton Athleticga o‘tdi. Biroq, Veljković Charlton safidagi uchinchi oʻyinida yelkasidan jarohat oldi.

Werder Bremen Veljković 2016-yilning 1-fevralida Werderga o‘tib, 300 ming yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 24-sentyabrida u 2016-17-yilgi mavsumning 5-turida VfL Wolfsburgga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, klubning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Lamine Sane oʻyinga tayyorgarlik paytida tizzasidagi muammolar tufayli maydonni tark etganidan keyin Veljković 90 daqiqa markaziy himoyachi sifatida oʻynadi.

U 2018-yilning iyun oyida klub bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.

2022-yilning iyunida, Werder Bremen 2021-2022-yilgi mavsumda Bundesligaga qaytganidan soʻng, Veljković klub bilan yana bir shartnoma imzoladi, xabarlarga koʻra, 2025-yilgacha.

Xalqaro faoliyati Veljković Shveysariyada tugʻilgan, dastlab Shveysariya U16 ning vakili boʻlib, keyinchalik Serbiyaga oʻtgan. 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Serbiya U19 jamoasida oʻynagan UEFA: Luković strike seals first Serbia triumph — 1 August 2013. 2015-yilning yozida Serbiya terma jamoasiga oʻtadigan Oltin avlod tarkibida Serbiya U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib chiqdi.

Veljković Serbiya terma jamoasida 2017-yilning 11-noyabr kuni Xitoyga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgandi.

2018-yil iyun oyida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritildi va u yerda Braziliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinishlar va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTottenham Hotspur2013—2014Angliya Premyer-ligasi20000000202014—20150000100010Jami2000100030Middlesbrough (ijara)2014—2015Championship3010-0040Charlton Athletic (ijara)2014—2015Championship3000-0030Werder Bremen II2015—20163. Liga5000-00502016—20173000-0030Jami8010000080Werder Bremen2015—2016Bundesliga3010--402016—201726000--2602017—201830141--3422018—201923130--2612019—202024020-202802020—202123030--2602021—20222. Bundesliga26100--261Jami155313100201704Jami faoliyati170314110201874

Terma jamoada

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Serbiya 2017 2 0 2018 7 0 2019 0 0 2020 0 0 2021 6 0 2022 5 0 Jami 20 0

Yutuqlari Serbiya

19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA chempionati: 2013-yil FIFA U-20 Jahon chempionati: 2015-yil

Individual

19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2013-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar