Farhod Muhammadjonovich Mirsalimbayev (1972-yil 15-oktyabr) – qozogʻistonlik va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Taraz klubi yoshlar jamoasi murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati Farhod faoliyati davomida Qozogʻistonning „Taraz“, „Esil-Bogatır“, „Vostok“, „Ekibastuz-1979“, Oʻzbekistonning „Doʻstlik“, „Metallurg“ klublarida toʻp surgan. Qozogʻiston va Oʻzbekiston Oliy ligalarida chempion boʻlgan. Shuningdek ikki davlatda ham mamlakat kubogi sohibi boʻlgan.

1995-yilda Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Dastlab 27-dekabr kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining 60-daqiqasida maydonga tushgan. Ikki kundan keyin, 29-dekabrda Farhod Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlangʻich tarkibda maydonga tushgan va ikkinchi boʻlim avvalida almashtirilgan. Bu uchrashuvda Qozogʻiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati 2006-yilgi mavsum soʻngida faoliyatini yakunlaganidan soʻng Taraz klubi murabbiylar shtabiga jalb etilgan. Taraz klubidagi faoliyati davomida jamoaning futbol maktabida murabbiy ishlagan. 2019—2020, 2022-yillarda „Taraz-U21“ klubiga murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlar

Qozogʻiston chempioni: 1996 Qozogʻiston vitse-chempioni: 1995, 1997 Qozogʻiston kubogi finali: 1992, 1993 Oʻzbekiston chempioni 1999, 2000 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2000

Manbalar

Havolalar

Farhod Mirsalimboyev Footballfactsru saytida

Farhod Mirsalimboyev Vesti.kz saytida

Turkum:15-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Vostok futbolchilari Turkum:FC Ekibastuz futbolchilari