Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromad va xarajatlar yigʻini hisoblanadi.
Davlat Byudjeti koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasidagi byudjeti koʻrsatkichlari 2010-yildan beri eʼlon qilinib kelsa-da, aniq berilgan byudjet balansi koʻrsatkichlari 2015-yilda beri eʼlon qilinib kelinadi.
+ Davlat byudjeti balansi (maqsadli jamgʻarmalarsiz) Yil Daromadlar (mlrd. soʻm) Xarajatlar (mlrd. soʻm) Byudjet profitsiti (mlrd. soʻm)201536 493,336 257,3 236201641 043,440 911,3 132,1201749 681,049 343,7 337,3201879 099,079 736,1 −637,12019112 165,4118 008,7 −5843,32020132 938,0144 142,7 −11204,72021164 680,3188 633,9 −23953,6
Huquqiy jihatdan davlat byudjeti Davlat byudjetini shakllantirish dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 sanadagi 158-II-sonli qonuniga asosan shakllatirila boshlandi. 2022-yil holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi Davlat byudjeti va byudjega bogʻliq moliyaviy munosabatlar 2014-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan „Byudjet kodeksi“ orqali amalga oshiriladi. Dastlab, tajriba sifatida 2 yil davomida qoʻllanishi kutilgan hujjat 2022-yilda ham turli kichik oʻzgartirishlar bilan amal qilib kelmoqda. Tashabbusli byudjet
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadliligini taʼminlash maqsadida 2021-yil 1-iyul sanasidan boshlab „Tashabbusli byudjet“ loyihasi eʼlon qilindi.
Manbalar