Araz Abdulla oğlu Abdullayev (1992-yil 18-aprelda tugʻilgan) – ozarbayjonlik futbolchi, Ozarbayjonning „Sumgayit“ klubi va Ozarbayjon terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Dastlabki yillar Bokuda tugʻilgan Abdullayev 2007-yilning yanvaridan 2008-yilning dekabrigacha Bokuning „Neftchi“ yoshlar jamoasida oʻynagan. U 2008-yil 5-oktyabrda „Neftchi“ safida ilk oʻyinini oʻtkazadi. 2011-yilning noyabr oyida Bokuning „Neftchi“ jamoasi oʻzining 1000-golini nishonlaydi va bu golni Araz Abdullayev kiritadi.
Everton Angliya Premer ligasining „Everton“ jamoasi 2010-yil 4-iyul kuni futbolchi bilan kelishuvga erishadi. Bu shartnomaga koʻra, agar Abdullayev ishlashga ruxsat olsa, keyingi ikki yil ichida u bilan shartnoma imzolash imkoniyati berilar edi. 21-sentyabrda u 2011-yilning yanvarida transfer oynasi ochilganda yana ikki mavsumni oʻtkazish imkoniyati bilan dastlabki uch yillik shartnoma imzolashi eʼlon qilinadi. 2011-yilning 7-yanvarida „Everton“ Abdullayev bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Garchi shartnoma muddati oshkor etilmagan boʻlsa-da, unga ishlash uchun ruxsatnoma berilgani va unga Ozarbayjon Premer-ligasi yakuniga qadar „Neftchi“da oʻynashga ruxsat berilgani aniq edi. U 2011—2012-yilgi Premer-liga oʻyinlari uchun Evertonga qoʻshildi va 2011-yilgi Lev Yashin kubogida „Everton Reserves“da „Frayburg“ga qarshi mavsumdagi birinchi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Panionios ijarasi 201-yilning 27-dekabrida Abdullayev „Panionios“ jamoasiga mavsumiy ijara asosida oʻtadi. U 2011-yilning 30-dekabrida "Koropi "ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻyinning 61daqiqasida maydonda harakat qilib, oʻzining jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi. Abdullayev 2012-yilning 3-yanvarida „Panionios“ safida „Asteras Tripoli“ga qarshi oʻyinda Gretsiya Superligasidagi birinchi oʻyinida maydonga tushadi.
Neftchi safiga qaytishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/13/Araz_Abdullayev_2014.jpg/220px-Araz_Abdullayev_2014.jpg|thumb| Abdullayev 2014-yilda Bokuning „Neftchi“ jamoasi bilan Abdullayev 2012-yilning yozida Bokuning „Neftchi“ klubiga qaytadi va tez orada asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. 2012—13-yilgi mavsumda u oʻz jamoasiga UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Ozarbayjon jamoasi boʻlishiga yordam beradi. „Neftchi“ „Internazionale“, „Rubin“ va „Partizan“ kabi jamoalar bilan birga „H“ guruhidan joy oladi. Araz UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida beshta oʻyinda maydonga tushadi. Jumladan, 2012-yilning 20-sentyabrida Abdullayev UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichining „Partizan“ga qarshi oʻyinida 78-daqiqada Flavinyo oʻrniga maydonga tushiriladi2012—2013 UEFA Europa League group stage matches, UEFA.com. Oʻsha mavsumda Bakuning „Neftchi“ jamoasi ham Ozarbayjon Premer-ligasida, ham Ozarbayjon kubogida gʻolib chiqadi. Abdullayev 2013—2014 -yilgi mavsumda „Neftchi“ bilan yana bir bor mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 2014—2015 va 2015—2016-yillarda esa final oʻyinida „Qarabağ“ga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan. „Neftchi“da oʻtkazgan 4,5 yil davomida Araz Abdullayev barcha turnirlarda jami 173 ta oʻyin oʻtkazib, 25 ta gol urgan.
Araz Yevropadagi ilk golini 2014-2015-yilgi UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi saralash bosqichida sloveniyalik Koper darvozasiga kiritadi2014—2015 UEFA Europa League, Second qualifying round matches, UEFA.com. U klubning Yevropadagi oʻyinlarining 25 tasida maydonga tushib, 3 ta gol uradi.
Gabala 2016-yilning 31-dekabrida Abdullayev „Gabala“ bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Abdullayev „Gabala“ safida Ozarbayjon Premer-ligasidagi birinchi oʻyinini 2017-yilning 28-fevralida „Kapaz“ga qarshi safar uchrashuvida oʻtkazadi.
Anortosis ijarasi 2017-yilning 12-avgust kuni „Anorthosis“ Abdullayev bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qiladi. 2017-yilning 20-avgustida Abdullayev Kipr birinchi divizionida „Anorthosis“ safida, „Nea Salamis“ga qarshi safar oʻyinida debyut qiladi. U „Anorthosis“ safidagi ilk golini 2017-yilning 25-noyabrida Kipr birinchi divizioni doirasidagi AEL Limassolga qarshi oʻyinda kiritadi.
Panionios 2018-yilning 7-iyulida Abdullayev Superliga vakili Panionios bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Qarabağ ijarasi 2018-yilning 31-avgust kuni „Qarabağ“ Abdullayev bilan ikki yillik ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qildi.
Boluspor 2020-yilning 15-sentyabr kuni Abdullayev Turkiyaning „Boluspor“ jamoasi bilan 1+1 yillik shartnoma imzolaydi.
Sumgayit 2022-yilning 15-yanvarida Abdullayev „Sumgayit“ bilan 2021/ 22-yilgi mavsum oxirigacha, qoʻshimcha ikki yil muddatga shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Araz_Abdullayev.jpg/220px-Araz_Abdullayev.jpg|thumb| Abdullayev Ozarbayjon U21 terma jamoasi bilan 2009-yil Klublar miqyosida bir qator ajoyib oʻyinlardan soʻng Abdullayev 2008-yilning 11-oktyabrida Finlandiyaga qarshi JCh-2010 saralashi doirasidagi oʻyin uchun Ozarbayjon terma jamoasiga chaqirildi va bu uni Ozarbayjon terma jamoasi tarixidagi eng yosh terma jamoa futbolchisiga aylantirdi. Bu vaqtda Abdullayev 16 yosh 4 oylik edi.
2017-yilning 9-martida u Ozarbayjon milliy terma jamoasi safidagi birinchi xalqaro golini Jassim Bin Hamad stadionida Qatarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritadi.
Faoliyati statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNeftchi Baku2008—2009Azerbaijan Premier League510000—512009—201010010——1102010—20111812000—2012011—2012830000—83Jami4153000——445Panionios (ijara)2011—2012Superleague Greece8010——90Neftchi Baku2012—2013Azerbaijan Premier League27461110—4452013—20142965220103782014—20153046061—4252015—20162666122—3492016—20171132040—173Jami12323254253——17330Gabala2016—2017Azerbaijan Premier League902000—1102017—2018000000—00Jami902000——110Anorthosis (ijara)2017—2018Cypriot First Division3033000—333Faoliyatida jami211283442531026935
Xalqaro Ozarbayjon terma jamoasi Yil Oʻyinlar Gollar 2008 2 0 2009 0 0 2010 1 0 2011 0 0 2012 0 0 2013 5 0 2014 6 0 2015 2 0 2016 4 0 2017 3 2 2018 8 1 2019 7 0 2020 2 0 Jami 40 3
Xalqaro gollari
Yoʻq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2017-yil 9-mart Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar 2 – 1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2017-yil 4-sentyabr Bakcell Arena, Boku, Ozarbayjon 2 – 0 5-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 2018-yil 14-oktyabr Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon 1 – 1 1-1 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi D
Yutuqlari Neftchi Baku
Ozarbayjon Premer-ligasi : 2010—2011, 2012—2013 Ozarbayjon kubogi : 2012—2013, 2013—2014
Qarabağ
Ozarbayjon Premer-ligasi : 2018—2019, 2019—2020
Manbalar
Havolalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Gabala SC futbolchilari Turkum:Panionios F.C. futbolchilari Turkum:Anorthosis Famagusta FC futbolchilari Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:Boluspor futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:TFF Birinchi Liga futbolchilari