Hikmatjon Husanovich HoshimovXoshimov imlosi ham uchraydi (Ҳикматжон Ҳусанович Ҳошимов; 1979-yil 12-noyabr) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida toʻp tepgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati Hikmat Hoshimov 18 yoshida Toshkentning MHSK klubi asosiy jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. 1999-yilgi mavsum boshida Doʻstlik klubi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida klubning oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2001-yilda Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubiga oʻtgan va klubning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. Hikmat keyinchalik faoliyati davomida Lokomotiv (Toshkent), Andijon, Nasaf va Bunyodkor klublarida oʻynagan.
Hoshimov faoliyatining turli yillarida, uzoq muddat Bekobodning Metallurg Bekobod jamoasi tarkibida oʻynagan va Oʻzbekiston chempionatlarida ushbu klub safida 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan.
Milliy terma jamoa 2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsha davrdagi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Hoshimovni terma jamoaga jalb etgan. Futbolchi terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ozarbayjon jamoasiga qarshi oʻtkazganUzbekistan vs. Azerbaijan. 2007-yil 23-martda Tayvan terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi oʻzining birinchi golini urganTaiwan vs. Uzbekistan.
2007-yilning iyul oyida Hoshimov Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan. Turnirda davomida bitta oʻyinda maydonga tushganIran vs. Uzbekistan.
Milliy terma jamoa safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, shuningdek, ikkita norasmiy oʻyinda ham ishtirok etgan.
Yutuqlari Oʻzbekiston Oliy ligasi Chempioni: (3) 1999, 2000, 2010
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2000, 2010
Shaxsiy hayoti Angliya Premyer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisi — Abduqodir Husanov Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar Hikmat Hoshimov Footballfactsru saytida
Hikmat Hoshimov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar