Vladimir Iosifovich Ratzek (1918-yil 23-avgust — 1980-yil 10-noyabr) — sovet alpinisti, SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1954), 1950-yilda toqqa chiqish bo‘yicha SSSR chempionati g‘olibi. 1-toifali instruktor-metodist.

Urushdan oldingi yillarda Vladimir Iosifovich Ratsek Tyan-Shan va Pomirdagi bir qancha cho‘qqilarga ko‘tarilishlarni amalga oshirgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida u harbiy topograflar guruhida SSSRdagi ikkinchi eng baland cho‘qqi — G‘alaba choʻqqisining balandligi va joylashuv o‘rnini batafsil o‘rganib chiqqan va aniqlagan. Ushbu tadqiqot yangiliklari uchun Vladimir Iosifovich 1947-yilda  P.P. Semyonov-Tyan-Shanskiy nomli oltin medal bilan taqdirlangan. 1950-yilda u o‘zbek alpinistlarining  Lenin cho‘qqisiga  birinchi bor ko‘tarilishi harakatlariga boshchilik qilgan va bu harakat alpinizm tarixidagi eng ommaviy ko‘tarilish deya baholangan hamda 1950-yilda SSSR alpinizm chempionatida birinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.

1955-yilda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda Turkiston harbiy okrugining qo‘shma ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, G‘alaba cho‘qqisiga chiqqan. Oʻzbekiston ekspeditsiyasi bilan bir vaqtda Qozogʻistonlik alpinistlar ham choʻqqiga ko‘tarilishga harakat qilishgan. Qozog‘iston va O‘zbekiston ekspeditsiyalari rahbariyatining muvofiqlashtirilmagan harakatlari, shuningdek, hujum otryadlari o‘rtasida yuzaga kelgan raqobat va noqulay ob-havo sharoiti natijasida qozoq guruhi deyarli butunlay halok bo‘lgan.

Vladimir Ratsek geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 1980-yilda Butunittifoq geografiya jamiyatining faxriy aʼzosi bo‘lgan. „Harbiy xizmatlari uchun“  va „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“  kabi 12 ta medal bilan taqdirlangan. Harbiy unvoni-mayor. Bir necha bor O‘zbekiston Alpinizm federatsiyasi raisi lavozimiga tayinlangan. 1941-yildan KPSS aʼzosiP. P. Zaxarov, A. I. Martinov, Yu. A. Jemchujnikov, 2006, s. 606..

Biografiya

Urushgacha boʻlgan davr va urush yillaridagi faoliyati Vladimir Iosifovich Ratsek 1918-yil 23-avgustda Simbirsk viloyatining Sizran shahrida tug‘ilgan. Vladimirning otasi, asli chex bo‘lgan Iosif Ratsek graf Bobrinskiyning uyida bog‘bon bo‘lib ishlagan va uning taklifiga binoan Chexiyadan Rossiya imperiyasiga ko‘chib o‘tgan. Bu yerda Iosif oila qurgan. Vladimir Ratsekning Yuriy ismli o‘zidan katta akasi ham bo‘lgan. 1931-yilda ularning oilasi Qirgʻizistonga ko‘chib o‘tadi. Ratsekning tog‘larga bo‘lgan ishtiyoqi 1932-yilda, otasi uni dorivor giyohlarni terish uchun toqqa olib chiqqanida boshlangan. 1935-yilda Ratsek komsomolning Frunze viloyati qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Talas va Farg‘ona Olatovidagi qidiruv partiyasida ishlagan. Ushbu partiyada u uzunligi taxminan 700 kilometr bo‘lgan birinchi tog‘ sayohatini amalga oshiradi. 1936-yil kuzida Ratsek SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Mixail Pogrebetskiy rahbarligida Terskay-Ala-Toodagi Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari SSSR Ichki ishlar xalq komissarligining alpinizm bo‘yicha instruktorlar maktabini tamomlaganChexi v alpinizme Kirgizii . mountain.kg. Data obraщeniya: 5 marta 2017. Arxivirovano 19 maya 2016 goda.. 1936-yil sentabr oyining oxirida Ratsek va boshqa bir qancha alpinistlar maktabining aʼzolari Tyan-Shandagi qutqaruv ishlarida qatnashadilar. Xon-Tengri cho‘qqisiga ko‘tarilgandan so‘ng, bir guruh alpinistlar yomon ob-havoga duch kelishadi, natijada guruh aʼzolari muzlab qolib jarohat oladilar (ushbu guruhda aka-uka Yevgeniy va Vitaliy Abalakovlar, shuningdek, Leonid Gutman, Mixail Dadiomov va Lorens Saladinlar ham bo‘lgan)Vladimir Ratsek. Ministry of Foreign Affairs of the Czech Republic. Data obraщeniya: 5 marta 2017.. Guruh aʼzolari Inilchek muzligigacha yetib borib u yerdan favqulodda signal yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Qutqaruv ishlari natijasida ekspeditsiyaning besh nafar aʼzosidan toʻrt nafari qutqarib qolingan (Lorens Saladin qutqaruvchilar guruhi yetib kelguniga qadar vafot etgan). Operatsiyadagi faol ishtiroki uchun ekspeditsiyaning barcha aʼzolari, shu jumladan Ratsek ham Qirg‘iziston komsomolining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanganG. V. Kalinin. Ratsek Vladimir Iosifovich (1918—1980). Klub alpinistov „Sankt-Peterburg“, www.alpklubspb.ru. Data obraщeniya: 19 marta 2017. Arxivirovano 9 iyulya 2016 goda..

1937-yil 16-iyunda Ratsek 12 kishilik qirgʻiz alpinistlari guruhi hamrohligida birinchi mustaqil choʻqqi Qirgʻiziston Kommunistik partiyasi choʻqqisi(hozirgi Qorauldi, 4500 m, murakkablik darajasi 2A P. P. Zaxarov. Gutman Leonid (1912—1942). Klub alpinistov „Sankt-Peterburg“, www.alpklubspb.ru. Data obraщeniya: 19 marta 2017. Arxivirovano 8 oktabrya 2016 goda.)ga ko‘tarilgan. Oʻsha yilning 17-iyulida u birinchi marta Manas choʻqqisiga (4370 m, murakkablik darajasi 2A B. R. Marechek, V. I. Ratsek, 1952, s. 35.) va 3-avgustda Qorakoʻl choʻqqisiga (5281 m, murakkablik darajasi 4BI. A. Cherepov, 1951, Chast I. Pik Stalinskoy Konstitutsii.) moskvalik alpinistlar Nikolay Popov va Grigoriy Beloglazov va mahalliy alpinist Qasimali Baigazinovlar bilan birga ko‘tarilgan.  Keyinchalik Ratsek, Popov va Beloglazov Avgust Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibigaga qo‘shilgan. Ushbu guruhda ularning asosiy vazifasi Stalin Konstitutsiyasi (keyinchalik bu cho‘qqi nomi Sovet Konstitutsiyasi cho‘qqisiga o‘zgartirilgan, hozirda esa Konstitutsiya cho‘qqisi deb nomlanadi. Balandligi 5284 m) va Kuylyutau tizmasidagi Karpinskiy cho‘qqisini (5100 m) zabt etish bo‘lgan. Ushbu ekspeditsiya doirasida 30-avgust kuni janubi-g‘arbiy tizma bo‘ylab Nansen cho‘qqisi (5697 m, murakkablik darajasi 5A) va shimoliy tizma bo‘ylab Stalin Konstitutsiyasi cho‘qqisiga (7-sentabr, murakkablik darajasi 2A) birinchi ko‘tarilishlar amalga oshirilgan. Ratsek har ikkala ko‘tarilishda ham ishtirok etgan. Karpinskiy cho‘qqisi ekspeditsiyaning boshqa aʼzolari tomonidan Stalin Konstitutsiyasi cho‘qqisiga ko‘tarilish bilan bir vaqtda zabt etilgan. Ekspeditsiyadan qaytgach, Ratsek Qorakoʻlda qoladi va bu yerda mahalliy sportchilar orasida 44 ta yangi alpinistlarni tayyorlagan ,,SSSR alpinisti" nishoni tayyorgarlik kursida o‘qiganD. M. Zatulovskiy, 1948, s. 33.. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/Inylchek_with_Merzbacher_Lake_after_Outburst.jpg/220px-Inylchek_with_Merzbacher_Lake_after_Outburst.jpg|left|thumb| Janubiy Inylchek muzligi 1937-yilda katta muvaffaqiyatlardan so‘ng Ratsek Respublika Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasida instruktor vazifasiga tayinlangan. Oradan bir muddat o‘tib, Qirg‘iziston alpinizm va turizm klubini boshqargan. U Qirgʻizistonda alpinistlarni tayyorlash bo‘yicha barcha tashkiliy-uslubiy ishlarga mas’ul, shu bilan birga turli toqqa chiqish va piyoda yurish harakatlarining faol ishtirokchisi bo‘lganM. E. Grudzinskiy, 1972, s. 254.. 1938-yil yanvar oyida Ratsek jamoa rahbari sifatida Manas cho‘qqisiga birinchi qishki ko‘tarilishni amalga oshirgan. So‘ngra 22 kun davom etgan Qirgʻiziston, Talas va Fargʻona tizmalari bo‘ylab 1000 kilometr uzunlikda cho‘zilgan tog‘ chang‘isi sayohatida qatnashgan D. M. Zatulovskiy, 1948, s. 112.. 1938-yil 8-iyulda Ratsek Qirgʻizistonning Choʻqtal dahasidagi Kobirgʻa choʻqqisiga (4593 m) birinchi koʻtarilishni amalga oshirgan D. M. Zatulovskiy, 1948, s. 120—122..

1938-yil iyul oyida Ratsek Inilchek va Zvyozdochka muzliklarining o‘rganilmagan hududlari hamda keyinchalik Komsomolning 20 yilligi cho‘qqisi (hozirgi G‘alaba choʻqqisi, 7439 m) nomini olgan nomsiz cho‘qqiga qadar borgan razvedka ekspeditsiyasi tarkibiga qo‘shilganD. M. Zatulovskiy, 1948, s. 123—124.. Ushbu ekspeditsiyaga Avgust Letavet rahbarlik qilgan. Hujum guruhini esa Leonid Gutman boshqargan. Ekspeditsiya oldiga qo‘yilgan asosiy masala cho‘qqini zabt etish va unga ko‘tarilish mumkin bo‘lgan yondashuvlarni aniqlash hamda ushbu hududdagi Inilchek muzligining yuqori qismini o‘rganish bo‘lgan. Sentabr oyi boshida guruh harakatni boshlaydi. Ratsek hujum guruhi tarkibida bo‘lgan, biroq, 10 sentabr kuni 4800 metr balandlikda kasal bo‘lib qolishi natijasida ertasi kuni Yevgeniy Ivanov hamrohligida pastga tushgan. Keyinchalik Ratsek 18 metr chuqurlikdagi yoriqqa qulashi natijasida og‘ir jarohat olgan yarador Aleksandr Muxinni evakuatsiya qilishda faol ishtirok etgan D. M. Zatulovskiy, 1948, s. 128.. Yo‘qotishlarga qaramay, hujum guruhi ko‘tarilishda davom etadi va 19-sentabr kuni Leonid Gutman, Yevgeniy Ivanov va Aleksandr Sidorenko „Komsomolning 20 yilligi cho‘qqisi“ deb atalgan cho‘qqiga yetib borishga muvaffaq bo‘ladi. 1956-yilda fotosuratlarni taqqoslash natijasida 1938-yilda Vitaliy Abalakov guruhi tomonidan zabt etilgan cho‘qqi aslida G‘alaba cho‘qqisi ekanligi maʼlum bo‘ladi va shu tariqa Gutman, Ivanov va Sidorenkolar G‘alaba cho‘qqisiga qadam qo‘ygan birinchi alpinistlar sifatida eʼtirof etiladiK. K. Kuzmin, 1972..

1938-yilning kuzida Ratsek Qizil bayroqli Oʻrta Osiyo harbiy okrugi(1945-yildan Qizil bayroqli Turkiston harbiy okrugi)ning jangovar tayyorgarlik bo‘limiga harbiy xizmatga chaqirilgan. U yerda Ratsek Pomir va Tyan-Shan tog‘ida qo‘shinlarni  tayyorlash bilan shug‘ullangan Ratsek Vladimir Iosifovich. Klub alpinistov „Sankt-Peterburg“, www.alpklubspb.ru. Data obraщeniya: 5 marta 2017. Arxivirovano 13 marta 2017 goda..

1939-yilda Ratsek Yigit cho‘qqisiga (5170 m, sharqiy tizma bo‘ylab, murakkablik darajasi 5A) ko‘tarilishni amalga oshirganE. Jdanov, G. V. Kalinin. Pik Ratseka. Ministerstvo oboroni Rossiyskoy Federatsii, gazeta Krasnaya Zvezda (8 iyulya 2009). Data obraщeniya: 7 marta 2017. Arxivirovano 24 oktabrya 2016 goda.. 1940-yilda u alpinizm bo‘yicha SSSR sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ladi. 1941-yilda Ratsek birinchi marta Orqa ili olatovidagi „Tumanli“ tepaligiga ko‘tarilganIgor Yermakov. Sekretnaya ekspeditsiya na „makushku“ Irana. Tyumenskiy Kurer (17 iyulya 2009). Data obraщeniya: 31 marta 2017. Arxivirovano 1 aprelya 2017 goda.. Ulug‘ Vatan urushining dastlabki yillarida Ratsek Qizil Armiya safida tog‘li tayyorgarlikdan o‘tish uchun Eron hududiga yuborilgan. Bu davrda Ratsek Turkiston harbiy okrugi qoʻmondonligi buyrugʻi bilan 1943-yilda Eronning eng baland choʻqqisi — Damavend  vulqoni (5610 m) choʻqqisiga koʻtarilgan. Ratsek ushbu cho‘qqi tepasida fashistlar ramzlari o‘rnatilgan bayroqlarni olib tashlashi va ularning o‘rniga Sovet bayroqlarini o‘rnatishi kerak bo‘lgan. Ratsek va unga hamroh bo‘lgan Pavel Rapasov topshiriqni muvaffaqiyatli bajarib, 1943-yil 26-iyulda Damavend cho‘qqisiga chiqadilar. Operatsiyaning muvoffaqiyatli yakunlanishi natijasida Ratsek „Harbiy xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan va kapitan darajasiga ko‘tarilganYe. A. Beleskiy, 1970, Snova u pika Lenina..

1943-yilda Ratsek Pavel Rapasov boshchiligidagi harbiy topograflar guruhi tarkibida tizmalarning orografiyasini yaxshilash uchun Markaziy Tyan-Shanga yuboriladi. Guruh Sovet Ittifoqidagi ikkinchi eng baland cho‘qqi, o‘sha paytda komsomolning 20 yilligi cho‘qqisi deb atalgan Tyan-Shanning eng baland cho‘qqisi pozitsiyasini aniqlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinchalik Toshkent shahrida toʻplangan maʼlumotlar natijalariga koʻra choʻqqining aniq balandligi (7439 m) hisoblab chiqilgan. Bu cho‘qqi Ratsek taklifiga binoan G‘alaba choʻqqisi deb nomlangan. Ushbu kashfiyotlar uchun Butunittifoq geografiya jamiyati 1947-yilda ekspeditsiyaning barcha aʼzolarini P.P. Semyonov-Tyan-Shanskiy nomidagi oltin medallar bilan taqdirlagan I. V. Yuxin, 1951..

Urushdan keyingi davr (1945-1954)