William Leonard Roberts II (1976-yil 28-yanvarda tugʻilgan), professional sifatida Rick Ross nomi bilan tanilgan, amerikalik reper.
2006-yilda oʻzining „Hustlin“ debyut singlini chiqarishdan oldin, Def Jam Recordingsda Jay-Z bilan multi-million dollarlik shartnoma imzoladi . Shartnomadan oldin Rossga Diddy’s Bad Boy Entertainment va Irv Gotti’s Murder Inc.. Def Jam leybllari ham hamkorlikni taklif qilgan.
2006-yilning oxirida Ross „Port of Mayami“ debyut albomini chiqardi va birinchi haftada 187 000 dona sotilgan. Albom AQSh Billboard 200 albom chartida birinchi oʻrinni egalladi. Ross 2008-yilda oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi „Trillani“ chiqardi va yana Billboard 200 roʻyxatida yuqori oʻrinlarda debyut qildi. Oʻzining karyerasidan tashqari, Ross 2005-yilda Floridadagi reperlar Gunplay va Torch bilan birga „Triple C“ hip-hop guruhining yetakchi aʼzosi edi.
Ross 2009-yilda Maybach Music Group ovoz yozish leybliga asos solgan va shu leyblda „Deeper Than Rap“ (2009), „Teflon Don“ (2010), „God Forgives“, „I Donʼt“ (2012), „Mastermind“, „Hood Billionaire“ (2014), „Black Market“ (2015), „Rather You Than Me“ (2017) va boshqa koʻplab albomlarini chiqargan. Uning oʻninchi albomi „Port of Mayami 2“ 2019-yil avgust oyida chiqdi va Billboard 200 chartda 2-oʻrinni egalladi. Maybach Music leybli bilan taniqli reperlar ham shartnoma imzolangan, jumladan Meek Mill, Wale va French Montana va boshqalar. 2012-yil boshida MTV Rick Rossni „Hottest MC in the Game“ deb eʼlon qildi.
Biznes
2017-yil holatiga koʻra, Rick Ross bir nechta Wingstop restoranlariga ega. Wingstop — tovuq qanotlariga ixtisoslashgan tez tayyor boʻladiga ovqatlar tarmogʻi.
Diskografiya
Miksteyplar 2010 — Ashes to Ashes 2012 — Rich Forever 2012 — The Black Bar Mitzvah 2013 — The H (& Birdman) 2015 — Black Dollar 2015 — Renzel Remixes
Albomlar 2006 — Port of Miami 2008 — Trilla 2009 — Deeper Than Rap 2010 — Teflon Don 2012 — God Forgives, I Donʼt 2014 — Mastermind 2014 — Hood Billionaire 2015 — Black Market 2017 — Rather You Than Me 2019 — Port of Miami 2 2021 — Richer Than I Ever Been
Nominatsiyalar
Hamkorlikdagi Albomlar Yil Albom Chartdagi oʻrni Reyting US US R&B US Rap 2011 The H — — — —
Toʻplamlar YiliNomiChartdagi oʻrniUSUS R&BUS Rap2007Rise to Power6266
Manbalar
Turkum:Reper Turkum:Rep Turkum:Mayami Turkum:Florida Turkum:AQSH Turkum:Hip Hop