Abduqodir Xikmatjon oʻgʻli Xusanov (2004-yil 29-fevral; Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik professional futbolchi. „Manchester City“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp suradiIncludes Belarusian Cup, Coupe de France.
Hayoti Abduqodir Xusanov 2004-yil 29-fevralda Toshkentda tugʻilgan. Uning otasi Hikmat Hoshimov taniqli futbolchi boʻlib, hozirda „Bunyodkor“ akademiyasida murabbiy sifatida faoliyat yuritadi
Futbolchilik faoliyati Dastlabki faoliyati Oʻzbekistonning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. Klubning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Energetik-BGU 2022-yil mart oyida Belarusning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdiAbdukadir Xusanov v „Energetike“-BGUAbdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU. Futbolchi 45-raqamda toʻp surdi. Klubdagi debyutini 2022-yil 19-mart kuni Vitebsk klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda oʻtkazdiVisshaya liga, 1 tur. „Energetik-BGU“ viigral u „Vitebska“. Ilk golini 2022-yilning 2-mayida „Neman Grodno“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. 2022-yil 29-may kuni „Slaviya Mozir“ga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi. 2022-yil avgust oyida Xalqaro sport tadqiqotlari markazi maʼlumotlariga koʻra, dunyoning eng istiqbolli futbolchilari roʻyxatiga kiritildi. 2022-yilning dekabr oyida „Energetik-BGU“ klubi futbolchining klubda oʻynashda davom etishini eʼlon qilgan.
RC Lens 2023-yilning iyul oyida oʻzbek OAVlarida futbolchiga Fransiyaning „RC Lans“ jamoasidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik, futbolchining fransuz klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin qolgani haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. 2023-yilning 24-iyul kuni Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri — RC Lens jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Fransiyaning Oliy divizioni — Ligue 1 darajasida oʻynagan tarixdagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi. Ushbu klubda 2024-yil oxiriga qadar faoliyat yuritdi.
2024-yil dekabr oyida koʻplab ommaviy axborot vositalari tomonidan Xusanovga Yevropaning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan.
Manchester City 2025-yilning 20-yanvarida Xusanov toʻrt yarim yillik shartnoma asosida „Manchester City“ga oʻtgan. Manchester City klubi bilan shartnoma imzolashi natijasida, Xusanov Premyer-liga klubi bilan shartnoma imzolagan birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylangan.
Terma jamoadagi faoliyati
Oʻsmirlar jamoasi Xusanov Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan. 2022-yil iyun oyida u Oʻzbekiston 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Belarus bilan oʻtkazilgan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 2022-yil sentyabr oyida u Oʻzbekistonning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan. Yigʻin davomida Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita toʻliq oʻyin oʻtkazgan.
U20 jamoasi 2023-yilning mart oyida Xusanov AFC U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston U20 terma jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2023-yil 1-mart kuni Suriyaga qarshi boʻlgan. Jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi. 2023-yilning 11-martida Xusanov jamoaga chorak finalda Avstraliyani penaltilar seriyasida magʻlub etishga yordam berdi va shu tariqa 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2023-yilning 15-mart kuni boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida Oʻzbekiston Janubiy Koreyani yana bir penaltilar seriyasida yengdi. Soʻngra jamoa 18-mart kuni finalda Iroqni magʻlub etib, chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi.
2023-yilning may oyida Xusanov FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Oʻzbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirilgan. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2023-yil 20-may kuni Argentinaga qarshi boʻlgan. Oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oldi va u yerda 2023-yil 30-may kuni 1/8 finalda Isroilga magʻlub boʻldi. Butun turnir davomida Xusanov asosiy oʻyinchi boʻlib, har bir oʻyinda toʻliq oʻynadi.
U23 jamoasi thumb|Oʻzbekiston vs Ispaniya, 2024-yilgi Yozgi Olimpiyadada erkaklar futboli, Parc des Princes (Parij). 2023-yil sentyabr oyida Xusanov U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga qoʻshildi. U 2023-yilning 6-sentyabr kuni Afgʻonistonga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Xusanov 2023-yil 12-sentyabr kuni Eronga qarshi oʻyinda 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi uchun birinchi golli uzatmani amalga oshirdi va bu tor gʻalabani taʼminlashga yordam berdi.
2024-yil aprel oyida Xusanov 23 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi uchun maydonga tushgan edi. U birinchi oʻyinini 2024-yilning 23-aprelida Vyetnamga qarshi oʻtkazdi. Jamoa finalga chiqdi va u yerda 2024-yil 3-may kuni Yaponiyaga yutqazdi; ammo Xusanov final oʻyinida ishtirok etmadi.
Asosiy terma jamoa 2023-yil iyun oyida Xusanov CAFA Millatlar kubogida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqiruv oldi. 11-iyun kuni u xalqaro maydondagi debyutini Ummonga qarshi oʻtkazdi va 83-daqiqada Farrux Sayfiyev oʻrniga maydonga tushdi. Jamoa bilan birgalikda Xusanov CAFA Millatlar kubogi finaliga chiqdi va guruh bosqichida birinchi oʻrinni egalladi. Oxir-oqibat u turnirning kumush medali sovrindori boʻldi, chunki jamoa 20-iyun kuni finalda Eronga yutqazdi va u yerda Xusanov butun oʻyinni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdiMatch Report of Uzbekistan vs IR Iran — 2023-06-20 — CAFA Nations Cup — Global Sports Archive.
2024-yil yanvar oyida Xusanov terma jamoa bilan 2023-yilgi Osiyo kubogi asosiy bosqichiga yoʻl oldi. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2024-yilning 13-yanvarida Suriyaga qarshi boʻlib oʻtdi va u yerda safda maydonga tushdi va sariq kartochka oldi. Guruh bosqichi yakuniga koʻra, Xusanov va jamoa guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Jamoa bilan birgalikda u chorak finalga chiqdi, u yerda Oʻzbekiston 3-fevral kuni penaltilar seriyasida Qatarga magʻlub boʻlgan va shu tariqa turnirni yakunlagan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Faoliyat statistikasi Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarEnergetik-BGU2022Belarus Premyer-ligasi27320———29320238100———81Jami35420———374Lens B2023–24Championnat National 310————10Lens2023–24Fransiya 1-ligasi11000—40—1502024–25Fransiya 1-ligasi13010—20—160Jami24010—60—310Manchester City FC2024–2025–2026Premyer-liga250615900001Umumiy faoliyat statistikasi844910015000726
Terma jamoadagi natijalari
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarOʻzbekiston2023702024110Jami180
Yutuqlari
Terma jamoa
AFC U-20 Osiyo Kubogi chempioni: 2023 AFC U-23 Osiyo kubogida kumush medal sovrindori: 2024 MOFF Millatlar Kubogida kumush medal sovrindori: 2023 CAFA Millatlar kubogi chempioni 2025 Angliya liga kubogi (Carabao cup) sohibi: 2026 Angliya kubogi chempioni 2026
Shaxsiy sovrinlari Oʻzbekistonda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023 IFFHS Osiyoda yilning eng yaxshi erkaklar ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2023
Davlat mukofotlari
„Kelajak bunyodkori“ medali 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Abduqodir Xusanov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:RC Lens futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Kelajak bunyodkori medali sohiblari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar