Oʻtkir Yusupov (; 1991-yil 4-yanvar, Sayram, Qozogʻiston) – oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning Navbahor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. Oʻtkir uygʻur millatidan.
Futbolchilik faoliyati U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan.
„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazgan.
2016-yilda „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzolagan va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini Fargʻona jamoasi tarkibida oʻtkazgan.
„Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga 2018-yilda qoʻshilgan. Bir mavsum davomida Qoʻqon jamoasida 32 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil 26-iyulda Eron Fors koʻrfazi Pro ligasi ishtirokchisi, Xuzistonning „Foolad“ jamoasiga 300 ming yevroga transfer qilingani eʼlon qilingan.
2026-yilgi mavsumda Timur Kapadze boshchiligidagi Navbahor klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati 2018-yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazgan.
Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi qaydnomasiga kiritilgan. 2023-yilgi Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan va 5 ta oʻyinda oʻynagan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. Karyera statistikasi Xalqaro
Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol2018102019002020002021102022902023100202460Jami270 2023-yil 11-oktyabr holatiga koʻra
Yutuqlari Klub Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (1) 2015 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2022 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013
Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Oʻtkir Yusupov Milliy-futbol-jamoalar saytida Oʻtkir Yusupov Footballdatabase saytida Oʻtkir Yusupov Worldfootball saytida Oʻtkir Yusupov Soccerway saytida Oʻtkir Yusupov Transfermarkt saytida
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Foolad F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari