1994

6-yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.

6-yanvar — „Toshkent—Jizzax“ elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

25-yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.

4-fevral — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.

11-fevral — Nukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

24-fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.

15-mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.

19-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994-yil „Mirzo Ulugʻbek yili“ deb eʼlon qilindi.

Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.

8-aprel — „Toshkent“ Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan „Yevrosiyo“ fond birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).

8-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.

13-aprel — „Oʻzbekinvest“ eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.

23-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.

Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.

Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi. 2-may — Xursand Oʻrozboyev tugʻilgan.

5-may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — „Oʻzbekiston Qahramoni“ taʼsis etildi.

5-may — „Mustaqillik“, „Doʻstlik“ ordenlari, „Jasorat“, „Shuhrat“ medallari taʼsis etildi.

12-may — „Savdogarbank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.

24-may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

30-may — Toshkentda birinchi marta „Prezident kubogi“ uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.

May — „Andijonirmash“ zavodi negizida tashkil etilgan „OʻzEKS“ Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.

May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.

8-iyun — Oʻzbekistonda birinchi „Vaqt“ milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.

21-iyun — „Trastbank“ aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.

1-iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.

18-iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

2-avgust — Toshkentda „Yunusobod“ sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994-yil, 2-navbati 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir „Oʻzbekiston“ sport majmui nomi bilan ataladi.

Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda „Tafakkur“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. „Gʻallabank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.

2-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.

2-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. 8-sentyabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi. 22-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

22—23-sentyabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida „Yer osti boyliklari toʻgrisida“ qonun qabul qilindi.

24—25-sentyabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.

Sentyabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.

Sentyabr — Jizzax shahrida „Oʻzbekmebel“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.

3-oktyabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining „Ipak yoʻli“ xalqaro konferensiyasi ochildi. „Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi“ qabul qilindi.

6-oktyabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.

12-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida“gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).

13—15-oktyabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda „Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi“ mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.

14-oktyabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.

16-oktyabr — Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.

7-noyabr — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.

8-noyabr — Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etildi.

Noyabr — Ellikqalʼada „Elteks“ toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6-dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.

19-dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

20-dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.

23-dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.

25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.

29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.

29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.

Dekabr — „Nukus—Moskva“ yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.

1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya „OʻzBAT“ qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli „Afrosiyob“ mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 — „Yogʻdu“ kinostudiyasi tashkil etildi.

Voqealar

Yanvar — Rossiyada Davlat Dumasining fao­liyati boshlandi. Aprel — Ruandada general Jyuvenal Xabyarimon vafot etganligi eʼlon qilindi. Mamlakatda tutsi va xutu xalqlari oʻrtasida fukarolar urushi boshlanib, unda tutsi xalqi gʻolib chiqdi. Aprel — dekabr — Italiyada Silvio Ber­luskoni boshchiligida oʻng koalitsion hukumat tuzildi. May — Isroil qoʻshinlari Ierixon va Gʻazo mintaqasidan olib chiqib ketildi. Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) va Isroil yarashuvi uchun birinchi qadamlar qoʻyildi. Iyul — Rossiya Federatsiyasi vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy harakatlarni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Iyul — Koreya Mehnat partiyasi MK Bosh kotibi, KXDR prezidenti Kim Ir Sen vafot etdi. U mamlakatni Ikkinchi jahon urushidan keyin qariyb 50 yil boshqardi. Shimoliy Koreya prezi­ denti lavozimini uning ugli Kim Chen Ir egalladi. 2-13 Sentyabr — Qirgʻizistonda parlament inqirozi va Oliy Kengashning oʻz-oʻzini tarqatishi. Oktabr — Falastin Ozodlik Tashkiloti va Isroil rahbarlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi xizmati tan olinib, Yosir Arafot, Shimon Peres va Ishoq Rabinga tinchlik oʻrnatishdagi xizmatlari uchun No­bel mukofoti berildi. Oktabr — Iordaniya va Isroil oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va ushbu davlatlar orasi­ da 46 yil davom etgan urushga chek qoʻyildi. Noyabr — Afgoniston siyosiy maydonida yangi kuch-tolibonlar harakati paydo boʻldi. Belarus Respublikasida boʻlgan prezident­ lik saylovlarida Aleksandr Georgievich Lukashenko mazkur davlatning birinchi prezidenti etib saylandi. Rossiyada oʻz mustaqilligini talab qilgan Chechenistonga qarshi urush boshlandi. Bu urush „chechen ekstremist-separatistlarga qarshi urush“ deb niqoblandi. Vibori prezidentov Ukraini, Belorussii. 18 Yanvar — nachalo raboti Gosdumi 29 Aprel — Korporatsiya Commodore obʼyavlyaet o svoey likvidatsii i nachinaet protseduru bankrotstva. 20 Iyul — sostoyalas inauguratsiya prezidenta Belorussii Lukashenko, Aleksandra Grigorevicha. 20 Iyul — na baze Gumanitarnoy Akademii VS RF i Voennoy akademii ekonomiki, finansov i prava VS RF sozdan Военный университет Voorujyonnix Sil Rossiyskoy Federatsii 11 Oktabr — obvalnoe padenie kursa rublya po otnosheniyu k долларu („chyorniy vtornik“). Oktabr — Tim Berners-Li osnoval Konsorsium Vsemirnoy pautini (W3C). 8 Noyabr — Djordj Bush (George W. Bush) stal gubernatorom shtata Техас (США)

Tugʻilgan

Vafot etgan

9-mart — Charlz Bukovski, amerikanskiy poet i pisatel. 22-aprel — Richard Nikson, 37-y президент США (1969—1974) (rod. 1913). 5-aprel — Kurt Kobeyn (rod. 1967), лидер i вокалист gruppi „Nirvana“. 1-may — Сенна, Айртон, tryoxkratniy chempion mira po Formule-1. 14-iyun — Genri Manchini (; rod. 1924), amerikanskiy кинокомпозитор i dirijyor. Poluchil za svoyu muziku 4 priza „Oskar“ i 20 „Gremmi“ („Rozovaya pantera“, „Bolshaya gonka“, „Lunnaya reka“, i dr.). 20-iyun — Djey Mayner (rod. 1932), sozdatel pervogo v mire multimediynogo personalnogo kompyutera Amiga (Amiga 1000). 13-avgust — Elias Kanetti, avstriyskiy писатель, laureat Nobelevskoy premii po literature (1981). 12-sentyabr — Егоров, Борис Борисович, sovetskiy vrach i kosmonavt. 14-dekabr — Чичибабин, Борис Алексеевич, poet, laureat Gos. premii (1990).

Nobel mukofoti laureatlari Fizika — Bertram N. Brockhouse va Clifford Glenwood Shull Kimyo — George Andrew Olah Fiziologiya va tibbiyot — Alfred G. Gilman va Martin Rodbell Iqtisodiyot — Reinhard Selten, John Forbes Nash va John Harsanyi Adabiyot — Kenzaburō Ōe Tinchlik — Yosir Arofat, Shimon Peres va Yitzhak Rabin

*