thumb|270x270px|Oʻrta Osiyo xaritasi (rus tilida) XIX asrning 20-yillariga kelib Britaniya imperiyasida ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi.Buyuk Britaniya Afgʻoniston, Eron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan daʼvolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi XIX asrning ikkinchi yarmida sodir boʻla boshladi. Ammo ungacha bir qancha harakat amalga oshirilgan edi. XVIII asrda Rossiya imperiyasi Qozoq juzlari ustidan nazoratni kuchaytirgandi. Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi bir necha oʻn yillar davomida amalga oshirildi. 1834-yil oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839-yilda Rossiya Orol dengizi janubidagi Xiva xonligini zabt eta olmadi. 1839-yil oxiri va 1840-yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi qishki harbiy yurish uyushtirdi va u muvaffaqqiyatsiz boʻldi. 1847-yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. 1847-1853-yillarda ruslar Orol dengizining shimoliy tomonidan sharqiy Sirdaryo boʻylab bir qator qalʼalar qurishdi. 1847-1864-yillarda ular sharqiy Qozoq choʻllarini kesib oʻtib, Qoʻqon xonligining shimoliy chegarasi boʻylab qalʼalar qurdilar. Nikolay va Konstantin paraxodlardan iborat Orol flotiliyasi tashkil etdi. 1850-1855-yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 1864-1868-yillarda Qoʻqon xonligidan janubga harakat qilib, Toshkent va Samarqand egallandi, Buxoro amirligi protektoratga aylantirildi. Shu tariqa janubiy nuqtasi Sibirdan 1600 km janubga va Volga daryosidan 1920 km janubi-sharqda boʻlgan hududlarni oʻz nazoratiga olishdi. 1865-yilda general-mayor M. G. Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etadi. Imperator Aleksandr II Orenburg general-gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 1866-yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1867-yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan, general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868-yilda general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafshon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870-yilda amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873-yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib, Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873-yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876-yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881-yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884-yilda Marv taslim boʻldi. 1885-yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1893-95-yillarda ruslar janubi-sharqdagi baland Pomir togʻlarini egallab oldilarParallelno s nazvaniem „Srednyaya Aziya“ v russkoy literature v XIX v. suщestvovalo nazvanie „Turkestan“ (sm.: Russkiy Turkestan. — SPb., 1872; I. V. Mushketov. — Turkestan. SPb., 1888), xotya s etnograficheskoy tochki zreniya ego primenenie bilo ne sovsem tochnim: iranoyazichnie tadjiki i narodi Badaxshana vovse ne otnosyatsya k „strane tyurkov“. Territoriya mejdu Kaspiyskim morem i Kitaem v XIX v. nazivalas Russkim (ili Zapadnim) Turkestanom (chto blizko sovpadalo s regionom Srednyaya Aziya), Vostochniy Turkestan vklyuchal territoriyu Zapadnogo Kitaya, naselennuyu tyurkskimi narodami (uygurami, kazaxami).1895-yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandiN V Xanikov „Opisanie Buxarskogo xanstva“.

Geografik joylashishi Bu hudud gʻarbda Kaspiy dengizi, shimolda Sibir oʻrmonlari va sharqda Xitoy chegarasidagi togʻlar bilan chegaralangan edi. Janubda chegaralar tabiiy emas, balki siyosiy edi. U shimoldan janubga taxminan 2100 km (1300 mil), sharqdan gʻarbga 2400 km (1500 mil) edi. Janubi-sharqiy tomoni (Qirgʻiziston va Tojikiston) togʻli hududlar edi. Oʻrta Osiyoning maydoni 4 003 400 km 2 (1 545 730 kv mil)ni tashkil etardi, bu deyarli Qoʻshma Shtatlarning yarmiga teng edi.

Yomgʻirlar shimoldan janubga qarab kamaya boradi. Sharqiy togʻlardan tushadigan soylarlarning koʻpligi tufayli Fargʻona vodiysida aholi ancha zich joylashgan edi. Fors chegarasida qator vohalar bor edi. Mintaqada uchta katta daryo mavjud edi. Amudaryo Afgʻoniston chegarasidan oʻtib, shimoli-gʻarbiy tomonda Orol dengiziga quyiladi va u yerda Xorazm nomi bilan uzoq tarixga ega boʻlgan katta deltani hosil qiladi. Sirdaryo Fargʻona vodiysidan boshlanib, shimoli-gʻarbga qarab oqadi va Orol dengizining shimoli-sharqiy burchagiga quyiladi. Mintaqada yana nisbatan kichikroq Zarafshon daryosi bor, u Amudaryoga yetmasdan quriydi. U Buxoro shaharlari va Samarqandni suv bilan taʼminlaydiPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 12—14.

