XCOPY — kripto sanʼat va NFT sohasida faol ijod qiluvchi raqamli rassom. Uning haqiqiy shaxsi nomaʼlum. U odatda oʻlim, antiutopiya va befarqlikka oid raqamli glitch-art yoʻnalishidagi sanʼat asarlarini miltillovchi tasvirlar va tartibsiz ketma-ketliklar orqali yaratadi. Asarlarida koʻpincha kriptovalyuta hamjamiyatiga ishoralar tasvirlanadi. Uning eng koʻzga koʻringan asarlaridan baʼzilari CC0 litsenziyasida chiqarilgan va u asarlari eng koʻp sotiladigan NFT rassomlari qatoriga kiradi.

NFTlar XCOPY oʻz asarlari bilan bogʻliq NFTlarni yaratgan birinchi raqamli rassomlardan biri sifatida tanilgan. Uning sanʼat asarlari birinchi marta 2018-yilda SuperRare va boshqa shu kabi platformalar orqali NFTlar bilan bogʻlangan.

Mashhur asarlari

Right-Click and Save As Guy (Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling) Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling XCOPY-ning eng mashhur sanʼat asarlaridan biridir. Asar nomi NFT sanʼat asarlarining keng tarqalgan tanqidiga ishora qiladi, chunki har kim rasmni oʻng tugmasini bosish orqali Internetdan nusxasini saqlab olishi mumkin.

Soʻnggi marta asar bilan bog‘liq bo‘lgan NFT 2021-yil 9-dekabrda taxminan 7 000 000 dollarga sotilgan va bu uni eng ko‘p sotilgan NFTlardan biriga aylantirgan.

Grifters (Firibgarlar) 2021-yil 15-dekabrda XCOPY Async Artʼning Blueprints platformasi orqali 666 sanʼat asaridan iborat, odatda onlayn hamjamiyatlarda avatar sifatida keng qoʻllaniladigan toʻplam — „Grifters“ni chiqardi.

Max Pain (Maksimal ogʻriq) 2022-yil mart oyida XCOPY Nifty Gateway NFT platformasida yangi ishi — Max Painni chiqardi. Bu asarida ham, rassom oʻzining uslubiga hos ravishda, miltillovchi animatsiya va bosh suyagi tasviri asosida asar yaratgan. NFT faqat 10 daqiqa davomida sotuvga qoʻyilgan va narxi 3 180 dollar boʻlgan, bu oʻsha kursda taxminan 1 Ethereum edi. U asarining 7 394 dona nusxasini sotdi va 10 daqiqada taxminan 23 million dollar daromad oldi.

Sanʼat koʻrgazmalari va namoyishlar

Luganodagi Villa Cianida „Lugano NFT Week“ koʻrgazmasi, 2021 „CryptOGs“: NFT sanʼatining kashshoflari" Bonhams, 2021 Milandagi Museo della Permanente da „DART2121“ koʻrgazmasi, 2021 Milandagi „Milano Art Week 2022“ koʻrgazmasi, 2022

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayt

Turkum:Yashayotgan insonlar