Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati (alban: Kampionati Kombëtar i Futbollit për Femra), baʼzi manbalarda Albaniya ayollar milliy chempionati deb ham ataladi, Albaniyadagi ayollar futbolining eng yuqori diviziyasi. Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati joriy mavsumida 11 ta klub kurash olib bormoqda.
Tarixi Futbol Albaniyada eng ommabop sport turlaridan biri hisoblansa-da, ayollar futboli 2007-yilga qadar mamlakatda tarixan yaqqol keng moqyosda namoyon boʻlmagan. 2007-yil 15-18-avgust kunlari Saranda shahrida ayollar futbolini ommo oldida reklama qilish maqsadida tarixda birinchi milliy turnir oʻtkazilgan. Ushbu turnida ishtirok etgan jamoalar ham Tirana, Shkodra, Korsa va Rubik shaharlaridan kelgan oʻyinchilardan tashkil topgan havaskor jamoalar ediAlbania 2007. Keyingi ikki yil ichida sportning nufuzini oshirish va rasmiy ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionatini boshlash uchun Albaniya futbol assotsiatsiyasining ko‘magini ostida yana oltita o‘rtoqlik turniri o‘tkazildiHapa seriozë të futbollit të femrave Shqiptare.
Albaniyadagi birinchi norasmiy turnirdan ikki yil oʻtib, birinchi rasmiy musobaqa 2009-yil 23 va 28-yanvar kunlari Tirandagi Selman Stërmasi stadionida boʻlib oʻtdi. Turnirda sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular: Tirana AS, FC Tropoja, Juban Danja, Olimpik Tirana, Tirana, KF Rubiku, KF Memaliaj va KF The Door Shkodra.
2009-yilning 23-yanvar kuni chorak final, 25-yanvar kuni yarim final, uch kundan keyin, 28-yanvar kuni, „Selman Stërmasi“ stadionida final bahslari boʻlib oʻtdi. Final uchrashuvi Altin Rraklli va Juban Danja boshchiligidagi Tirana AS jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi va Aurora Seranaj, Ana Baro va Brisida Zaimajning ikkita golidan soʻng Tirana ASning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Tirana AS jamoasi Albaniyaning ilk chempioni deb tan olindiAlbania 2009.
Joriy klublar (2021-2022-yilgi mavsum)
2013 yil oxiriga kelib, Ada of Velipojë jamoasi qayta tashkil etildi, yaʼni Shkodër jamoasioʻyinchilar bilan birlashdi va oʻsha paytdan boshlab Vllaznia nomi ostida oʻynadi.
# Club Joylashgan shahar1. Apolonia Fier2. Atletik Club Shkodër3. Kinostudio Tirana4. Lushnja Lushnjë5. Murlani Vau i Dejës6. Partizani Tirana7. Skënderbeu Korçë8. Teuta Durrës9. Tirana Tirana10. Tirana AS Tirana11. Vllaznia Shkodër
Chempion jamoalar roʻyxati MavsumChempionIkkinchi oʻrin2009Tirana ASJuban Danja2010-2011Ada -2011-2012AdaTirana AS2012-2013AdaJuban Danja2013-2014Vllaznia *Kinostudio2014-2015Vllaznia Kukësi2015-2016VllazniaTirana AS2016-2017Vllaznia Apolonia2017-2018 VllazniaTirana AS2018-2019 VllazniaTirana AS2019-2020 VllazniaApolonia2020-2021 VllazniaApolonia2021-2022 VllazniaApolonia +Chempionlar reytingi Jamoa Joylashgan shaar Chempionliklar soniKF Vllaznia Shkodër 9Ada Velipojë 3Tirana AS Tirana 1
Yana qarang Ayollar o'rtasidagi Albaniya kubogi Albaniyadagi futbol klublari ro'yxati
Manbalar
Havolalar Federatsiya veb-saytidagi turnir jadvali Liga uefa.com saytida
Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Albaniyada futbol