Janubdagi choʻllarda koʻchmanchi aholini turmush kechirishi uchun yetarli darajada oʻtloqlar bor edi. Qizilqum choʻli Amudaryo va Sirdaryo oʻrtasida joylashgan. Qoraqum choʻli esa Turkmanistondagi Amudaryoning janubi-gʻarbida joylashgan. Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻida aholi kam yashaydigan Ustyurt platosi joylashgan.

Ruslar bostirib kelganda, Orol dengizining janubidagi Xorazm deltasida Xiva xonligi, Amudaryo va Zarafshon boʻyida Buxoro xonligi va Fargʻona vodiysida Qoʻqon xonligi joylashgan ediPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 12—14.

Qozoq choʻllari ustidan nazoratni qoʻlga kiritish

Dastlabki aloqalar Qozoqlar koʻchmanchi boʻlganlari uchun ularni bosib olish juda murakkab ish edi. Sunniy musulmon qozoqlar Qozogʻiston-Rossiya chegarasi yaqinida koʻplab aholi punktlariga ega boʻlishsa-da, Rossiya qozoqlar bilan faqat 1692-yilda Pyotr I Muhammadxon bilan uchrashuvidan keyingina aloqalar boshlagan. Ruslar keyingi 20 yil ichida asta-sekin Qozogʻiston-Rossiya chegarasida savdo punktlarini qura boshladilar, asta-sekin qozoq hududiga bostirib kirdilar va mahalliy aholini siqib chiqardilar.

Oʻzaro munosabatlar 1718-yilda qozoq hukmdori Abulxayr Muhammadxon davrida kuchaydi, u dastlab ruslardan Qozoq xonligini sharqda kuchayib borayotgan Jungʻor xonligidan himoya qilishni soʻradi. Abulxayrning oʻgʻli Nur Alixon 1752-yilda Rossiya bilan kelishuvni buzdi va mashhur qozoq sarkardasi Nasrullo Navroʻzboy Bahodirdan yordam olib, Rossiyaga qarshi urush boshlashga qaror qildi. Rossiya bosqiniga qarshi qoʻzgʻolon muvaffaqiyatga erishmadi, chunki qozoq qoʻshinlari koʻp marotaba jang maydonida magʻlubiyatga uchrashdi. Ushbu voqeadan soʻng, Qozoq xonligida boʻlinish yuz berdi, Kichik juz avtonomiya eʼlon qilib, Rossiya tarkibiga qoʻshildi.

1781-yilga kelib, Qozoq xonligining Oʻrta juz hududini boshqargan Abulmansurxon ham Rossiya tarkibiga kirdi. Bu harakatlar ruslarga Oʻrta Osiyoning markaziga yanada kirib borish va boshqa Oʻrta Osiyo davlatlari bilan aloqa qilish imkonini berdiXANIKOV N. V.

OPISANIYe BUXARSKOGO XANSTVA.

Qozoq xonligining qulashi 1837-yilga kelib, qozoq yerlarida yana keskinlik yuzaga keldi. Bu safar qarama-qarshiliklarni Qosim Sultonning oʻgʻillari va Abulmansurxonning nabiralari boʻlgan qozoq hukmdorlari Gubaydullaxon, Sher Gʻozixon va Kenesarixonlar boshladilar. Ular Rossiyaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardilar. Uch hukmdor Abulmansur qozoqlarning avvalgi hukmdorlari davridagi mustaqillikni tiklamoqchi boʻlib, ruslar tomonidan soliqqa tortilishiga qarshilik koʻrsatdi"TAKIMI OFITsYeRAMI MOJYeT GORDITSYa LYuBOY FLOT"

Dokumenti ob uchastii rossiyskix moryakov v missii N. P. Ignateva v Xivu i Buxaru. 1857-1859 gg.. thumb|299x299px|Uch qozoq juzlari (1860-yil) 1841-yilda uch xon qozoq qoʻmondoni Nasrullo Navroʻzboy Bahodirning oʻgʻli, kichik amakivachchasi Aziziddin Bahodirdan yordam oldi va rus qoʻshiniga qarshilik koʻrsatish uchun yaxshi tayyorlangan qozoqlardan katta qoʻshin toʻpladi. Qozoqlar Qozogʻistondagi bir qancha Qoʻqon qalʼalarini, shu jumladan, ularning sobiq poytaxti Turkistonni ham egallab oldilar. Ular Balxash koʻli yaqinidagi togʻli hududda yashirinishga qaror qilishdi, ammo Oʻrmon Xon rus qoʻshinlariga ularning qayerdaligini sotgan. Gʻubaydulla, Sher Gʻozixon, Kenesariy ruslarga yordam berib kelgan qirgʻiz qabilalari tomonidan qoʻlga olinib, qatl etildi. 1847-yil oxiriga kelib, rus qoʻshini Qozogʻiston poytaxtlari Turkiston va Sigʻnoqni egallab, Qozoq xonligini butunlay tugatdiPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 22.

Perovskiy ekspeditsiyasi